Globallashuv oqibatlari


Globallashuv borasidagi ilmiy qarashlarning vujudga kelishi, rivojlanishi va ilmiy konsepsiyalarning asosiy yo'nalishlari



Download 1,47 Mb.
bet6/11
Sana25.05.2023
Hajmi1,47 Mb.
#944052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GLOBALLASHUV OQIBATLARI

3.Globallashuv borasidagi ilmiy qarashlarning vujudga kelishi, rivojlanishi va ilmiy konsepsiyalarning asosiy yo'nalishlari.
XX asr oxirlariga kelib jahon xo‘jaligining rivojlanishi va faoliyati globallashuv jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsata boshladi. Bundan tashqari globallashuv insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar faoliyat sohalarida namoyon bo‘la boshladi. Jamiyat hayotining u yoki bu sohasida sodir bo‘layotgan jarayonlar globallashib, boshqa sohalardagi jarayon va hodisalarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda globallashuvning huquqiy makonning globallashuvi, siyosiy munosabatlarning globallashuvi, iqtisodiyotning globallashuvi, axborot-kommunikatsiya makonining globallashuvi, etnik globallashuv va boshqa turlari farqlanadi.Jahon iqtisodiyotining globallashuvi so‘nggi davrlarda turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Ular turli mamlakatlarning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida o‘z aksini topgan.
Globallashuv hodisasi mohiyatini tushuntiruvchi sabablarning tizimli tahlili uning taraqqiyotini belgilovchi quyidagi omillar guruhini ajratishni taqozo etadi.

3-rasm. Globallashuv jarayoni rivojlanishini belgilovchi omillarning asosiy guruhlari
1. Iqtisodiy omillar – kapitalning ulkan konsentratsiyasi va markazlashuvi, xalqaro korporatsiyalar qudratining o‘sishi, ishlab chiqarish va hamkorlik xalqaro ixtisoslashuvini intensivlashtirish, xalqaro marketing, elektron tijorat, xalqaro logistika.
2. Siyosiy omillar – davlat chegaralari asta-sekin shaffoflashib, odamlar, tovarlar, xizmatlar va kapitalning harakat erkinligiga ko‘proq imkoniyat yaratib beradi.
3. Xalqaro omillar – uning dinamikasini globallashuv jarayonini rag‘batlantiruvchi yirik xalqaro voqealar sanalari bilan bog‘laydi.
4. Texnik-texnologik omillar – axborot, texnologiyalar, tovarlar va moliyaviy resurslarni tezkor tarqatishga imkoniyatlar yaratadigan zamonaviy transport vositalari, axborot tizimlari va texnologiyalari, aloqa va telekommunikatsiyalar, moslashuvchan avtomatlashtirilgan, vositalar majmuidan iborat bo‘lib, ularni ishlab chiqarishni rivojlantirish natijasida xarajatlar hajmi kamayadi.
5. Ijtimoiy omillar – an’analar, ijtimoiy aloqalar va urf-odatlar ahamiyatining zaiflashuvi odamlarning geografik, ma’naviy va hissiy jihatdan harakatchanligini oshirishga yordam beradi.
6. Tovar va kapital bozorlarini erkinlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish, bojxona, savdo va soliq qonunlarini yumshatish va birlashtirish milliy iqtisodiyot va ularning tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro iqtisodiy bog‘liqligini ham oshirdi.
Quyidagi omillar globallashuvni harakatga keltiruvchi moliyaviy tizimlarning o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va bu ta’sir butun global tizimlarning u yoki bu darajada o‘zgarishiga olib keladi:
- iqtisodiy munosabatlarni transmilliylashtirish va milliy moliya bozorlarida integratsiyalash jarayonini jadal rivojlantirish;
- global moliyaviy bozorlarni tartibga solishning nisbiy yengillashuvi (ularning hajmlari va aylanmalarning ortishi bilan raqobatning ortishi);
- rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga kirib borishi bilan global moliya tizimining kengayishi;
- kapital hajmining doimiy o‘sishi va o‘ta harakatchanligi keskin vaziyatni yuzaga keltiradi; makroiqtisodiy va global (davlatlararo iqtisodiy integratsiya, shu jumladan, moliyaviy va pulning tarkibiy qismlari) darajada moliyaviy resurslarning yuqori konsentratsiyasi;
- kapital konsentratsiyasiga moyillik, global tijorat va moliyaviy tuzilmalar mustaqilligining ortib borishi;
- moliyaviy operatsiyalarning intensivligi, harakatchanligi va moliyaviy bozorlar o‘zaro bog‘liqligining ortib borishi;
- moliyaviy vositalarning xilma-xilligi va ularning yuqori darajadagi harakatchanligi.
Globallashuv” tushunchasi 1996-yildan boshlab Davos forumining asoschisi va prezidenti Klaus Shvab rahbarligidagi jahon iqtisodiy forumining 25-sessiyasida “Sayyoradagi asosiy jarayonlarning globallashuvi” mavzusida bo‘lib o‘tgan muhokamadan so‘ng maxsus atama sifatida kiritildi. 1981-yilda amerikalik sotsiolog J.Maklean tomonidan “globallashuv” atamasi konseptual atamalardan biri sifatida ishlatilgan. Uni iqtisodiyot fani atamasi sifatida birinchi marta 1983-yilda T.Levit “Harvard Business Review” jurnalidagi ko‘p millatli korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar uchun bozorlarni birlashtirish jarayonini tasvirlab bergan maqolasida qo‘llagan.

1985-yilda R.Robertson globallashuv atamasini maqolalaridan biriga sarlavha sifatida qo‘yadi va uni batafsil talqin qiladi. R.Robertsonning ta’rifiga ko‘ra, globallashuv alohida mamlakatlarda ijtimoiy haqiqatga xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan turli omillar (masalan, yaqin iqtisodiy va siyosiy aloqalar, madaniy va axborot almashinuvi) ta’sirini oshirish jarayonidir. Bugungi kungacha bu atama ma’nomundarijasi ko‘p manbalarda R.Robertsonning ta’rifi asosida tushuntiriladi. Chunki, globallashuv o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy, siyosiy, axborot va ijtimoiy sohalarni qamrab oladi. Mavjud adabiyotlarda “globallashuv” tushunchasining mohiyatini quyidagicha talqin etish mumkin: “Globallashuv (lotincha “globus” – shar) – nazariya va siyosatdagi dunyoning ajralmas iqtisodiy, ijtimoiymadaniy va siyosiy yagona tizim sifatida shakllanishi, tashkil topishi, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi asosidagi yondashuv tamoyilidir”.


Shu bilan birga, globallashuv hodisasining yagona va to‘laqonli ta’rifi hali ham mavjud emas. Hozirgi kunda globallashuv atamasining talqinida 3 xil yondashuv mavjud:
1. Fan nuqtai nazaridan olingan tor doiradagi yondashuv. Bir qator tadqiqotchilar globallashuvni 90-yillarning boshidan to hozirgi kunga qadar yangi komponentlar va texnologiyalar asosida moliyaviy va axborot makonini shakllantirishning obyektiv va sifat jihatidan yangi jarayoni deb tushunadilar.
2. Mafkuraviy yondashuv. Ayrim mualliflarning fikricha, globallashuv atamasining joriy etilishi G‘arb davlatlari tomonidan neoliberalizmga qarshi jarayonga targ‘ibot etuvchi javob bo‘ldi. Globallashuv TMK va davlat, shuningdek, xalqaro tuzilmalar (Jahon banki, JST) qudratining yangi mafkuraviy asoslanishi sifatida ko‘riladi. Shu bilan birga globallashuvni dunyoning amerikalashuvi sifatida baholovchi qarashlar ham bor.
3. Tarixiy yondashuv. Ushbu yondashuv vakillari globallashuvni modernizatsiyalash jarayonining o‘ziga xos rivojlanishi, dunyo integratsiyasining zamonaviy bosqichi va insoniyat ajralmas sivilizatsiyasining shakllanadi deb biladilar. Globallashuv ma’lum bosqichlarda rivojlanayotgan, o‘zaro bog‘langan yagona iqtisodiy, siyosiy va madaniy makon sifatida butunjahon birlashuvi jarayoni hisoblanadi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish