Eruvchanlik ko’paytmasi – oz eriydigan elektrolitlarning to’yingan eritmasidagi ionlar kontsentratsiyalarining ko’paytmasi ayni haroratda o’zgarmas miqdordir.
Elektrkimyoviy korroziya – metallning elektrolit muhitida yemirilishida sistema ichida elektr oqimi vujudga kelsa, bunday yemirilish elektrkimyoviy korroziyalanish deyiladi.
Elektroliz – qizdirib suyuqlantirilgan elektrolit yoki uning suvdagi eritmasi orqali elektr oqimi o’tganda sodir bo’ladigan oksidlanish – qaytarilish jarayonidir.
Elektron – elementar zarracha bo’lib, juda kichik manfiy zaryadlangan zarrachadir. Uning massasi vodorod atomining massasidan 2000 marta kichikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |