J
Jismoniy eskirish - mehnat vositalarining foydalanish va tabiiy ta’sir ostida moddiy jihatdan yemirilishi.
K
Kartel - bir soha firmalarining bir-birlari bilan birgalikdagi tijorat faoliyati haqida kelishuvi orqali uyushishi.
Kapital qurilish - asosiy fondlami yangi korxona qurish, mavjud korxonalami qayta tiklash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish yo‘li bilan yaratish va mukammallashtirish jarayoni.
Kapitalquyilmalar-asosiy fondlami qayta tiklash va o`stirishga sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlari.
Kapital sig‘imi - asosiy kapitalning mos keluvchi davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning biron-bir qismini milliy daromad, sof daromad, foydaga nisbatan tavsiflovchi ko‘rsatkich.
Kibernetika - murakkab dinamik tizimlami maqsadli va optimal (maqbul) boshqaruv to4g4risidagi fan yoki soha.
Kombinatsiyalash - bitta korxona - kombinat doirasida sanoatning bitta yoki bir nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlami texnologik jihatdan birlashtirishda ifodalanuvchi ishlab chiqarishni umumlashtirish shakllaridan biri.
Kompaniya - tadbirkorlaming huquqiy shaxs maqomiga ega bo`lgan, pay kapitali asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi.
Konsentrik diversifikatsiya - korxonani o‘z joriy faoliyati bilan bog‘liq biznesga kirishishi. Bu orqali faoliyat sotib olish yoki o4xshash tovarlar chiqaruvchi firmalar ustidan nazorat o'matish evaziga kengaytiriladi.
Konglomerat diversifikatsiyasi - korxonaning o`z asosiy faoliyatiga bog'liq boimagan biznesga kirishishi.
Konsensus - qarorlami ishlab chiqish jarayonida barcha masalalar va turli tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish.
Konsern - turli tarmoqlardagi mustaqil korxonalarning ishtirok etish tizimi, qo4shma tadqiqotlar, patent-litsenziya kelishuvlari, moliyalashtirish, ishlab chiqarish hamkorligi vositasida birlashuvi.
Kooperatsiya qilish - yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash bo'yicha uzoq muddatli to`g`ridan-to`g`ri xo'jalik aloqalarini o4matish.
Konversiya - korxonaning umuman boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishi.
Korxonaning optimal (maqbul) hajmi - korxonaning mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko'rsatish) bo'yicha imzolangan shartnoma va majburiyatlarni o'z muddatida, eng kam xarajatlar bilan eng yuqori samaradorlikka erishgan holda bajarish imkonini beruvchi hajmi (miqyosi).
Korxonaning tijorat siri - korxonaning ishlab chiqarish, texnologiya, boshqaruv va boshqa turdagi faoliyati bilan bog‘liq, oshkor qilinishi korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boigan, davlat sirlariga aloqasi boimagan maiumotlari.
L
Do'stlaringiz bilan baham: |