Xulosa va takliflar.
Xulosa o'rnida shuni takidlash joizki, XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning o‘tgan 20 yilida jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning global ravishda rivojlanib borishidir. Jahon xo‘jaligi tizimida alohida davlatlar guruhlari, xalqaro iqtisodiy guruhlar, alohida kompaniyalar va tashkilotlar orasidagi iqtisodiy munosabatlar borgan sari kengayib, chuqurlashib bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va baynalmilallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tuzilmalar va davlatlar guruhlarining rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo‘ldi.
Global iqtisodiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi:
1. Xalqaro mehnat taqsimoti.
2. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.
3. Xalqaro kapital va investitsiyalar harakati.
4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi.
5. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari.
6. Global iqtisodiy integratsiya.
Jahon xo‘jaligi XX va XXI asrlar chegarasida to‘liq tizimga aylandi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi rivojlanish jarayonida quyidagi bosqichlardan o‘tdi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qarorlar qabul qilishda ustun ta’sir ko‘rsatish salohiyatiga ega bo‘lgan alohida shaxslar xulq-atvoriga (nano daraja), alohida korxonalar (mikro daraja), davlatlar ichidagi mintaqalarning tovar, moliyaviy, valyuta va mehnat bozorlari (mezo daraja), milliy iqtisodiyot (makro daraja) va xalqaro, shu jumladan mintaqaviy mamlakatlararo daraja (mega darajasi)da ta’sir qiluvchi iqtisodiy munosabatlarga ta’sir qiluvchi ko‘p darajali hodisadir.
“Globallashuv” tushunchasi 1996 yildan boshlab Davos forumining asoschisi va prezidenti Klaus Shvab rahbarligidagi jahon iqtisodiy forumining 25-sessiyasida “Sayyoradagi asosiy jarayonlarning globallashuvi” mavzusida bo‘lib o‘tgan muhokamadan so‘ng alohida atama sifatida kiritildi. “Globallashuv” atamasi 1983 yilda T.Levit tomonidan birinchi marta “Harvard Business Review” jurnalidagi maqolasida qo‘llanilgan. 1981-yilda amerikalik sotsiolog J.Maklean tomonidan “globallashuv” atamasi konseptual atamalardan biri sifatida ishlatilgan. 1985 yilda R.Robertson globallashuv atamasini o‘z maqolalaridan birining nomi sifatida qo‘lladi va uni batafsil talqin qiladi. R.Robertsonning ta’rifiga ko‘ra, globallashuv alohida mamlakatlarda ijtimoiy haqiqatga xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan turli omillar (masalan, yaqin iqtisodiy va siyosiy aloqalar, madaniy va axborot almashinuvi) ta’sirini oshirish jarayonidir.
“Globallashuv (lotincha “globus” – shar) – nazariya va siyosatdagi dunyoning ajralmas iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va siyosiy yagona tizim sifatida shakllanishi, tashkil topishi, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishiga yondashuv tamoyilidir”.
Glоbаllаshuv quyidаgi jihаtlаrgа egа ekanligini bilishimiz mumkin.
mоliyaviy mаrkаzlаshuvning kuchаyishi. Uning yordаmidа krеdit mаblаg’lаri shаkllаntirilаdi, krеditlаr bеrilаdi vа fоydаlаnilаdi, shuningdеk kаpitаlning ishlаb chiqаrish ustidаn hukmrоnligi o’rnаtilаdi;
ахbоrоtlаr аhаmiyatining оshishi;
glоbаl оligоpоliyaning to’хtоvsiz kеngаyishi;
trаnsmilliy kоrpоrаtsiyalаr sоnining оrtishi;
trаnsmilliy iqtisоdiy diplоmаtiyaning shаkllаnishi vа milliy dаvlаt hоkimiyatining glоbаllаshuvi.
Umumаn оlgаndа, jаhоn iqtisоdiyotining glоbаllаshuvi jаhоn iqtisоdiyotining o’zаrо bоg’liq turli sоhа vа jаrаyonlаrining kuchаyib bоrishi, jаhоn хo’jаligidа tоvаrlаr, хizmаtlаr, kаpitаl, ishchi kuchi vа bilimlаr bоzоrini аstа-sеkinlik bilаn yagоnа bоzоrgа аylаnishini bildirаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |