O‘zini o‘zi boshqarish – (ingl. municipal o‘zini o‘zi boshqarish); u yoki bu ma’muriy-hududiy birliklardagi aholining vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va ularning ma’muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarni boshqarishga aytiladi. O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlari tarkibiga mahalla, qishloq, ovul va shaharcha fuqarolar yig‘inlari kiradi.
O‘zini o‘zi boshqarishning asosiy prinsiplari – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida mustahkamlangan o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tabiati bilan bog‘liq bo‘lgan mustaqil faoliyatni amalga oshirishni tashkil qiluvchi rahbariy g‘oyalar yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |