Umumbashariy qadriyat – dunyo xalqlarining ko‘pchiligi tomonidan tan olingan, huquqiy me’yorlar tarkibiga kiritilgan yoki qadriyat, an’ana va mas’uliyatiga aylangan, voqe’lik vayohud munosabatlar tizimiga nisbatan qo‘llaniladigan tushuncha.
Umuminsoniy qadriyatlar – butun insoniyatning tajribasini ifodalovchi va ma’lum farqlanishlar bo‘lishidan qat’i nazar, barcha odamlar uchun mushtarak bo‘lgan dunyoqarashning ideallari yoki axloqiy normalar.
Uchinchi sektor – dunyodagi barcha mamlakatlarda notijorat va xayriya maqsadlarida tashabbus ko‘rsatayotgan va keng faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarga (NNT) nisbatan qo‘llaniladi (birinchi sektor - davlat, ikkinchi sektor - tijorat sektori yoki shaxsiy sektor deyiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |