Alifbe, alifbo - muayyan vozuv tizimi harflarining ma'lum tartibda joylashtirilgan majmui.
Alifbe atamasi hozir «harflar majmui» ma'nosida emas, «boshlang'ich savod kitobi» ma'nosida ko'proq ishlatiladi.
Orfografiya - muayyan yozuv tizimining imlo qoidalari.
Orfoepiya — to'g'ri (adabiy) talaffuz me’yorlari tizimi.
Qisqa talaffuz — urg'usiz bo'g'indagi unlining qisqa va kuchsiz (bilinarbilinmas) talaffuz etilishi.
Cho'ziq talaffuz — urg'uli bo'g'indagi unlining urg'usiz bo'g'indagi unlidan cho'ziqroq bo'lishi. Bu xususiyat ruscha leksik o'zlashmalarda, ayniqsa, sezilarli bo'ladi.
Ingichka talaffuz — unli tovushlarning sayoz til orqa «к», «g», «ng», til o'rta «у» va bo'g'iz undoshi «h» bilan yondosh bo'lganda old qator fonema tarzida ingichka talaffuz etilishi. Yo'g'on talaffuz — unli tovushlarning chuqur til orqa «q», «g'», «х» undoshlari ta’sirida orqa qator fonema tarzida yo'g'onlashuvi.
Jarangsizlanish — ayrim jarangli undoshlarning so'z oxirida yoki assimilativ holatlarda jarangsiz undosh tarzida talaffuz etilishi.
Intervokal holat - undosh fonemaning ikki unli orasida qo'llanishi. Bunday pozitsiyada (ko'p bo'g'inli so'zlarda) portlovchi «q» undoshi si^g'aluvi «g'» tarzida (qishloq > qishlog'imiz kabi), jarangsiz «к» undoshi jarangli «g» tarzida (telpak > telpagim kabi) talaffuz qilinadi.
Leksikologiyaning obyekti - tilning lug'at boyligi, leksik tizimi.
Lug'aviy birliklar - so'z va iboralar (leksema va frazemalar).
Lisoniy omillar (lingvistik faktorlar) — tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar.
Nolisoniy omillar (ekstralingvistik faktorlar) - til taraqqiyotiga (shu jumladan, leksik tizim rivojiga) tashqaridan ta’sir o'tkazuvchi omillar: ijtimoiy-siyosiy tuzum, psixologiya, urf-odatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, adabiyot-san'at va boshqalar.
Umumiy leksikologiya - leksikologiyaning barcha (yoki ko'pchilik) tillar lug'at boyligi taraqqiyotiga xos umumiy qonuniya Uarni aniqlash va yoritish bilan shug'ullanuvchi turi
Xususiy leksikologiya — leksikologiyaning muayyan bir til lug'at boyligi haqida ma'lumot beruvchi turi.
Tavsifiy leksikologiya - ayrim olingan bir tilning lug'at boyligini shu til leksikasining avvalgi taraqqiyoti bilan bog'lamay o'rganadigan leksikologiya.
Tarixiy leksikologiya — ayrim olingan bir tilning lug'at boyligini tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bog'lab o'rganadigan leksikologiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |