B
Biznes- bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sub’ektning ma’lum bir mahsulot yoki xizmat turini yaratish va sotish yo‘li bilan foyda olishga mo‘ljallangan iqtisodiy faoliyati.
Biznes-reja- korxona faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va daromadlar hisobini o‘z ichiga oluvchi kompaniya faoliyatining muayyan maqsadlariga erishish uchun muayyan chora-tadbirlar rejasi. Marketing tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladi.
Balans - biron-bir holatning alohida tomonlari tengligini tarkiban ifodalovchi, taqqoslash va solishtirish yoii bilan tavsiflanuvchi ko`rsatkichlar tizimi.
Balans foydasi - korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning barcha turlaridan olinuvchi umumiy foyda miqdori.
Bankrotlik - kasodga uchrash, korxonaning o`z majburiyatlari bo`yicha to`lovlami mablag`lar yo`qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi tushuncha.
Bashorat qilish - kelajakda ro`y berishi mumkin bo'lgan turli hodisa va jarayonlami statistik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa turdagi tadqiqotlar yordamida ilmiy asoslangan holda awaldan aytib berish, prognozlash.
Boshqaruv funksiyasi - zamonaviy menejment funksiyalari: rejalashtirish, tashkil qilish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, motivlash, marketing va boshqalar.
Boshqaruv tuzilmasi - bir biri bilan bogiiq holda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va uning funksiyalarini bajaruvchi turli boshqaruv organlari va bo'ginlarining majmui.
Boshqarish usuli - boshqaruv jarayonida kelib chiqadgan muammolarni hal qilish usullarini qoilash tartibi.
Boshqaruvning ilmiy maktabi (1885-1920 yy.) - bu maktab asoschilari (RTeylor, G.Emerson, L.Gilbret va G.Gant) qoi meh- natining samarali bajarilishigaerishish uchun ko‘pginajarayonlami takomillashtirish, mukammallashtirish mumkin, deb hisoblaganlar. Amerikalik muhandis F.Teylor “ilmiy boshqaruv” iborasini asoslab bergan va 3 asosiy jihati boMgan “teylor tizimini”ni tavsiya etgan: mehnatni oqilona tashkil etish; tashkilotni rasmiy tuzumini tashkil etish; boshqaruvchi va ishchini hamkorligi borasidagi chora- tadbirlarni belgilash.
Boshqaruvning insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950.) - mualliflari (M.P.Follett, Elton Meyo, A.Maslou) boshqaruvda insoniy munosabatlarga asosiy e’tibomi qaratishni tavsiya etishib, asosan quyidagilarni nazarda tutdganlar: boshliqlarning samarali harakati, ishchilar bilan kengashlar otkazish va ularga mehnat jarayonida muloqot qilishlari uchun kengroq imkoniyatlar berish. Ular fikricha, ish va ishlab chiqarish jarayoni ishchi uchun unchalik ahamiyatga ega emas, balki uning (ishchining) ishlab chiqarishdagi, obro‘-e’tibori va ijtimoiy o`rni asosiy o‘rinda turmog‘i kerak.
Boshqaruvning mumtoz yoki ma’muriy maktabi (1920- 1950 yy.) - maqsadi boshqaruvning universal tamoyillarini yaratish hisoblangan menejment maktabi. Uning asoschisi yirik ko‘mir kompaniyasi rahbari fransuz Anri Fayol botib, ana shu 14 tamoyillarga amal qilinsa, tashkilot albatta muvaffaqiyatga erishadi, degan g`oyani ilgari surgan va boshqamvning pastki pog‘onasida samaradorlikni oshirishga katta e’tibor qaratgan.
Boshqaruvning zamonaviy menejment maktabi (XX asr- ning 60-80 yy.) - Garb boshqaruv taraqqiyotining zamonaviy bosqichi deb qaraladi va u boshqaruvga 4 yondashuvni ajratib kuosatai: tizimli, vaziyatli, jarayonli (vazifaviy) va sonli. Maktab namoyondalari - V.Leont`yev, D.Komegi va b.
D
Diversifikatsiya - korxona faoliyatining yangi tarmoqlar va mahsulot (ish, xizmat) turi hisobiga kengayishi.
Dividend - aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi, har yili soliqlami to‘lash, ishlab chiqarishni kengaytirish, zahiralarni toidirish, obligatsiyalar bo'yicha foizlar toiash va direktorlami mukofotlashdan so`ng aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanadigan qismi.
Doimiy xarajatlar- ishlab chiqarish hajmiga bogiiq boimagan xarajatlar (amortizatsiya, ijara toiovi va h.).
E
Ehtiyoj - biror narsaga kamchilik sezishning jismoniy yoki ruhiy ichki ahvoli. Bazisli ehtiyojlar jismoniy (fiziologik) ehtiyojlar bilan bogiiq boiib, oziq-ovqatga, ichimlikka, issiqlikka boigan ehtiyojlar kiradi. Ruhiy ehtiyojlarga jamiyat yoki guruh odamlari uchun tegishli boigan ma`naviy-ma`rifiy ehtiyojlar kiradi.
F
Fan-texnika taraqqiyoti - fan, texnika, texnologiyalar rivoj- lanishi, mehnat predmetlari, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning uzluksiz, innovatsion rivojlanish jarayoni.
Firma - huquqiy shaxs maqomiga ega bo'lib, tovar ishlab chiqarish va sotishni bir umumiy boshqaruv (va umumiy firma nomi) ostida birlashtiruvchi, korxona yoki turli mulkchilik shaklidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar majmuasi.
Fond tushumi-asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so'miga to‘g`ri keluvchi mahsulot (xizmat, ish) miqdori.
Fond sig‘imi -fond tushimiga teskari bo`lgan nisbat bo4lib, asosiy ishlab chiqarish fondlari o'rtacha qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida hisoblanadi.
Fondlar bilan ta’minlanganlik - asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganlik ko'rsatkichi (asosiy ishlab chiqarish fondlarining korxonaning har bir xodimiga to`g‘ri keluvchi miq- dori).
Foyda - korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijasi; pul tushumi va xarajatlar o'rtasidagi farq.
Franchayzing-vositachilik orqali o`zaro foydali shartnomaviy hamkorlik munosabatlarga asoslangan yirik va kichik tadbirkor- likning aralash shakli.
Funksional tuzilma - rahbarlar va bo`g`inlarni har xil vazifalarda, aniq bo`linmalardagi boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan boshqaruv tuzilmasi.
G
Guruh - ikki va undan ortiq kishilarning maqsadli ijtimoiy birligi. Masalan, talabalaming akademik gumhi, rok-guruh va h. k. Juda ko`p ijtimoiy o`zaro aloqalar imkoniyatlari tufayli gmhlar o`zagi shakllanadi. Albatta, tashkilot va uning bo`linmalari ham guruh hisoblanadi. Guruh a’zolari o`z hatti-harakatlari me’yori bilan bog`langan masalalardagi miqdor va kutilishlarni o`rnatish asosida shakllanadi.
I
Ijara - mulkni ma’lum bir haq to`lash evaziga, vaqtinchalik foydalanishga berish to`g`risidagi shartnoma asosida yollash.
Ijtimoiy-ruhiy usul - asosiy maqsadi jamoalarda sog`lom ijti- moiy-ruhiy muhitni yaratishga qaratilgan boshqamv usuli.
Ilmiy-texnik salohiyat- mamlakatdagi fan-texnika va muhan- dislik ishlarining rivojianish darajasi, jamiyatning fan-texnika muammolarini hal qilish uchun mavjud resurs va imkoniyatlarining umumiy holati.
Injiniring - tijorat asosida (shartnoma shaklida) turli xil muhandislik maslahat xizmatlari ko`rsatilishi.
Infratuzilma - sanoat (yoki birombir boshqa) ishlab chiqarishi hamda aholiga xizmat ko'rsatuvchi xo'jalik tarmoqlari majmuasi. U transport, aloqa, savdo, moddiy-texnik ta’minot, fan, ta’lim, sogiiqni saqlash tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.
Innovatsiya - inglizcha “innvation” o`zbek tilida yangiliklarni qoilash” manosini anglatadi va jamiyat rivojlanishi bilan o'zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini qondirishga oid yangiliklar, ulami yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonini majmuasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishda yangi mahsulot, yangi usul, yangi texnologiya, yangi bozomi joriy etishni nazarda tutadi.
Innovatsion menejment - yangi mahsulot, yangi usul, yangi bozor, yangi texnika, "texnologiyani ishlab chiqarishga keng joriy etishni boshqarish.
Investitsiya - daromad olish maqsadida sarmoyani ishlab chiqarishga uzoq muddatga kuyish.
Investor - biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli sarmoya kiritishni amalaga oshimvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat.
Investitsion siyosat - kapital qo'yilmalaming eng ustivor yo'nalishlarini tanlash, sarflangan har bir so'mga mahsulot (ish, xizmat) o`sishi va milliy daromadning eng yuqori ko'rsatkichlariga erishish siyosati.
Investitsiyalash - mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona yaratish va mavjud korxonalami zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalami o`zlashtirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq muddatli mablag`lar kiritilishi.
Iqtisodiy kibernetika - iqtisodiyotda boshqaruv jarayonlami o`rganish usullarining majmuasi, jumladan iqtisodiy-matematik usullar majmuasi.
Ishbilarmon – o`z g`oyasini, mablag'ini, nufuzini hayotga tadbiq etish uchun tavakkal qiluvchi va daromad olish uchun faoliyat yurituvchi mulkdor.
Ishlab chiqarish menejmenti - ishlab chiqarishning operatsion tizimlarini yaratish, ulami rejalashtirish va ishlatish jarayonlarini boshqarish.
Ishlab chiqarish quwati - asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlar, shuningdek, moliyaviy resurslardan iloji boricha to`liq va oqilona foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin boigan mahsulotning maksimal (eng yuqori) hajmi.
Ishlab chiqarish samaradorligi -foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va me’yorlashtiriluvchi aylanma mablagiarning o`rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi koisatkichi.
Ishlab chiqarish tuzilmasi- korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan ishlab chiqarish boMinmalari - sexlar, uchastkalar, xizmat ko'rsatish xo'jaligi aloqalarining yig'indisi.
Ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi - bir tomonlama, ko'pincha bitta mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng nomenklaturada tayyorlanuvchi mahsulotlarga asoslangan ishlab chiqarishga o`tkazish.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi - yirik korxonalarda texnologiya va tuzilmasi bir xil bo‘lgan mahsulotlami ommaviy ravishda ishlab chiqarish tarzi.
Ishlab chiqarishni kimyoiashtirish - mahsulot ishlab chiqarishda kimyoviy mahsulot va sun’iy materiallar, shuningdek, kimyoviy usullardan keng foydalanish.
Ishlab chiqarishni yiriklashtirish - mahsulotni yirik korxonalarda chiqarishni tashkil etish tarzi.
Iqtisodiy usul - boshqaruvda iqtisodiy manfaatlardan (masalan, foyda, soliq, foiz kabilardan) foydalanish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |