MILLIY MA’NAVIYAT– bu biron millatga tegishli bo’lgan va shu millatning tevarak–atrof hodisalariga bo’lgan munosabatlarida aks etadigan ma’naviy qadriyatlar bo’lib, ular: milliy ong va milliy o’z-o’zini anglash, milliy his-tuyg’ular va g’urur, o’z yurtiga sadoqat, milliy urf-odatlar, marosimlar, udumlar, xalq og’zaki yoki yozma badiiy, ilmiy asarlar, moddiy madaniy merosi, tarihiy obidalar va shu kabilarda aks etadi.
MILLIY MAFKURA – fuqarolarning aksariyati ko’pchiligining qo’llab– quvvatlashiga sazovor bo’lgan, muayyan hududda yashayotgan halqning, millatning tub manfaatlarini ifoda etadigan, ularni o’z oldiga qo’ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan, millatning ijtimoiy barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlashga yordam beradigan barcha fikrlar, qarashlar, kayfiyatlar, g’oyalar, ta’limotlar, nazariyalarining yaxlit tizimi milliy yoki umumilliy mafkura deb ataladi.
MILLIY O’ZLIKNI ANGLASH – har bir inson o’zining boshqa millat vakillari bilan tengligini his qilishi ma’lum bir millatga mansubligini, yagona moddiy va ma’naviy boyliklarga egaligi va davlatga hissiyotining shakllanishi, avlodlar merosidan g’ururlanishi, ona yurt, vatan g’alabalaridan zavqlanishi, millat sha’ni, qadr – qimmati, obro’-e’tibori, or-nomusining poymol etilishiga yo’l qo’ymaslik uchun yagona kuch bilan birlashishi, ona tilini e’zozlashi va boshqalarda o’z ifodasini topadi.
MILLIY G’URUR – bu ma’lum millatning o’tmishi va buguniga tegishli hamda millat a’zolari tomonidan teran anglanib, umuminsoniyat tomonidan e’tirof etilgan jami moddiy va ma’naviy boyliklar, vatan (davlat) shu millatning o’ziga hos betakror tarixi, tili, dini, shuningdek, ularning turmushida qadrlanib, amal qilinadigan jami milliy xususiyatlar va shular asosida shakllangan ilg’or dunyoqarash, barcha his-tuyg’ulardir.
MUSTAQILLIK TAFAKKURI – o’z vatanimizning ozodligi va mustaqilligi uchun zarur g’oyalar bilan qurollangan kishilarning mafkurasi, e’tiqodi, tafakkur uslubidir.
MUHADDIS (arab. – hadis rivoyat qiluvchi) - hadislarni to’plash, saralash va sharhlash bilan shug’ullangan ilohiyotchi. Muhammad s.a.v. vafotlaridan keyin hadislarni to’plash keng an’anaga aylana boshlashi natijasida ilohiyotchilarning bir qismi bu sohada ixtisoslashgan va ular Muhaddislar deb nom olgan. Hadis to’plamlari islom an’anasida e’tibor qozonib, Muhaddislar (masalan, Muhammad al-Buxoriy, Muslim ibn al-Hajjoj , Ibn Moja va boshqalar.) islom tarixida mashhur bo’lib ketgan. Islomda hadis Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |