Proton – netron nazariyasi – bu nazariyaga muvofiq vodorod atomining yadrosidan boshqa barcha atomlarning yadrolari protonlar bilan neytronlardan tarkib topgan.
Pi – bog’lanish (π – bog’lanish) – ayrim elektronlarning sigma – bog’lanishlar chizig’idan tashqarida o’z elektron bulutlarini qoplaydi. Bunday bog’lanish pi – bog’lanish deb ataladi.
Promotorlar – katalizatorga aralashtirilganda uning ta‘sirini kuchaytiradigan moddalardir.
Plazmoliz – o’simlik hujayrasi toza suvga tushurilganda xujayra shishib, o’z hajmini kattalashtiradi. O’simlik pardasining burishib qolishini plazmoliz deb ataladi.
Polikislotalar – kislota molekulasiga shu yoki boshqa kislotaning angidridi kelib qo’shilgan mahsulotlardir. Н2S2О7 polikislotadir, chunki u Н2SO4 ni SO3 bilan to’yintirilganda hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |