Глоссарий



Download 227 Kb.
bet2/2
Sana31.10.2020
Hajmi227 Kb.
#50642
1   2
Bog'liq
ГЛОССАРИЙ

Adliya vazirligi – ijrochi hokimiyatning organi, adliya sohasida boshqaruvni amalga oshiradi hamda ushbu sohadagi ijroiya hokimiyati organlari olib borayotgan faoliyatni muvofiqlashtiradi. Adliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar: adliya sohasida davlat siyosatini amalga oshirish; shaxs va davlatning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, aqliy mulkni sudlar faoliyati tartibi bilan belgilangan huquqiy himoyasini ta’minlash, sud yoki boshqa huquq organlarining jinoiy jazolar bo’yicha aktlarini bajarish.


Ayollarga nisbatan munosabatda diskriminastiyaning barcha shakllarini yo’q qilish haqidagi Konvenstiya – 1979 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan bo’lib, 1.03.1980 yildan imzolash uchun ochiq va 3.09.1981 yildan kuchga kirgan. Hozirda 70 ga yaqin davlat mazkur Konvenstiyaning ishtirokchilari hisoblanadi. Konvenstiyaga muvofiq, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy yoki har qanday boshqa sohalarda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ayollar tomonidan amalga oshirilishi, ushbu huquqlarning qo’llanilishi yoki tan olinishini susaytirish yoki yo’qqa chiqarishga qaratilgan, jinsiga ko’ra har qanday ajratish, istisno qilish yoki chegaralash, ayollarga nisbatan diskriminastiya hisoblanadi. Konvenstiyaga muvofiq ayollarning teng huquqlilik tamoyili har bir ishtirokchi davlatning milliy Konstitustiyasiga kiritilishi va amaliyotda barcha zarur choralar bilan ta’minlanishi kerak. Ishtirokchi-davlatlar qonun orqali ayollar diskriminastiyasini taqiqlashni, har qanday diskriminastion qonun yoki odatni o’zgartirish yoki olib tashlash, ayollar diskriminastiyasini keltirib chiqaruvchi aqidalarni yo’q qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo’llash, ayollar diskriminastiyasining har qanday aktidan himoya qilishni ta’minlash majburiyatini oladi. Konvenstiya o’z ishtirokchilariga, ayollarga erkaklar bilan teng huquqqa davlat lavozimlarini egallash, davlat organlariga saylash va saylanish imkoniyatlarini berish orqali, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etish huquqlarini ta’minlash majburiyatini yuklaydi.

Aylanma kapital - ishlab chiqarishda qatnashuvchi va 1 moliyaviy stikl davomida butunlay sarflanadigan mablag‘lar.

Akkreditlash - xalqaro huquqda davlatning diplomatik vakolatxona boshlig‘i yoki biror-bir xalqaro tashkilotda doimiy vakili lavozimiga tayinlanishi va lavozimni bajarishga kirishishi bilan bog‘liq hatti-harakatlar majmui. Akkreditlash jarayoni quyidagilardan iborat: davlat vakolatli organi tomonidan muayyan shaxsni o’z diplomatik vakili etib tayinlash to’g‘risidagi ichki hujjatni e’lon qilish, uning xorijiy davlat tomonidan qabul qilinishiga rozilik olish (agreman) hamda yangi ishga tayinlangan vakilning xizmat qiladigan davlat vakolatli organiga ishonch yorliqlarini topshirish. Biror-bir davlatda mavjud tajribaga asosan, diplomatik vakolatxona boshlig‘i ishonch yorliqlarini topshirgan paytdan yoxud o’z tashrifi haqida xabar bergan va xizmat qiladigan davlat tashqi ishlar vazirligiga tasdiqlangan ishonch yorliqlarining nusxalarini taqdim etgan vaqtdan e’tiboran o’z vazifalarini bajarishga kirishgan hisoblanadi. Davlatning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili xalqaro tashkilotning vakolatli organiga vakolat yorlig‘ini topshirgan paytdan boshlab o’z vazifalarini bajarishga kirishgan hisoblanadi.

Akt (lot. - astus - harakat, actum – hujjat. 1) harakat yoki qilingan ish; 2) rasmiy hujjat.

Akstiya – 1) harakat, biror bir maqsadga erishishga yo’naltirilgan chiqish yoki harakat (masalan, siyosiy, diplomatik A.); 2)akstionerlik jamiyati kapitaliga mablag‘ qo’yganligini tasdiqlovchi va uning egasiga dividend ko’rinishida foydaning bir qismini olishga huquq beruvchi qimmatli qog‘oz. Ko’pchilik A. egalari akstionerlarning umumiy yig‘ilishlarida masala echimidagi qaror qabul qilishda ovoz berish huquqini beradi.

Akstiyadorlik jamiyati – ustav jamg‘armasi ma’lum miqdordagi akstiyalarga bo’lingan, jamiyatning akstiyadorlar oldidagi majburiyatlarini tasdiqlaydigan xo’jalik sub’ekti. Jamiyat o’z majburiyatlari uchun o’ziga tegishli bo’lgan barcha mol-mulklari bilan javobgar hisoblanadi. Ochiq turdagi akstiyadorlik jamiyati – akstiyadorlari o’zlariga tegishli akstiyalari bilan boshqa akstiyadorlarning roziligisiz, erkin tasarruf qila oladigan jamiyat. Yopiq turdagi akstiyadorlik jamiyati - akstiyalari faqat ta’sischilar orasida yoki boshqa, oldindan belgilangan shaxslar doirasida taqsimlanadigan jamiyat.

Alternativa (franst. – alternative, lot. – alternes - galmagal kelish) - 1) muqobillik, ikki yoki undan ortiq imkoniyatlar orasidan tanlash zarurati; 2) bir-birini inkor etuvchi imkoniyatlardan birini tanlash zarurati.

Alternativ harakatlar – ekologiya, urush va tinchlik, turmush darajasi va boshqa dolzarb umumbashariy muammolarning o’ziga xos echimlarini topishga intiluvchi yangi jamoatchilik harakatlari.

Analiz, tahlil (yun. analysis – bo’linish) - 1) biror narsaning alohida tomonlari, xususiyatlari va ajralmas qismlarini ko’rib chiqish orqali amalga oshiriladigan tadqiqot va tahlil orqali olamni bilish jarayonida ishlatiladigan bir usul. Fikran yoki amalda narsa va hodisalarni tarkibiy bo’laklarga bo’lish uslubi; 2) har tomonlama ko’rib chiqish, tahlil etish.

Anarxizm (yun. anarchia – beboshlik, hokimiyatsizlik) - davlat boshqaruvi va institustional boshqaruvning milliy miqyosdagi barcha shakllaridan batamom voz kechishga da’vat etuvchi ijtimoiy-siyosiy oqim.

Anarxiya (yun. anarshia – beboshlik, hokimiyatsizlik) - 1) davlat hokimiyati va alohida jamoalar, oilalar va kishilarning o’z-o’zini boshqarishga asoslangan dastlabki jamoasini istisno etuvchi jamiyat tuzilishining ijtimoiy-siyosiy shakli; 2) jamoat hayotini tashkil etishdagi tartibsizlik, jamiyat hayotini noto’g‘ri tashkil etish, uning siyosiy va huquqiy sohalarida qonunsizlikning hukmronligi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohada me’yoriy faoliyatning yo’qligi.

Antimilitarizm (lot. militaris) - ichki va xalqaro maydondagi qarama-qarshiliklarni hal qilish maqsadida qurolli zo’ravonlikni qo’llashga qarshi chiquvchi ijtimoiy-siyosiy qarashlar va harakatlar majmui.

Antisemitizm (yun. anti semit – ivrit, semit) - yahudiylarga nisbatan qarshi salbiy munosabatlarni ifodalovchi va ularni ta’qib ostiga oluvchi mafkura va siyosat. Irqiy shovinizmning eng ashaddiy shakllaridan biri.

Aparteid (afrikan (burlar) tilida apartheid – alohida yashash) - irqiy kamsitishning shakli bo’lib, kishilarni irqlarga ajratish usuli; jamiyatdagi ayrim aholi guruhining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum qilish yoki ularning ushbu huquqlarini ma’lum darajada cheklab qo’yish, ayrim hollarda hududiy jihatdan izolyastiya qilib qo’yiladigan harakatlar. Genostidning ba’zi bir aktlari A.ga kiradi. Zamonaviy xalqaro huquq A.ni insoniyatga qarshi jinoyat deb hisoblaydi. 1973 yilda BMT Bosh Assambleyasi ushbu sohadagi jinoyatchilikning payini qirqish va buning uchun jazolash to’g‘risidagi Konvenstiyani qabul qilgan.

Apatrid (yun. apatris – vatanga ega bo’lmagan) - dunyoning hech bir mamlakatida fuqarolik maqomiga yoki biror-bir davlatda yashash huquqiga ega bo’lmagan kishilar.

Apellyastiya (lot. appellatio - murojaat qilish, shikoyat qilish) - 1) biror shaxs yoki guruhning vakolatli idora yoki davlat organi tomonidan ular ustidan chiqargan ko’rsatma, qaror yoki xulosalardan norozi bo’lib yuqori davlat organlariga shikoyat qilishi. 2) Sudlangan shaxslarning yoki tashkilotlarning sud qarori va hukmidan norozi bo’lib, ishni to’lig‘icha ko’rib chiqish huquqiga ega bo’lgan yuqori sud organlariga shikoyat yoki yordam so’rashining shakllaridan biri. 3) yuqori davlat organlari yoki idoralariga yordam va maslahat so’rab shikoyat qilish. A. har bir davlatning qabul qilgan jinoyat-prostessual qonunlariga asosan olib boriladi. O’z.Rda bu qonun 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kirgan.

Aralashmaslik – bu xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri bo’lib, davlat yoki xalqaro tashkilotlarning boshqa bir davlatning ichki ishlariga bevosita yoki bilvosita aralashmaslikni ifodalaydi.

Arbitraj (franst. arbitrage) - Hakamlar sudi (maxsus belgilangan hakamlar tomonidan ikki taraf o’rtasidagi janjalli ishni ajrim qilish, ko’rib chiqish); 1.Xalqaro arbitraj: biror-bir masala ustidan bahslashib qolgan tomonlarning o’z ixtiyorlari bilan saylagan, uning qarorini barcha tomonlar tan oladigan yagona arbitr yoki arbitrlarning xalqaro nizolar, o’zaro qarama-qarshiliklarni tinch yo’l bilan hal qilish usuli. 2.Tashqi savdo arbitraji: davlatlar o’rtasidagi tashqi savdo aloqalaridagi mavjud iqtisodiy muammolarni va kelishmovchiliklarni o’zaro qabul qilingan shartnoma yoki qonunlar asosida hal qilishga mo’ljallangan vakolatli xalqaro organ. 3.Davlat arbitraji: yuridik va jismoniy shaxslar, davlat idoralari va muassalari o’rtasidagi janjalli ishlarni ajrim qiluvchi hakamlar.

Axborot infrastrukturasi – 1) jamiyatda axborotni yig‘ish, etkazish, saqlash, avtomatik ravishda qayta ishlash va tarqatish imkoniyatini beruvchi muhit. 2) axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish markazlari, axborot almashish va telekommunikastiya kanallari, axborotlar va axborot bozorini himoya kiluvchi tizim va vosita, aloqa liniyalari majmui.

Axborotning ishonchliligi – olingan axborotning ob’ektiv voqelikga mos kelishi va undagi holisonalik.

Axborot resurslari – shaxs, jamiyat va davlatning hayoti va faoliyati jarayonida olingan biror bir shaklda hujjatlangan ma’lumot. Davlatga va davlatga oid bo’lmagan a.r. bo’lishi mumkin. Mulk shakliga qarab fuqarolar, davlat hokimligi, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari, tashkilotlar va ko’shma korxonalar tasarrufida bo’lishi mumkin.

Bayonot – xalqaro munosobatlarda bir necha davlatning siyosiy partiyasi yoki partiyalari, hukumati yoxud hukumatlarining bir yoki bir necha davlatlarga oid muhim masalalar yuzasidan o’z rasmiy fikrlari, qarashlari hamda maqsadlarini, ma’lum hatti-harakatlarini qo’llab- quvvatlashlari yoki aksincha, qoralashlarini, ularga e’tiroz bildirishlarini ifodalaydigan hujjat.

Bakteriologik (biologik) va toksin qurollari ishlab chiqarishni, zaxiralarini to’plashni taqiqlash va ularni yo’q qilish haqidagi Konvenstiya – Mazkur konvenstiya 10.04.1972 yilda imzolash uchun ochilgan va 26.03.1975 yildan kuchga kirgan. Hozirda 140 dan ortiq davlat uning ishtirokchilari hisoblanadi. Konvenstiyaning depozitar davlatlari AQSh va Buyuk Britaniya hisoblanishadi. Konvenstiyaning faoliyat muddati chegaralanmagan. Konvenstiyaning ishtirokchilari:

1) mikrobiologik yoki boshqa biologik agentlarning yoki toksinlarning profilaktika, himoya yoki boshqa tinchlik maqsadlarida ishlatishga mo’ljallanmagan turlari va miqdorlarini;

2) dushmanlik maqsadlarida yoki harbiy to’qnashuvlarda shunday agentlar va toksinlarni ishlatish uchun mo’ljallangan qurilmalar va etkazib berish vositalarini ishlab chiqarmaslik, to’plamaslik, har qanday yo’l bilan topmaslik, saqlamaslik;

3) Konvenstiya kuchga kirgach 9 oy ichida o’zlari ega bo’lgan yoki o’zlarining nazoratlari ostida bo’lgan barcha agentlar, toksinlar, qurollar, qurilmalar va ularni etkazib berish vositalarini yo’q qilish, yoki tinchlik maqsadlari yo’lida ishlatib yuborish;

4) o’zga davlatlarga taqiqlangan agentlar, toksinlar, qurollar, qurilmalar va ularni etkazib berish vositalarini bermaslik, ularni topishlariga ham yordam bermaslik, undamaslik majburiyatini oldilar.

Konvenstiya insonlarni yo’q qiluvchi ommaviy qirg‘in qurollarining barcha xavfli turlarini yaratish bo’yicha keyingi ishlarni taqiqlagan muhim xalqaro hujjatdir.

Barqaror ijtimoiy rivojlanish vaziyati–jamiyatdagi tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudliligi. Qatlamlar, kuchlar va siyosiy partiyalar o’rtasidagi hamjihatlik vaziyati O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin barqaror rivojlanishga katta e’tibor berilmoqda. Milliy manfaatlarni amalga oshirish va himoya qilish orqali jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimi, davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi vaziyat.

Barqarorlik – qat’iyy, turg‘un vaziyat. Barqarorlik narsa va hodisalarga xos qonuniyatli muayyanlikni ifodalovchi tushuncha.

Betaraflik, neytrallik - 1) ma’lum tomonlar, davlatlar tashkilotlar yoki sub’ektlar o’rtasidagi tortishuv, mojaro, ziddiyatlarga qarshi kurashishda aralashmaslik; 2) qurolli mojarolarga hamda harbiy–siyosiy ittifoqlarga ishtirok etishni inkor etuvchi davlatning alohida, huquqiy statusi va siyosati. B.ni tinchlik va harbiy davrlarda amalga oshirish mumkin. Turli xildagi betaraflik farqlari; ular: doimiy (Shveystariya va Avstriya tomonidan xalqaro tartibda qabul qilingan) kelishilgan, an’anaviy (uzoq vaqt davomida Shvestiya tomonidan amal qilinib kelinayapti) ijobiy (harbiy, siyosiy ittifoqlarga qo’shilmaslik siyosatini olib borayotgan, mustaqil rivojlanayotgan davlatlarning paydo bo’lishi, munosabati bilan urushdan keyingi yillarda keng quloch yoygan) qurolli betaraflik (harbiy kuch yordamida davlat o’z betarafligini himoya qilishga tayyor ekanligini e’lon qiladi). B. davlatga hujum qilingan holatlarda BMTning oxirgi nizomiga muvofiq davlat alohida yoki jamoa bo’lib o’z-o’zini himoya qilish huquqiga ega.

Bitim – 1) kelishuv, tomonlarning biror-bir sharoitlarda o’zaro munosabatlar, huquq va majburiyatlarni o’z zimmalariga olishi; 2) o’zaro rozilik, kelishuv.

Bozor – 1) oldi-sotdi mollarni va xizmatlar, savdo kelishuvlarini amalga oshiriladigan joy; 2) oldi-sotdi mollarini va xizmatlarini iqtisodiy munosabatlar tizimi va buning doirasida ularga talab, narx shakllari.

Ichki bozor – milliy iqtisod doirasida mollar va xizmatlar aylanish mintaqasi.

Dunyo bozori – 1) savdo-iqtisodiy munosabatlari bilan bog‘liq bo’lgan alohida davlatlar bozori; 2) davlat bojxona siyosati, protekstion an’anaga qaram bo’lgan muhim dunyo narxlariga ega bo’lgan milliy xo’jaliklar o’rtasida almashuv mintaqasi.

Xufiyona bozor – 1) bozor iqtisodini giper trofistiyaga duchor qilingan ob’ektiv qonunlariga asoslangan va olib sotarlik xarakteriga ega bo’lgan barcha noqonuniy tijorat operastiyalar.

Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi iqtisodiy qonun-qoidalari asosida boshqariladigan tizim. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlaridagi iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. Erkin ishbilarmonlik, ishlab chiqarish vositalariga nisbatan mulkchilik shakllarining ko’pligi, bozor narxining shakllanishi va raqobat muhiti, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida shartnomaviy munosabatlar va davlatning xo’jalik faoliyatiga aralashuvini cheklash tamoyillariga asoslangan iqtisodiyot.

Bolalar huquqlari haqidagi Konvenstiya – 1989 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan bo’lib, ushbu Konvenstiyaga muvofiq har bir 18 yoshgacha bo’lgan inson, agarda u qonun bo’yicha balog‘at yoshiga etmagan bo’lsa, bola hisoblanadi. Davlatlar, irqidan, tana rangidan, tili, dini yoki boshqa har qanday vaziyatlardan, shuningdek, bolaning yoki uning oila a’zolarining qarashlari va e’tiqodidan qat’iyy nazar, Konvenstiyaga muvofiq a’zo-davlatlar barcha bolalarning huquqlarini ta’minlash majburiyatini oladilar. Davlatlar barcha bolalarga nafaqat insonning umumiy huquqlari (yashash huquqi, fikrlash, vijdon va din erkinliklari va boshqalar), balki ushbu sub’ektning o’ziga xosligidan kelib chiquvchi maxsus huquqlar, ya’ni fuqarolik va ism tanlash huquqi, ota-onasidan ajralmaslik huquqi kabilarni ham berishi lozim. Konvenstiya davlat ichidagi bola asrab olish va g‘amxo’rlik qilish institutlari, sog‘liqni saqlash va ta’lim berish tizimlariga ma’lum talab va shartlar belgilaydi. Konvenstiyada bolaning sog‘lig‘iga xavf soluvchi yoki uning barkamol rivojlanishiga zarar etkazuvchi har qanday ishni bajarish va ekspluatastiyadan himoya qilishni nazarda tutilgan.

Buyuk davlat (ulkan davlat) – boshqa davlatlardan iqtisodiy, harbiy resurslar salohiyati bilan ajralib turuvchi o’ta ulkan davlat (yoki davlatlar guruhi).

Vazirlik - ijroiy hokimiyatni amalga oshiruvchi hokimiyat bo’g‘ini. Vazirliklar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o’ringa ega. V. turli sohalar faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. V. vazir, vazir o’rinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo’limlardan iborat pog‘onaviy tuzilishga ega. Vazir atamasi O’zbekistonda qadimgi davlatchilik ko’rinishlarida mavjud bo’lgan. Mustaqilikka erishilgach, ministr atamasi v. atamasi bilan almashtirildi va xalq so’zlashuv tilidan to’liq o’rin egalladi.

Valyuta inqirozi – valyuta kursining keskin tebranishlarida, to’lov balanslarining muvozanati buzilganda, ssuda kapitalining joylashtirilishida namoyon bo’luvchi valyuta sohasida kelishmovchiliklarning keskinlashuvi; bunda valyuta kursi davlatning devalvastiya va revalvastiya shaklida aralashuvining kuchayishi oqibatida, valyuta chegirmalarining kiritilishi, umum qat’iy iqtisodiy xarakterdagi tadbirlarning o’tkazilishi kabilar bilan birga sodir bo’ladi.

Valyuta ittifoqi - ikki yoki undan ortiq mamlakatlar hududida yagona valyutaning joriy etilishi .

Valyutaning konvertabilligi – valyutaning har qanday mamlakatda to’lov vositasi vazifasini bajara olish xususiyati. Hozirgi vaqtda dunyoning o’ta rivojlangan mamlakatlari (AQSh, Kanada, Yaponiya va Evropa Ittifoqi) to’liq konvertastiya bo’ladigan valyutaga ega.

Valyuta zaxiralari (ing. reserve currency – rus. valyutnыe rezervы) - Kutilmagan vaziyatlar holatiga, shuningdek,, foyda olish va valyuta bozorlarini tartibga solish hamda boshqarish uchun xalqaro hisob-kitoblar qilish uchun mo’ljallangan valyuta zaxiralari. Markaziy bankda va davlatning moliyaviy organlarida yoki xalqaro valyuta kredit tashkilotlarida xorijiy valyutaning rasmiy zaxiralari.

Valyuta resurslari – konvertastiya qilinadigan xorijiy valyuta va uning kelish manbalari zaxiralari.

Vatan – 1) inson tug‘ilib o’sgan, uning ijtimoiy va ruhiy-madaniy tiklanish jarayoni sodir bo’lgan mamlakat; 2) tabiiy-jug‘rofiy sharoiti, aholisi, ijtimoiy-madaniy xususiyati bilan tarixiy nuqtai-nazardan aniq bir davlatga tegishli bo’lgan hudud; 3) inson tug‘ilgan aniq aholi punkti, joyi; 4) biror-bir fenomen, ixtiro, ijtimoiy g‘oya, siyosiy muassasa va boshqalar paydo bo’lishining boshlang‘ich joyi (masalan Buyuk Britaniya – parlamentarizm, O’zbekistonda - kurash, Kanada - xokkey V.). Bu tushuncha «yurt» tushunchasiga juda yaqin va kesishadi. Yurt tushunchasi obrazi «V» tushunchasiga qaraganda ko’proq darajada shaxsning, odamlarning davlatga va jamiyatga tegishli ekanligini aks ettiradi.

Vijdon erkinligi – fuqaroning shaxsning dinga, erkin fikrlashga, e’tiqodiga ko’ra o’z masligida so’zlash va faoliyat yuritish huquqi.

Viza – 1) mamlakatdan chiqishga ijozat, biror mamlakat orqali o’tish, biror mamlakatga kirish huquqini beruvchi ruxsat va shunday ijozat olinganligi haqida pasportga qo’yiladigan belgi; 2) lavozimli kishining hujjatdagi imzo qaydi.

Gender (jinsiy) tengsizligi - iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarda erkaklar va ayollar o’rtasidagi tengsizlik. Bu bir xil ishga turlacha ish haqi to’lanishi, ta’lim olishda kam imkoniyatlarga ega bo’lish, yuqori mansablarga ko’tarilish hamda siyosiy hayotga ishtirok etishdagi cheklovlar va boshqalarda namoyon bo’ladi.

Genostid jinoyatini oldini olish va shunday jinoyat uchun jazo haqidagi Konvenstiya – 9.12.1948 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan. Konvenstiyaning ishtirokchi davlatlari Konvenstiyadagi nizomlarni amalga oshirish uchun zarur qonun chiqarish ishlarini amalga oshirish, jumladan,, genostidni bajargan yoki bajarish maqsadida fitnada ishtirok etgan, o’zgalarni ham bajarishga undagan, genostidda suiqasdlik uyushtirgan yoki shu jamiyatga sherik bo’lgan shaxslarga qarshi samarali jazo choralarni qo’llashga majburdirlar.

Geosiyosat – bu davlat, mintaqa va dunyo xavfsizligining rivojlanishi tamoyillari va jarayonlarini jug‘rofiy, siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ekologik va boshqa omillar tizimi ta’sirini e’tiborga olib o’rganuvchi fan demakdir. Xavfsizlik nazariyasida geostrategik va geosiyosiy mintaqalar asosiy tushunchalar hisoblanadi. Geosiyosat - tushunchasi xavfsizlik muammolarini o’rganishda birlamchi hisoblanadi. Geosiyosat boshqa fanlarga nisbatan yosh, yangi ilmiy yo’nalish hisoblanadi va uning to’liq shakllanishi hali nihoyasiga etmagan. Ammo, hozirgi kunda dunyoda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning natijasida yangi zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalanish va nazariy jihatdan boy tarixiy materiallarni qo’llash orqali geosiyosatning konsteptual mavqeiga e’tibor kuchayib bormoqda. Shunga qaramasdan, geosiyosiy tadqiqotlar olib borishning uslubiy tarkibiy qismlari boshqa fanlar ilmiy mundarijasining tarkibiy qismlariga nisbatan sust rivojlangan. Bu esa, ushbu sohada tadqiqot olib borgan olimlar tomonidan geosiyosat ilmining uslubiy asosini shakllantirishga qaratilgan maqsadlarining muhimligini ular mavjud bilimlar va usullar orqali ilmiy izlanishlar olib borganliklari bilan izohlanadi. Davlatlar va xalqlar hayoti, ularning turli xilligi, jug‘rofiy joylashuvi va tabiiy muhit omillariga bog‘liqligi bilan izohlanadi.

Geostrategik mintaqa – bu alohida davlatlar yoki davlatlar guruhining turli xil qarama-qarshi manfaatlari joylashgan yirik jug‘rofiy makon bo’lib, geostrategik mintaqa o’zaro bog‘liq va o’zaro daxldor bo’lgan milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ifoda etadi.

Ko’pgina manbalarda “Geostrategik Region” deb yuritiladigan ushbu tushuncha xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni qo’llab quvvatlash uchun ro’y berishi ehtimoli bo’lgan harbiy tahdidlardan ogoh etish va neytrallashtirish (Shimoliy Amerika, Evroosiyo, Afrika geostrategik mintaqa va boshqalar) bo’yicha chora-tadbirlar tizimini ro’yobga chiqarishda umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan er hududining bir qismini ifoda etadi.

Globallashuv - iqtisodiyot, ijtimoiy munosabatlar va boshqa turli sohalarda milliy davlat chegaralarining shaffoflashuv jarayoni.

Davlat – muayyan hududda jamiyat va uning siyosiy tizimini tashkil etish usuli, hokimiyatning markaziy instituti, jamiyatning siyosiy tashkiloti bo’lib, ma’lum bir hudud va unda yashovchi xalqlarni o’z ichiga oladi jamiyatni boshqaruvi tizim sifatida D. ichki tizimiga ega, o’z vakolatlarini amalga oshirish uchun maxsus organlarga ega. D. odamlarning va jamoat guruhlarining qo’shma faoliyati va munosabatlarini tashkil etadi, ularni yo’naltiradi va nazorat qiladi. D. uch asosiy funkstiya ega; 1) Tashkiliy - jamiyat birligini saqlash va mustahkamlash, tartibni saqlash, munosabatlarni boshqarish). 2) Spestifik - Davlat siyosatini va milliy manfaatlarini majburiy bajarishga qaratilgan siyosatni olib borish). 3) Huquqiy - uning maqsadi huquqiy tizimni yaratish va uni boshqarish, qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyati, davlat apparati vakolatilarini chegaralash va boshqarishdir. Bu funkstiyalarning barchasi ichki (jamiyat ichidagi faoliyat) va tashqi (davlatlararo munosabatlar) turlarga bo’linib, bir-biri bilan o’zaro bog‘liq va bir-biriga bevosita tobedir.

Davlat apparati – 1) davlat hokimiyati institutining tarkibiy qismi bo’lib, uning qarorlarini tayyorlash va amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. 2) davlat boshqaruvining barcha bosqichlaridagi xizmat sohasini amalga oshiruvchi muassasa, tashkilot va ularning xizmatchilari majmui.

Davlat bayrog‘i – davlatning rasmiy belgilaridan biri. Dastak yoki bog‘ichga biriktirilgan, belgilangan o’lcham va rangdagi, ba’zan davlat gerbi, emblemasi tushirilgan mato. Davlat bayrog‘i bayoni konstitustiyada qayd etiladi. O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i - O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan XII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatsizlik qilgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi.

Davlat buyurtmasi –xo’jalik aloqalarining davlat tomonidan bevosita boshqarish shakli, tovar va xizmatlarni sotib olish, (sotish), ilmiy taraqqiyot, tajriba-konstruktorlik va b. ishlarga buyurtma, davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladi, davlat byudjetidan moliyalashtiriladi, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’ladi.

Davlat gerbi – davlatning rasmiy ramzi bo’lib, muhr, davlat organlarining blanklari, umumdavlat namunasidagi hujjatlar, pul belgilari va b. ko’p hollarda davlat bayrog‘ining bir qismi hisoblanadi. D.g.ning mazmuni konstitustiya yoki maxsus qonun bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining 5–moddasida ko’rsatilgan. O’zbekiston Respublikasining D.g. Oliy Kengashning 1992 yil 2 iyul kuni bo’lgan X sessiyasida O’zbekiston Respublikasining “Davlat gerbi to’g‘risida”gi qonunni qabul qilish bilan tasdiqlangan.

Davlat iqtisodiy sektori – Mamlakat iqtisodining davlat tomonidan nazorat qilinadigan qismi.

Davlat madhiyasi (yun. hunuos – tantanali qo’shiq) – musiqiy-poetik asar, davlatning rasmiy ramzlaridan biri (davlat bayrog‘i va davlat gerbi bilan bir qatorda).

Davlat mudofaa qudrati – Davlatning agressiyadan himoyalanishga tayyorgarlik darajasi. D.m.q. davlatning moddiy va ma’naviy imkoniyatlari bilan uning agressiyani qaytarish, milliy manfaatlarni, birinchi navbatda o’z mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, davlat birligi va boshqalarni himoya qilish uchun safarbar qilishga qodir bo’lgan davlat resurslari bilan belgilanadi. D.m.q. darajasining asosiy ko’rsatkichlari quyidagilar: quroli kuchlar va mudofaa-sanoat kompleksi holati; boshqaruv samaradorligi (davlat va harbiy boshqaruv); Mamlakat hududi va mumkin bo’lgan harbiy harakatlar teatrini tezkorlik bilan jihozlash; fuqaro mudofaasi ahvoli; jamiyatning axloqiy-ruhiy holati; tayyorlangan zaxiralarning mavjudligi va shu kabilar. D.m.q. talab darajasida qo’llab-quvvatlash, davlatning shu maqsadda maxsus siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning to’liq tizimini amalga oshirilishini tashkil etuvchi eng muhim vazifalaridan biridir. Xalqaro huquq, shuningdek,, davlatning ichki me’yoriy hujjatlari kompleksi: konstitustiya, amaldagi qonunchilik, harbiy doktrina va boshqalar ko’rsatilgan chora-tadbirlarni tinchlik paytida amalga oshirish va davlatni urush vaqtida himoya qilish uchun huquqiy asos bo’lib hisoblanadi.

Davlat mulki – davlatga tegishli bo’lgan mol-mulk yoki davlat boyliklari (er va boshqa tabiiy resurslar, ishlab-chiqarish vositalari, transport, energiya tizimi va shu kabilar).

Davlatning iqtisodiy xavfsizligi – uning muhim ijtimoiy vazifalarni hal etish imkoniyatlaridan, turli xil ichki va tashqi buzg‘unchi kuchlar, moliyaviy va iqtisodiy tazyiqlari vaqtida jamiyatni kerakli va etarli hayotiy ehtiyojlar bilan ta’minlash, undan tashqari, urush chog‘ida mamlakat iqtisodini qurolli kuchlarni va aholini barcha kerakli vositalar bilan ta’minlash imkoniyatlaridan iboratdir.

Davlatning safarbarlik imkoniyati – davlatning egallab turgan barcha moddiy va ma’naviy imkoniyatlari, keskin o’zgaruvchan vaziyatlar yuzaga kelgan sharoitlarda hayotdagi muhim maqsadlarga erishish uchun avvalambor, milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ulardan cheklangan muddatda oqilona foydalana boshlashi. D.s.i. tarkibiy qismlari quyidagilar: xo’jalikning barcha tarmoqlaridagi ishlab chiqarish qudrati, inson resurslari, strategik xom-ashyo va materiallarning zaxiralari, energetika va moliyaviy resurslari va hokazolar. Inson resurslari alohida ahamiyatga ega. Qurolli kuchlarni to’ldirish va ularning jangovar qobiliyati, ishlab chiqarishning mudofaa tarmog‘ini ishchi kuchi bilan ta’minlash va shu kabilar aholining soni va sifatiga (ularning umumiy ma’lumotga egaligi, professional, ma’naviy-siyosiy tayyorgarligi va boshqalar). D.s.t. negizini iqtisodiyot, asosan, og‘ir sanoat va mashinasozlik, energetika va transport tashkil etadi. D.s.t. amalga oshirish mamlakat, fan-texnika taraqqiyoti, harbiy jug‘rofiy omillarga bog‘liq.

Davlatning hayotiy muhim manfaatlari – O’zbekiston konstitustiyaviy tizimi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qolish va mustahkamlash; ijtimoiy jarayonlarning boshqarilishini ta’minlash va milliy munosabatlarni uyg‘unlashtirish; barcha qonunlar so’zsiz ijro etiladigan huquqiy, demokratik, davlatning mustahkam asosini yaratish; iqtisodiy salohiyatining rivojlanishi, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash; teng huquqli va ikki taraflama foyda keltiruvchi hamkorlik asosida xalqaro aloqalarning samarali tizimini yaxshilash va rivojlantirish; mamlakatning har qanday tashqi agressiyani to’xtatish va qaytarish qobiliyatini ta’minlash.

Davlat organi – davlat mexanizmining davlat nomidan bajarilishiga qaratilgan funkstiyalari, muayyan tarzda ichki tashkil qilingan, unga xos tashkiliy-huquqiy doirada belgilangan davlat-hokimiyat vakolatlarini ro’yobga chiqarish. D.o. sub’ektlariga ko’ra, shakllanish usuliga ko’ra, faoliyatini qamrab oluvchi hududiga ko’ra, kompetentlik xarakteriga, kompetenstiyani amalga oshirish usuliga, qarorlar qabul qilishiga, mas’ulligiga, faoliyatining yo’naltirilganligiga ko’ra tasnif etish mumkin.

Davlat ramzlari – o’ziga xos davlat belgilari bo’lgan davlat gerbi, davlat bayrog‘i, davlat madhiyasi.

Davlat rejimi – idora usuli, davlat hokimiyatining boshqaruv usuli.

Davlat sirlari – siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va boshqa xarakterdagi davlat siri hisoblangan ma’lumotlar. Muhimlik darajasiga ko’ra «alohida muhim», «butunlay maxfiy» va «sirli» turlarga bo’linadi. O’zbekiston Respublikasida D.s. hisoblanadigan ma’lumotlar ro’yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 maydagi “Davlat sirlarini himoya qilish to’g‘risida”gi qonuniga binoan o’rganiladi.

Davlat to’ntarishi – kuch ishlatib konstitustiyaga xilof ravishda amalga oshirilgan to’ntarish yoki konstitustiyaviy (davlat) tuzimni o’zgartirish, yoki davlat hokimiyatini kim tomonidan egallab olish (o’zlashtirish). D.t. hokimiyatni tezlik bilan o’zgartirish bilan farqlanadi va odatda strategik muhim ob’ektlarni, ya’ni tele-radiostanstiyalar, hukumat binolari, qo’mondonlik punktlari va boshqalarni egallashdan boshlanadi. Agarda D.t. armiyaning hal etuvchi ishtiroki bilan amalga oshirilsa, u holda bu harakat harbiy to’ntarish deb ham aytiladi. Jiddiy qarama-qarshilik hollarida D.t. fuqarolar urushiga aylanib ketishi mumkin.

Davlat xazinasi – biror davlat korxonasi va tashkiloti tasarrufida bo’lmagan davlat byudjeti va boshqa davlat mulkiga daxldor mablag‘lar.

Davlat xizmati – davlat organlari vakolatlarining bajarilishini ta’minlash bo’yicha kasbiy faoliyat.

Davlat qurilishi – konstitustion huquq normalari bilan belgilangan va mustahkamlangan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy-huquqiy munosabatlar tizimi.

Davlat hududining yaxlitligi va daxlsizligi – Hozirgi xalqaro huquq me’yorlarining asosiy tamoyili bo’lib, unga ko’ra davlatlar boshqa davlatning hududiga qurolli yoki boshqa tajovuzlardan, ularni zo’ravonlik bilan bo’lib yuborish, bosib olish yoki ko’chirib yuborishdan saqlanishlari majburiydir.

Da’vo – o’zining buzilgan yoki baxs yuritilayotgan huquqini himoya qilish uchun sud, arbitraj yoki hakamlar sudiga rasmiy murojat.

Devalvastiya – Muomaladagi milliy pul birligining qadrsizlanishi va buning natijasi o’laroq bekor qilinishi, uning kursini boshqa davlatlar valyutalariga nisbatan tushib ketishi demakdir (revalvastiyaning antonimi).

Degradastiya – Er kurrasida, ma’lum bir mintaqada, davlatda, jamiyatda va hokazolarda ahvolning yomonlashuvi, inqirozning yuz berishi, davlatning yoki jamiyatning emirilishi yoxud biror narsaning intihosi.

Deklarastiya – Mamlakat yoki hukumat rahbarlari o’rtasida, ma’lum bir mamlakatlarning o’z mustaqilligi yoki siyosiy qarashlari pozistiyalarini ifodalovchi bayonnoma va bayonot.

Demarsh – bir davlatning tashqi ishlar organining boshqa bir davlatga har xil diplomatik aktlarda (ariza, nota jo’natish, memorandum, diplomatik vakilni chaqirib olish va hok.) aks ettirilgan favqulotdagi chiqishi. D. kelib chiqqan xalqaro qarama-qarshilikning echimi me’yori diplomatik ish ketma-ketligida topilmagandagina qo’llaniladi.

Diplomatiya – davlatning tashqi siyosatini belgilab beruvchi xalqaro munosabatlarning amaliy usullari va amaliyoti, davlat ular yordamida o’z tashqi siyosatini amalga oshiradi.

Infrastruktura – 1) iqtisodiyot va insonlar hayotiy faoliyatining umumiy shartlarini ta’minlab beruvchi xalq xo’jaligi tarmoqlari majmui (masalan, ishlab chiqarish infrastrukturasi – transport, aloqa, elektr energiyasi ta’minoti va b. q., ijtimoiy-xo’jalik infrastrukturasi - savdo, yo’lovchilar transporti va aloqasi, ilm-fan, sog‘liqni saqlash va b.q.). 2) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining faoliyati uchun zarur bo’lgan inshootlar, binolar, tizim va xizmatlar majmui, shuningdek, jamiyatning o’z hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar bilan ta’minlash.

Inqiroz – 1) kelishmovchiliklar, salbiy hodisalar va tendenstiyalar bir-biri bilan bog‘liq bir holatdan ikkinchi holatga o’tish. 2) biror narsaning jiddiy etishmasligi, biror holatdagi jiddiy qiyinchilik; 3) manfaatdor tomonlarning asosiy boyliklari, manfaati va maqsadlariga jiddiy xavf yuzaga keltiradigan davlat ichidagi yoki xalqaro vaziyat; 4) haroratning keskin pasayishi va kasallikning barcha belgilarining yo’qolishi va bu bilan bog‘liq bo’lgan kasallik davomidagi o’zgarish.

Islohot – progressiv o’zgarish, mavjud bo’lgan yo ijtimoiy tuzumni asosi saqlangan holda biror-bir tomondan jamiyat hayotini qayta qurish.

Ittifoq – 1) zich birlik, birlashish; 2) davlat birlashuvi, paydo bo’lish (masalan SSSR); 3) jamoat birlashuvi, tashkilot (jurnalistlar I., yozuvchilar I.)

Iqtisodiy barqarorlik – davlatning har qanday iqtisodiy muammolarga nisbatan iqtisodiy holati bo’lib, rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari belgilangan darajadan pastga tushmaydigan davlat iqtisodining shunday bir holati.

Iqtisodiy inqiroz – ishlab chiqarishning keskin suratlarda pasayishi, ishlab chiqarish quvvatining to’la emasligi, ishsizlikning o’sishi, pul-kredit va valyuta-moliya sohasining izdan chiqishi va shu tufayli yuzaga keladigan ayanchli holat.

Iqtisodiy islohot – davlatning iqtisod tizimini yoki iqtisodini boshqarishni yo’lga qo’yish va amalga oshirishdagi katta o’zgarishlar. Iqtisod tizimi samarasining pastligi iqtisodiy inqirozlar paydo bo’lganda va iqtisod odamlar ehtiyojini qondirishga loyiq bo’lmaganda mamlakat o’z taraqqiyotida boshqa davlatlardan orqada qolganda yuzaga kelgan sharoitlar tufayli o’tkaziladi.

Iqtisodiy xavfsizlik – bu davlatning iqtisodiy manfaatlari va suverenitetini iqtisodiy sankstiyalar, to’siqlar orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy diskriminastiya va diktatlardan himoyalanganligi tushuniladi. Undan tashqari, iqtisodiy xavfsizlik deganda, davlatning iqtisodiy manfaatlari tizimini qayta qurish davrida va iqtisodiy beqaror vaziyatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish holatiga aytiladi.

Kompaniya - ma’lum bir vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan muhim vazifalar munosabati bilan mavsumlar, saylovlar va boshqalarning sezilarli darajada o’zgargan shartlari, o’ziga xosliklarini o’z ichiga olgan holda o’tkaziladigan faoliyat, ish.

Kapital – 1) daromad keltirishi mumkin bo’lgan barcha narsalar yoki insonlar tomonidan tovar va xizmatlar, ishlab chiqarish uchun insonlar tomonidan yaratilgan resurslar. 2) ishlab chiqarish vositasi shaklidagi, ishga sarf etilgan harakatdagi daromad manbai.

Kimyoviy qurol - dushman qo’shini yoki tinch aholini qirib tashlashga qodir bo’lgan gazlar yoki boshqa kimyoviy birikmalar.

Kliring – hisob-kitobda ishtirok etuvchi tomonlarning hisobga olingan ikkiyoqlama talablari va vazifalari asosida tovarlar, qimmatbaho qog‘ozlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun naqd bo’lmagan to’lovlar tizimi.

Koalistiya – Umumiy maqsadlarga erishish umummanfaatlarni himoya qilish, birgalikdagi xavfsizlikni ta’min etish uchun davlatlar, siyosiy partiyalar, kasaba uyushma va boshqa tashkilotlarning ixtiyoriy birlashuvi ittifoqi.

Kolliziya – 1) qarama-qarshi kuchlar, manfaatlar, qarashlar, intilishlar, o’y-hayollar yoki vazifalarning to’qnashuvi. 2) bir davlatning alohida qonunlari orasidagi farqi yoki turli davlatlar qonunlar, sud qarorlari orasidagi kelishmovchilik.

Kolonializm – rivojlangan davlatlar tomonidan harbiy ustunlikni ishga solgan holda turli mintaqalardagi nisbatan kuchsiz mamlakatlarning bosib olinishi va o’zlariga tobe holda saqlanishini ifoda etuvchi tushuncha. Kolonializm XXasr boshlarida o’zining eng yuksak cho’qqisiga etgan. Bu paytda er yuzi kuchli davlatlar tomonidan deyarli batamom bo’lib olingan edi. Kolonializm davrida tobe mamlakatlarning moddiy boyligi talon-taroj qilinadi, xalqlarning ongi, tarixi va madaniy boyliklariga ham tajovuz qilinadi. O’tgan asrning so’ngiga qadar davom etgan milliy ozodlik harakatlari hamda dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot K.ga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Mustamlaka mamlakatlar birin-ketin ozodlikka chiqa boshladilar. (Q. Mustamlakachilik).

Kommyunike – xalqaro xarakterdagi voqealar haqidagi rasmiy xabar.

Kompaniya – iqtisodiy (ishlab chiqarish, savdo, moliyaviy, sug‘urta) faoliyat olib borish uchun zarur bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar, ishbilarmonlar uyushmasi. K. yuridik shaxs maqomiga ega.

Kompensastiya – ko’rilgan zararni, harajatlarni qoplash, qarzni qaytarish, o’rnini qoplash, tovon to’lovlari majmui.

Kompetenstiya – 1) aniq davlat organi yoki amaldor shaxsning, uning davlat organlari tizimidagi o’rnini aniqlab beruvchi huquqlari va burchlarining yuridik jihatdan belgilangan vakolatlari majmui. 2) u yoki bu sohadagi bilim va tajribalar.

Kompromiss – to’qnash kelayotgan turli manfaatlar, fikrlar vakillari orasidagi, o’zaro yon berish yo’li bilan erishilgan kelishuv. Davlatlar u yoki bu holatlardagi xalqaro qiyinchiliklar paytida siyosiy partiyalar esa parlamentdagi siyosiy ishlar qarori bo’yicha alohida shaxslar – o’zlarining yuridik yoki iqtisodiy qiyinchiliklarida unga murojaat qilishadi. Ba’zan zamonaviy hujjatlarda kompromiss (murosa) konsensus ham deyiladi.

Konservatizm – 1) barcha eskirgan, yo’qolib ketgan narsalarga sodiqlik; 2) ijtimoiy hayot, ilm-fan va san’atda yuz berishi zarur bo’lgan taraqqiyot omiliga qarshi harakat. (Q. Siyosiy konservatizm).

Konsolidastiya – davlat, ijtimoiy guruh va tashkilotlar urinishi, harakati imkoniyati va qarashining qo’shilib ketishi, birlashishi, birikishi bilan izohlanadi.

Konsorstium – bir yoki bir necha mamlakatlarning mustaqil, ishbilarmon tuzilmalari (firma, kompaniya)ning foydali buyurtmalar olish va ularni birgalikda bajarish, yirik qamrovdagi ishlab chiqarish, kredit-moliya va marketing operastiyalarini o’tkazish, sanoat qurilishidagi yirik global loyihalarni ro’yobga chiqarish uchun vaqtinchalik birlashuvi (kelishuvi). Konsorstium tuzishning asosiy maqsadi – tovarlar va xizmatlar bozorida, birlashgan firma va kompaniyalarning raqobatlasha olish imkoniyati darajasini ko’tarish.

Konstitustiya – davlatning oliy yuridik kuchga ega bo’lgan asosiy qonuni. Konstitustiya siyosiy va iqtisodiy tizimni mustahkamlaydi, faoliyatning tashkiliy tuzilishi va tamoyillarini, qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatlari organlari vakolatlarining bo’linishlarini, fuqarolar asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini qat’iyy belgilaydi. Konstitustiya milliy xavfsizlik ta’minlash tizimsining asosiy huquqiy bazasini tashkil etadi.

Konstitustiyaviy monarxiya – davlat boshqaruvining shakli, unda an’anaviy davlat boshlig‘i, monarx hokimiyati davlatning asosiy qonuni – konstitutstiya bilan cheklanadi. Buyuk Britaniya, Yaponiya, Skandinaviya davlatlar va hokazolarni misol keltirish mumkin.

Konsul – o’zga davlatning biror-bir shahri yoki hududida o’zining davlati va uning fuqarolarining yuridik va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun doimiy vakil sifatida tayin etiladigan diplomatik boshqarmaning amaldor shaxsi.

Kontingent – biror-bir munosabatda bir xil guruh yoki kategoriyani tashkil etuvchi shaxslar majmui.

Konfederastiya – 1) ba’zi masalalar bo’yicha o’z faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida birlashgan davlatlar ittifoqi shakli. Konfederastiyaga kiruvchi davlatlar o’z mustaqilligini to’liq saqlab qolishadi va undan erkin tarzda chiqib ketish huquqiga ham egadirlar. 2) biror-bir ijtimoiy bo’lgan tashkilotlarning birlashmasi.

Konflikt – sub’ektlarning qarama-qarshi manfaatlari, maqsadlari, qarashlarining to’qnash kelishi, jiddiy ziddiyat, keskin bahs. Konflikt sub’ektlari sifatida individlar, ijtimoiy uyushmalariga biriktirilgan kichik va katta guruhlar, davlat yoki davlat birlashmalari bo’lishi ham mumkin. Konfliktning antagonistik va agonistik turlari mavjud. Agonistik konfliktni boshqarish imkoniyatini boy berish, uni antagonistikka o’tishga sabab bo’ladi yoki aksincha, o’zaro murosa yo’llarini izlash, avvaliga antogonistik konfliktning keskinligini kamayishiga, keyin esa murosa taktikasining rivojlanishi natijasida uning agonistik konfliktga aylanishiga olib keladi. Turli sohalarda bo’lib o’tuvchi konfliktlar, agar ular xalqaro, millat va elatlararo, jamoalararo, diniy, demografik, mintaqaviy va yaqqol munosabatlarga taalluqli bo’lsa, siyosiy ma’no kasb etishi mumkin. Xarakteriga ko’ra konfliktlar qurolli va qurolsiz bo’lishi mumkin.

Konstepstiya – biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyiha yoki soha taraqqiyotini asoslab berishni o’z ichiga olgan qarashlar majmui. K. tor doirada emas, balki turli sohalarni o’z ichiga qamrab olgan miqyosi bilan farqlanadi, unda rivojlantirishning yo’nalishlari hamda asoslari belgilab qo’yiladi. Shu nuqtai nazardan K. faqat harakat rejasini o’z ichiga olgan dasturlardan farqli o’laroq keng qamrovli strategik dastur deyish mumkin.

Kuch ishlatmaslik – inqiroz va mojarolarni hal qilishda zo’ravonlikni, harbiy kuchlarni qo’llamaslik, haqligi hamda mahsuldorligini asoslaydigan konstepstiya, tamoyil, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-axloqiy me’yorlar, texnologiya va uslubiyatlar majmuasi. K.i. dialog, davlatlararo ishonch, murosaa, muzokara, kelishuv shartnomalari va bitimlar tuzishda, umumiy harakatlar dasturida va h.da ustunlikni ifodalaydi.

Legallashtirish – 1) biror-bir tashkilotning faoliyat yurgizishiga ruxsat berish, uning qonuniylashishi; biror-bir akt, faoliyatiga yuridik kuch berish; 2) hujjatda mavjud bo’lgan imzolarning haqiqiy ekanligini tasdiqlash.

Legitimlik – biror-bir faoliyat, faoliyat yurituvchi shaxs, hodisa va faktni jamoatchilik tomonidan tan olinishi. Biror-bir sohaning legitimligi, uning yuridik rasmiylashtirilgan qonuniyligini anglatadi. Davlat hokimiyatining legitimligi xalq bilan davlat hokimiyati o’rtasidagi munosabatlardagi uyg‘unlikda aks etadi. Legitimlik davlat hokimiyatiga nisbatan qo’llanilganda ma’lum muddatda erishiladigan bosqich ekanligini ta’kidlash zarur. Mamlakatdagi kuch ishlatuvchi organlar shaxsiy tarkibining ortib borishi siyosiy hokimiyat legitimligining pasayib borayotganligini bildiradi. Har qanday qonuniy hokimiyatning legitimligini ta’kidlash qiyin va ayni paytda legitim bo’lgan hokimiyat qonuniy tusda bo’lmasligi ham mumkin.

Liberal – 1) erkin fikrlovchi, hurfikr; ba’zan ortiqcha ko’ngli bo’shlikka moyil odam; 2) liberalizmning izdoshi va tarafdori demakdir.

Liberalizm – xalqaro munosabatlarni tadqiq qilishdagi asosiy maktablardan biri. Insonning hamkorlikka, tinchlikka intilishi; adolat va axloqqa asoslanganligi to’g‘risidagi tasavvurlardan kelib chiqadi. XX asrning birinchi yarmida «idealizm» deb nom oldi. Liberalizm – parlament tizimi tarafdorlari, shaxs va ishbilarmonlik erkinliklarini o’zida mujassam etgan ijtimoiy-iqtisodiy oqim. Liberalizm G’arb siyosiy madaniyatidagi etakchi g‘oyalar madaniyati hisoblanadi.

Liberalizastiya – davlat boshqaruvi, nazoratining qat’iyy chegaralanishlaridan ozod bo’lish va jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotining erkinlashtirilishi omilidir.

Mamlakat aholisi - ma’lum bir davlat hududida yashovchi odamlar. U o’sha mamlakatning fuqarolari hamda mamlakatda yashaydigan chet el fuqarolari, fuqaroligi yo’q shaxslar (apatridlar) va ikkita fuqarolikni olgan (bipatrit) shaxslardan iborat bo’ladi.

Mamlakat mudofaasi – mamlakatni uyushtirilishi mumkin bo’lgan harbiy agressiyani qaytarishga tayyorlashga oid, milliy manfaatlar va xavfsizlikka tahdid soluvchi qurolli nizolarning oldini olish va payini qirqishga oid siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy, huquqiy, axloqiy-ruhiy va boshqa umumdavlat tadbirlari tizimi. M.m. quyidagicha ta’minlanadi: strategik (shu jumladan, yadroviy) o’zini tiyish; mamlakat mudofaasi uchun zarur va etarli bo’lgan qurolli kuchlar va qurol-aslahalar, mudofaa-sanoat kompleksi, davlat safarbarlik imkoniyatlari; mamlakat aholisining (jangovar) safarbarlik tayyorgarligi; xalq ma’naviy-axloqiy salohiyatining mustahkamligi.

Manfaat –1) amalga oshirishga undaydigan dalillar bilan asoslangan, tan olingan ehtiyojlar; 2) ijtimoiy harakatlarning real sababi. Manfaatning ob’ektiv asosi, ma’lum bir jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlardir. Tasniflashda manfaat umumiyligiga ko’ra (shaxs, guruh, jamiyat manfaati), ob’ektning xarakteriga ko’ra (milliy, partiyaviy va b.), tan olinishiga ko’ra (stixiyali va ishlab chiqilgan dastur asosida xarakterlanuvchi), amalga oshirish imkoniyatiga ko’ra (real va taxminiy), jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv tendenstiyasiga bo’lgan munosabatiga ko’ra (progressiv, reakstion, konservativ) va boshqa ma’lum asoslarga ko’ra manfaatning shakllari ajratiladi. 3) shaxsning biror predmetga nisbatan qiziqarli, qadrli narsa sifatidagi munosabati.

Menejment – 1. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va daromadni ko’tarish maqsadida uni boshqarishning shakli, majmui, tamoyili, usul va vositalari. 2. Ishlab chiqarish jarayoni faoliyati va iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchining o’zaro aloqalari insoniy munosabatlarni boshqarish to’g‘risidagi fan.

Mehnat resurslari – mehnat faoliyatida ishtirok etish uchun barcha jismoniy va ruhiy imkoniyatlarga ega bo’lgan mamlakat aholisining qismi.

Migrastiya – 1) Ko’p hollarda iqtisodiy va siyosiy barqarorlik tufayli turar joy, ish o’rnining o’zgarishi bilan bog‘liq ko’chish, aholini ko’chirish. Ko’chishning qaytmaydigan, vaqtinchalik, mavsumiy, doimiy o’zgarib turadigan turlari mavjud; 2) hayvonlarning ko’chib yurishi.

Millat – O’zligini anglagan, o’z ruhiyatiga ega odamlarning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan shakllangan birligi. Millat yagona til, hudud, yagona iqtisodiy mintaqa, umumiy madaniyat, milliy an’analar, milliy boylik, milliy qadriyat, milliy manfaatlarni birgalikda himoya qilishning shakllanish jarayoni mahsulidir. Millatning shakllanish jarayoni va u tomonidan qilingan hatti-harakatlar siyosiy tashkilotlarning turli shakldagi davlatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Millat – turli elatlardan iborat, biroq yagona mamlakat hududida uzoq davr mobaynida yashashi natijasida hududiy, iqtisodiy, turmush va madaniy an’analarning yangidan shakllanishi jarayonida paydo bo’lishi ham mumkin.

Millat tushunchasi german-roman tillarida asosan «millat-davlat» ma’nosida qo’llaniladi. Ya’ni «millat» ta’rifi, ko’proq siyosiy jarayonga taalluqli bo’lib, asosan, davlatchilikka ega bo’lgan millatlarga xosdir. Rus tilida esa «Nastiya» ta’rifi – ko’proq tarixiy-ijtimoiy etnik jarayon bilan bog‘liq. Dunyo ilmiy adabiyotida ushbu ta’rif ko’proq davlat suverenitetiga yaqin, ya’ni davlat tushunchasi bilan bog‘liq deb qaraladi. Misol uchun, K.Hollis o’zining «Parlament va uning suvereniteti» nomli asarida Buyuk Britaniyaning davlat suvereniteti yoritishda milliy suverenitet haqida gapiradi. «Millat» so’zini «davlat» ma’nosida BMT nomlanishida ham ko’rishimiz mumkin. Sovet olimlari esa «milliy» so’zi tagida ba’zi bir ijtimoiy voqelikning etnik va etnosiyosiy tomonlarini tushunganlar. Hozirgi adabiyotlarda «millat» tushunchasi «davlat» sinonimida ishlatilishiga qaramasdan, ba’zi holatlarda bu paradigma ishlatilib kelmoqda.

Millatlararo to’qnashuv - turli millatlarning qarama-qarshi manfaatlari orasidagi to’qnashuv. Ular ko’pincha ko’p millatli davlatlarda sodir bo’ladi, ko’p holatlarda o’zga davlatlar, o’zganing milliy manfaatlari uchun, shu kabi to’qnashuvlarni yuzaga keltiradilar. Alohida holatlarda millatlararo to’qnashuv, qurolli to’qnashuv shaklida bo’lib o’tadi.

Millatchilik – bir millat yoki elatning boshqa bir millat mafkurasi, ruhiyati, ijtimoiy hayoti hamda siyosatiga tobe bo’lishi oqibatida paydo bo’ladigan radikal qarashlar majmui. Millatchilik millat, elatning boshqasidan ustunligi hamda milliy o’zgachaligi asosida kelib chiqadi va milliy adovat, ishonchsizlik va mojarolarni avj olishiga sabab bo’ladi. Millatchilik ko’p millatli (mayda etnik guruhlarga ega) mamlakatlarga xavf tug‘diradi va uning turmush-tarziga putur etkazib, inqirozlar, qonli urush va mojarolarni keltirib chiqaradi. Millatchilik - milliy xavfsizlik, xalqaro barqarorlik va tinchlikka tahdid soluvchi jiddiy xavflardan biri.

Milliy daromad – ma’lum bir vaqtda moddiy ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari tomonidan yangitdan belgilangan qiymatning miqdori; mamlakatning umumiy iqtisodiy o’sish ko’rsatkichi, unda kengaytirilgan ishlab chiqarishning ma’lum davrdagi natijalari o’z ifodasini topadi. Milliy daromadning miqdori milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimining shakllanishi, faoliyati va rivojlanishi imkoniyatlarini belgilab beradi.

Milliy manfaat - shaxs, jamiyat va davlatning progressiv taraqqiyotidagi hayotiy muhim manfaatlar yig‘indisi tushuniladi. Boshqacha aytganda, O’zbekiston milliy manfaatlari bu – fuqaro, jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzilmasidan, iqtisodiy hayot darajasidan, tarixiy-jug‘rofiy joylashuvidan, milliy va madaniy urf-odatlardan kelib chiqqan ob’ektiv ehtiyojlardir. Milliy manfaatlar juda mukammal tuzilmadan tashkil topgan bo’lib, ular turli xil ko’rinishlar asosida guruhlanadilar. Ular ijtimoiy ahamiyatiga qarab – hayotiy muhim va ikkinchi darajali, faoliyatining davomiyligi bo’yicha – doimiy va vaqtinchalik darajalariga ajraladilar. Manfaatlar ijtimoiy faoliyatning ko’p qirraliligi va ko’p jihatliligiga asoslanib: iqtisodiy, siyosiy, harbiy, texnologik, informastion, ekologik sohalarda aks etadilar. Milliy manfaatlarni amalga oshirish va himoya qilish, asosan, davlatning zimmasiga yuklatilgan. Milliy manfaatlar asosida davlatning boshqaruv idoralari va institutlari tomonidan shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarini himoyalash istak va maqsadlarini aks etturuvchi davlat siyosati maqsadlari ishlab chiqariladi va shakllantiriladi. Maqsadlar esa quyidagicha vazifalarni hal etilishi bilan amalga oshiriladi. Mazkur vazifalarni echish yuzasidan davlat boshqaruv idoralari tomonidan, mamlakat rahbariyati tomonidan maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Milliy manfaatlar mohiyati milliy qadriyatlar asosida belgilanadi. Davlat boshqaruv idora va institutlari tomonidan ularning choralari ustuvorligi belgilanadi. Shunday qilib, davlat boshqaruv idoralari tomonidan milliy xavfsizlikni ta’minlashda davlat siyosatining maqsadlari ishlab chiqiladi va shakllantiriladi. (Q. Milliy qadriyatlar va maqsadlar).

Milliy maqsadlar – bu milliy qadriyatlar asosida vujudga kelgan milliy manfaatlarni amalga oshirish, ularni himoya qilish borasidagi shakllangan ustuvor vazifalar. M.m. milliy manfaatlardan farqli ravishda siyosatni shakllantirishda etarli darajada harakatchan hisoblanadi. O’zbekiston tashqi va ichki siyosatini shakllantirishning umumiy metodologiyasini ishlab chiqish jarayonida – milliy maqsadlarni milliy manfaatlar va qadriyatlar, ularni amalga oshirish va himoya qilishda ular bilan o’zaro bog‘liqlikda shakllanishni muhim holat deb e’tirof etish lozim. Bu esa o’z navbatida, O’zbekiston milliy xavfsizligini ta’minlash siyosatini mustahkamlashda va amaliy yo’nalish berishda yordam beradi. Milliy maqsadlar – miliy manfaatlarni ro’yobga chiqarish va himoya qilish yuzasidan davlat, jamiyat va fuqarolar faoliyatining asosini tashkil etuvchi yo’nalishlar (muayyan maqsadga qaratilgan yo’riqnomalar). Milliy manfaatlar bilan qiyoslaganda, ular tashqi va ichki siyosat shakllanishining yanada harakatchan elementi hisoblanadi.

Milliy munosabatlar - milliy-etnik taraqqiyot sub’ektlari, millat, millatga mansublik, milliy guruhlar va davlat tuzilishi o’rtasidagi munosabat. M.m.larning asosiy muammosini – tenghuquqlilik va tobelik; iqtisodiy va madaniy taraqqiyot darajalari turliligi; milliy ixtilof, adovat, janjallar.

Milliy murosa – qarshilik ko’rsatish, qarshi chiqish, tomonlarning nizolarini bartaraf etish, milliy kelishuv va tinchlikni o’rnatish hamda jipslashuv yo’lidagi ijtimoiy-siyosiy jarayon.

Milliy odat – mamlakat aholisi uchun odatiy hisoblangan stereotip usul va o’zini to’tish uslubi. M.o. odamlar uchun ma’lum ma’noda qadriyat bo’lib, ularga rioya etish ehtiyoj tizimiga kiradi.

Milliy suverenitet - XM nazariyasi va xalqaro huquqdagi asosiy tushunchalardan biri. Davlatning o’ziga tegishli bo’lgan hududda to’la hukmronlik qilishni va tashqi siyosatni mustaqil amalga oshirishni nazarda tutadi.



Milliy xavfsizlik - bu shaxs, jamiyat va davlatning hayot faoliyati davomida uning hayotiy muhim manfaatlarida, xalqaro munosabatlarda teng huquqli va mustaqil ishtirokini ta’minlashda, suveren va progressiv rivojlanishida, ichki barqarorlikni ta’minlashda tahdid solayotgan tashqi va ichki xavf-xatarlardan himoyalanish holati anglashiladi. M.x. berilgan ushbu ta’rif uning ijtimoiy tabiatini kengroq qamrab olgan bo’lib, shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining umumiylik dialetikasini hisobga olgan holda milliy xavfsizlikni mintaqaviy va global xavfsizlik bilan o’zaro bog‘liqligini ochib beradi. Har bir davlat mintaqaviy va xalqaro munosabatlarning mushkul tizimida ishtirok etgan holda, o’z navbatida ichki aloqalar tizimiga ega bo’ladi. Shuning uchun, milliy xavfsizlikni ta’minlashda ichki va tashqi omillar alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi rivojlanish davrida ular orasida ichki omillar muhim hisoblanadi. Ichki omillar tushunchasida esa siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik asosiy rol o’ynaydi. Umuman olganda, milliy xavfsizlik deganda milliy qadriyatlar, manfaatlar, hayot faoliyati uchun tahdid solayotgan real tashqi va ichki xavflarning oldi olilingan davlat holatiga aytiladi. Ya’ni shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarini amalga oshirilishini ta’minlashdir. Boshqa so’zlar bilan izohlaganda, milliy xavfsizlik bu – fuqaro, ijtimoiy guruhlar, jamiyat va davlat, milliy qadriyatlari va milliy hayot tarzining iqtisodiy, siyosiy, ekologik, harbiy, tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanishiga aytiladi. «Milliy xavfsizlik» tushunchasi xavfsizlik tushunchasining barcha turlarini qamrab olgan. Sobiq sovet tuzumi davrida «milliy xavfsizlik»ning tushunchasi sifatida «davlat xavfsizligi» nazarda tutilar edi. Bugunga kelib esa shaxs va jamiyat manfaatlarining davlat manfaatiga bo’lgan yangicha munosabati oqibatida bu tushuncha yangi ma’no kasb etdi. «Milliy xavfsizlik» tushunchasini mafkuralashtirib bo’lmaydi, u o’zaro tartib asosida tashkil topgan jarayon hisoblanadi. U xavfsizlikni ta’minlovchi sub’ektlar tomonidan himoyalanayotgan barcha xavfsizlik turlarini o’z ichiga birlashtirishga imkon yaratadi. Bugungi kunda «Milliy xavfsizlik» tushunchasidan ham xalqaro, ham ichki ishlarda keng foydalanish imkoni yaratildi. Shaxs xavfsizligi, jamiyat xavfsizligi va davlat xavfsizligi – bu milliy xavfsizlik tizimining asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Yuqoridagilardan tashqari «milliy xavfsizlik» tushunchasi O’zbekiston qonunchiligiga asosan, «hayot, sog‘liq, huquq, shaxs erkinliklari, xususiy mulkchilikni himoya qilish, jamiyat va davlat xavfsizligi»; «yadroviy xavfsizlik», «radiastion xavfsizlik», «tabiiy ofat, falokatlar va antropogen hodisalardan shaxs, jamiyat va davlatning himoyalanish holati» kabi tushunchalarni o’z ichiga qamrab oladi. Bugungi sharoitlardan kelib chiqqan holda, «milliy xavfsizlik» ta’rifi O’zbekistonga nisbatan ishlatilishi to’g‘ri hisoblanadi. Chunki, O’zbekistondan tashqari, boshqa ko’p millatli davlatlar «davlat xavfsizligi» ta’rifi o’rniga «milliy xavfsizlik» termini bilan ifodalaydilar. Chunki «milliy xavfsizlik» tushunchasi ostida davlat hududida mavjud barcha millatlarni o’z ichiga qamrab olgan jamiyat tushuniladi. Milliy xavfsizlik ta’rifining asosiy tushunchasi – millat, shaxs, jamiyat va davlatdan iborat.

Milliy xavfsizlikka ichki tahdid – manbasi mazkur davlat hududida joylashgan tahdid. I.t.: iqtisodiy va siyosiy tuzilmalarning, jinoyatchi guruhlarning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi olib borgan harakati kiradi. Agarda xavf-xatarlar manbasi shu davlatning o’zida yoki uning o’z fuqarolaridan kelib chiqsa, bu tahdidlar ichki deb tan olinadi.

Milliy xavfsizlikka tashqi tahdid – manbasi milliy chegaralardan tashqarida joylashgan tahdidlar. T.t.: chet el razvedka va maxsus xizmatlarining faoliyati; axborot tarqatish sohasida davlatlar o’rtasidagi qarama-qarshilik; iqtisodiy tuzilmalar raqobati; tabiiy ofatlar va falokatlar kiradi. Agarda xavf-xatar boshqa davlat yoki uning fuqarolari tomonidan bo’lsa, uning qaerda joylashishidan qat’iyy nazar bu xavflar tashqi xavflar deb tan olinadi.

Milliy xavfsizlik maqsadlari – milliy xavfsizlikni ta’minlash yo’lidagi faoliyatning asoslangan yo’nalishlari. Ular faoliyatning turli sohalarida milliy manfaatlardan (siyosiy, iqtisodiy, harbiy, informastion, ekologik va boshqalar), ularni himoya qilish ehtiyojidan va ular uchun ichki va tashqi xavflarga qarshi harakatdan, shuningdek, davlatning real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda davlat hokimiyatining oliy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarni ro’yobga chiqarish – davlat milliy xavfsizlik siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur shart-sharoitidir.

Milliy xavfsizlikni ta’minlash – milliy xavfsizlik sohasiga oid zarur qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish, ular asosida milliy xavfsizlikka real va potenstial tahdidning vujudga kelishidan ogohlantirish, uning oldini olish, payini qirqish va unga qarshi ta’sir ko’rsatish maqsadida kompleks adekvat chora-tadbirlar tayyorlash va amalga oshirishga yo’naltirilgan vaziyatning holati va taraqqiyotining tizimli tahlili, bahosi va istiqboli.

Milliy xavfsizlik tahdidi– bu milliy manfaatlarni amalga oshirishga g‘ov bo’ladigan, shuningdek,, milliy qadriyatlarga va milliy turmush tarziga zarar etkazishga bevosita imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlar va omillarning yig‘indisi. M.x.t. shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga suiqasd degan ma’noni anglatadi. Manfaatlarga tahdid hayot faoliyatimizning har bir jabhasida mavjud. Misol uchun, shaxs va jamiyatning qadriyatlari darajasining yo’qolishi yoki pasayishi insonlar orasida yaxshilik, savob, xaqiqat kabi tushunchalarni yo’qolib borish xavfini tug‘diradi. Bu esa milliy qadriyatlarga katta zarar keltiradi. Xavfsizlik tahdidlarini turlariga qarab turkumlash – aniq xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tahdidlarni oldini olish chora-tadbirlarini yaxshilashga yordam beradi va milliy xavfsizlikni ta’minlashning amaliy faoliyatida muhim rol o’ynaydi. Bu borada xavfsizlik turlarini aniqlashda quyidagi mezonlar alohida o’rin tutadi: xavf-xatar manbasining kelib chiqishi; tahdidning shakllanganlik darajasi; inson faoliyati sohalaridagi va yo’nalishlaridagi tahdidlarning xususiyatlari va xarakterlari; tahdidlarning sub’ektiv bahosining darajasi. M.x.t. ichki va tashqi tahdidlarni o’z ichiga oladi. Ular ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ega bo’lib, hayotga tadbiq qilishning mumkinligi jihatidan real, potenstial va soxta tahdidlarga bo’linadi, harakat ko’lamiga ko’ra ular umumbashariy, mintaqaviy, submintaqaviy davlat va mahalliy xarakterda bo’lishi mumkin.

Milliy xavfsizlik tizimi – shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston Konstitustiyasi va huquqi doirasida siyosiy, huquqiy, tashkiliy, harbiy va boshqa xarakterdagi choralarni amalga oshirishda barcha maxsuslashgan organlar, kuchlar, resurslar va vositalar yig‘indisi. Uning asosiy funkstiyasi milliy xavfsizlikka xavf tug‘diruvchi holatlar haqida ma’lumotlar olish va baholash, xavfsizlantirish bo’yicha masalalarni ishlab-chiqish va ijrochilarga etkazish, xavfni yo’qotish, neytrallashtirish yoki minimum darajaga tushirishda aniq harakatlar olib borishdan iborat. U o’zining alohida qadriyatlari va ustuvor yo’nalishlariga ega bo’lib, ularning ierarxiyasi milliy xavfsizlikni – mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik turkumiga tegishliligi bilan belgilanadi. Undan tashqari, undagi har bir element o’zining ustuvorliklariga ega bo’ladi. Masalan, agarda shaxs uchun bunday ustuvorliklar uning huquq va erkinliklari bo’lsa, jamiyat uchun esa – moddiy va ma’naviy qadriyatlarni saqlash va ko’paytirish, davlat uchun esa – ichki barqarorlik, hududiy yaxlitlik, suverenitet bo’lib hisoblanadi.

Milliy xavfsizlikning umumiy nazariyasi – siyosiy, ijtimoiy, harbiy, iqtisodiy, texnikaviy, gumanitar va boshqa fanlarning amaliy jihatlarini o’z ichiga olgan hamda turli xarakterdagi tashqi va ichki omillarga kompleks ta’sir etish sharoitlarida shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashning mazmun-mohiyatini, metodlari, shakllari, organlari, kuchlari va vositalarini tatbiq etishga yo’naltirilgan bilimlar sohasi.

Milliy o’z-o’zini anglash – milliy etnik jamiyatning tarixi, zamonaviyligi, taraqqiyot istiqbollarining dunyo hamjamiyatida tutgan o’rni va roli to’g‘risidagi tushunchalarning xususiyatlari, mazmun va mohiyatini ifodalovchi qarashlar va munosabatlar majmuidir.

Milliy qadriyatlar - bu shaxs, jamiyat va davlatning xavfsiz hayot kechirish va progressiv taraqqiyotidagi ehtiyojlarini qondiruvchi vosita, hodisa va predmetlar yig‘indisidir. O’z navbatida milliy qadriyatlar turkumiga mamlakat xalqlarining moddiy, intellektual, ma’naviy boyliklari kiradi. Milliy qadriyatlar – shaxs, jamiyat va davlat ijtimoiy qadriyatlarining yig‘indisi bo’lib, u har bir millatni xalqaro munosabatlarda mustaqil sub’ekt bo’lishiga xizmat qiladi. Ijtimoiy qadriyatlar bir qancha bo’limlarga bo’linadi: global qadriyatlar (barcha qadriyatlarni yashashini ta’minlash sharoiti); milliy qadriyatlar (shaxs, jamiyat, davlat, moddiy va ma’naviy qadriyatlarning yig‘indisi); moddiy (ishlab chiqarish moddiy muhitida inson faoliyatini shakllantirish); ma’naviy (ma’naviy sohada inson faoliyatini shakllantirish); etnik qadriyatlar (ma’lum bir etnosning moddiy va ma’naviy qadriyatlar yig‘indisi). Ijtimoiy qadriyatlar mohiyatini anglash uchun, albatta, ularni tabaqalash lozim. Ular milliy qadriyatlarning mazmun- mohiyatini tushunishga va shaxs, jamiyat, davlatning hayotiy muhim manfaatlari tizimiga ta’sirini aniqlashga yordam beradi. Qadriyatlar faoliyat uslubi bo’yicha – ob’ektiv, sub’ektiv, tabiiy va ijtimoiy, doimiy va vaqtinchalik, individual va ijtimoiy, jamoat va davlat bo’limlarga ajraladilar. M.q. – inson faoliyatini ijtimoiylashuvi bilan bog‘liq. Ijtimoiy qadriyatlarning boshqalardan ajrab turuvchi xususiyati – bu ularning ko’proq harakatchanligi, o’zgaruvchanligi va bevosita inson manfaatlar doirasi va ta’sirida bo’lganligidir. Ijtimoiy qadriyatlar o’z navbatida ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga – umuminsoniy jihatlar ustunlik qilgan qadriyatlar (ishlab chiqarish, texnika va mehnat). Bu guruhda mehnat birinchi darajali qadriyat bo’lib, tabiiy va moddiy salohiyat natijasida inson, jamiyat va davlatning yaratgan boyligidir. Bu qadriyatsiz inson, va jamiyat nafaqat progressiv taraqqiyotga, balki mavjudlikka ham erishmagan bo’lardi. Ikkinchi guruhga – mahalliy xarakterga ega bo’lgan qadriyatlar. Ularga – ijtimoiy aloqalar, ideallar, ma’naviy madaniyat kiradi. Shundan kelib chiqib, qadriyatlar shaxs, jamiyat va davlat guruhlariga bo’linadi. Ko’rsatib o’tilgan ijtimoiy qadriyatlar moddiy va ma’naviyga ajraladilar. Milliy qadriyatlar – 1) xalqqa taalluqli bo’lgan va uning axloqiy mavjudligi va taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ma’naviy yutuqlar; 2) millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan jihat va xususiyatlar. 3) insonga hayotiy pozistiyasini, o’ta qaltis vaziyatlarda o’zini tuta bilishni tanlashga imkon beradigan fundamental me’yorlar. M.q.lar - milliy qadriyat - milliy xavfsizlikning muhim qirralaridan biri, milliy boylikning uzviy qismi. Toifalanish va M.q.larning yo’qolishiga olib boruvchi milliy xavfsizlik siyosati xalq uchun maqbul emas. O’z millat qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q.

Harbiy-iqtisodiy xavfsizlik – bu iqtisodiy xavfsizlikning davlat mudofaasini ta’minlash muammolari bilan bog‘liq bo’lgan qismidir. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikning ta’minlanishi davlatning ham ichki, ham tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bu xavfsizlik turini uning keng va tor ma’nosiga qarab ajratish mumkin. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlik keng ma’noda – bu davlatning milliy manfaatlari himoyasini kafolatlash va iqtisodiy, harbiy tajovuz sharoitida xalq xo’jaligining barqaror faoliyatini ta’minlash darajasida davlatning tinchlik davrida milliy xavfsizlikning iqtisodiy va harbiy sohalari o’rtasida optimal muvozanatni ushlab turishga aytiladi. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlik tor ma’noda – bu harbiy-iqtisodiy qarama-qarshilik sharoitida barqaror faoliyatni va uning mustaqilligini kafolatlovchi va harbiy-iqtisodiy ehtiyojlarning ongli mudofaa darajasini ta’minlovchi mudofaa-xo’jalik majmuining rivojlanishini anglatadi. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash o’z ichiga bir biriga o’zaro bog‘liq ikki jihatni; himoya va hujumkorlikni qamrab olishi zarur va harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash strategiyasini ishlab chiqishda bu ikki jihatdan foydalanish zarur va muhim omil hisoblanadi.

Harbiy xavfsizlik – bu xalqaro munosabatlardagi, davlatlararo aloqalardagi va davlatning mudofaa imkoniyatlarining shunday holatiki, bunda urush xavfi minimal darajaga olib kelingan bo’ladi. Harbiy xavfsizlikning ta’rifidan kelib chiqqan holda uning tashqi va ichki sohalarini ko’rishimiz mumkin.

Harbiy xavfsizlikka tahdid – qurol-yarog‘ ishlatish yo’li bilan mamlakatning ozodligiga, mustaqilligiga suverenitetiga, davlat birligiga, hududiy yaxlitligiga, uning milliy mulkiga, milliy qadriyatlari va manfaatlariga qaratilishi mumkin bo’lgan tahdid; harbiy bayonotlar; namoyishkorona harakatlar, shantaj, bosim, harbiy vositalarni ishlatish yo’li bilan amalga oshiriladigan hatti-harakatlar, tasodifiy harbiy to’qnashuvlar, shuningdek, tasodifiy yadro urushining yuzaga kelish imkoniyati. Uning manbalari quyidagilar: ekstremistik-ekspansiv maqsadlarda harbiy tazyiq qo’llashning mumkinligini tan olinishidan kelib chiqadigan harbiy doktrinalar va harbiy siyosat; boshqa davlatlar harbiy qudratining ularning mudofaa ehtiyojlaridan ortiq darajada kuchayishi, yadro qurolining mavjudligi va yadro urushi xavfining saqlanib qolishi; yadroviy imkoniyatni qo’lga kiritishga intilayotgan bir guruh davlatlarning mavjudligi; harbiy-siyosiy notinchlikning keskinlashuvi (mintaqaviy va umumbashariy); harbiy-siyosiy keskinlik o’choqlarining va qurolli nizolarning davlat chegarasida va uning hududida mavjudligi; harbiy razvedkalar faolligining o’sishi; harbiy xavfsizlikka oid shartnomalarning buzilishi va h.k.

Hududiy mudofaa – davlat hududidagi ob’ektlar va kommunikastiya tarmoqlarini dushman hujumidan, uning terroristik va diversion harakatlaridan himoya qilish, shuningdek,, harbiy holatni belgilash va qo’llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladigan harbiy va umumdavlat chora-tadbirlarining (asosiy) uzviy qismi.



Hukumat inqirozi – siyosatining tanazzulga yuz to’tishi yoki mamlakat aholisining unga nisbatan ishonchsizlik bildirib hukumat iste’fosini talab qilishi va hukumatning biror bir vazifani uddalay olmasligi oqibatida hukumatning qisman yoki to’liq iste’foga chiqishi.



Download 227 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish