Transchegaraviy – chegaralararo, bir necha davlat hududidan o‘tuvchi. Daryolar va yo‘larga nisbatan qo‘llaniladi.
Tranzaksiya – ingl. bank transaction, ot lot. transactio - kelishuv, shartnoma; tranzaksiya – bu sotib olishga doir sharnomani tuzish/moliyaviy vositalarni sotishga doir shartnoma.
Bank tranzaksiyasi, deganda bir bank hisob raqamidan ikkinchisiga yoki bank ichidagi bir hisob raqamidan ikkinchisiga pul mablag‘larini o‘tkazish tushuniladi.
Transformatsiya – lot. transformatio – o‘zgarish; tuzilmalarni, shakllarni va usullarni o‘zgartirish, faroliyatning maqsadli yo‘nalishini o‘zgartirish.
Tripartizm – ijtimoiy sheriklikning davlat organlari, biznes vakillari va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasidagi kelishuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |