Eman – yogʻochi qattiq, u pishiq va zich hamda ogʻir, chiroyli jigar rangga ega.
Toqterak – asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi. Yogʻochi yumshoq anchagina yengil.
Joʻka – yogʻochi yumshoq, aralash oson, pichoq bilan oson ishlanadi, darz ketmaydi. Joʻkani yorish qiyin. Qaragʻay va qoraqaragʻaydan yengil sargʻish oq rangda.
Fanera – Yogʻochdan shponlar qilinadi, fanerani mana shu shponlar – yogʻochning payraha qilingan yupqa qatlamlari yelimlab yasaladi.
Mozaika - buning uchun yupqa yogʻoch plastinkalardan tasvir yigʻiladi va keyin ularni asosga yelimlab, ustidan lak yoki politura beriladi.
Loy - Loy narsalar yasashdagi asosiy material hisoblanadi, chunki u istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir.
Plastilin – narsalar yasashda qoʻllaniladigan materialdir. U su’niy plastik massa boʻlib, loydan hyech qachon qurimasligi va doimo ishlatishga tayyorligi bilan farqlanadi.
Mum – Mum tabiiy va su’niy turlari mavjud. Mum ancha qimmat turadi va undan mayda narsalar yasaladi. Mum bilan ishlash qoʻlay, u qoʻrimaydi, suv bilan namlashni talab qilmaydi, darz ketmaydi va undan yasalgan narsalar uzoq saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |