Globallashuv oqibatlari


-rasm. Globallashuvning sohalar va yuzaga kelish jihatlari bo‘yicha shakllari



Download 1,47 Mb.
bet7/11
Sana25.05.2023
Hajmi1,47 Mb.
#944052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GLOBALLASHUV OQIBATLARI

5-rasm. Globallashuvning sohalar va yuzaga kelish jihatlari bo‘yicha shakllari.

Yuqorida keltirilgan yondashuvlardan kelib chiqib, globallashuvning mohiyatini quyidagi ko‘rinishda ifodalash maqsadga muvofiq. Globallashuv (lotin tilidan “globus” – shar, fransuz tilidan “global” – umumiy) – xalqaro hamjamiyatning barcha sohalarida chuqurlashib borayotgan o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqlikka asoslangan tubdan yangi global tizimni shakllantirish, tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlantirishning obyektiv jarayonidir.


Globallashuvni ilmiy tushunish u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hodisalar guruhining umumiyligi va farqlarini anglashga asoslangan bo‘lishi kerak, boshqacha aytganda, globallashuvning alohida shakllari mohiyatini to‘g‘ri anglash lozim. Globallashuvning sohalar va yuzaga kelish jihatlari bo‘yicha quyidagi asosiy shakllarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Globallashuvning sohalar va yuzaga kelish jihatlari bo‘yicha shakllari.
Baynalmilallashuv xalqaro hayotdagi barcha ishtirokchilarni to‘la jalb qilmasa-da, subyekt va makonni egallash jihatidan universal hisoblanadi. Baynalmilallashuv mahalliy darajada yoki faoliyatning alohida yo‘nalishlari, turlari va sohalariga tatbiq etishda yanada samarali rivojlangan. Baynalmilallashuv tarixan juda erta yuzaga kelishi lozim bo‘lgan hodisa bo‘lib, dastlabki ijtimoiyhududiy obyekt (shaharlar, davlat qismlari va boshqalar)larning yuzaga kelishi bilan namoyon bo‘lgan. Baynalmilallashuvning funksional jihatlari tarkibiy ta’sirlarga nisbatan ustundir. Uning asosiy vazifasi – real dunyoda barqaror xalqaro munosabatlarni ta’minlashdan iborat.
Mintaqalashuv ko‘pincha XX asr oxiridagi jahon iqtisodiyoti va siyosatining o‘ziga xos xususiyati sifatida ko‘riladi. Biroq mintaqalashuv hodisasisiz nafaqat antik va o‘rta asrlar, balki bugungi davrda ham o‘rta va yirik davlatlar rivojlanishi mumkin emas.Mintaqalashuv subyektlari faqat o‘z davri uchun xalqaro munosabatlarning yetakchi subyektlari hisoblanadi. Bunday subyektlardan olingan huquq va vakolatlar asosida harakat qiluvchi o‘z agentlari bo‘lishi mumkin.Bugungi kunda globallashuv bilan bog‘liq jarayonlarni tushuntirishda sanoatlashuv davridan keyingi davr, axborot inqilobi asri, texnoglobalizm va boshqa tushunchalar ko‘p qo‘llaniladi. Ularning barchasi globallashuv keltiradigan eng muhim o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi.
Globallashuv jarayonining rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar va boshqalar (virtual davlatlar – Erkin Birma koalitsiyasi) muhim ahamiyat kasb etadi. Kastels globallashuvni iqtisod, madaniyat, ijtimoiy tashkilotlar va milliy davlatlar o‘rtasidagi tobora kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liq munosabatlar deb hisoblaydi. Globallashuv axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalarining o‘sib borayotgan o‘zaro bog‘liqligi yangi madaniyat ko‘rinishlarini shakllantirmoqda.
Zamonaviy sharoitda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning barcha shakllarining rivojlanishini belgilovchi va bir vaqtning o‘zida sintez qiluvchi asosiy yo‘nalishlardan biri iqtisodiy globallashuv jarayonidir. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ekspertlari globallashuvni “...tovarlar, xizmatlar va global kapital oqimlaridagi xalqaro bitimlarning ko‘payishi va xilma-xilligi natijasida dunyodagi mamlakatlarning o‘sib borayotgan iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, texnologiyaning tobora tez va keng tarqalishi” sifatida talqin qilishadi.Albatta, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqa subyektlari (iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lmagan mamlakatlar va ularning uyushmalari, korporativ biznes va boshqalar) iqtisodiy globallashuv jarayonida ham o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘ladi. Shuning uchun ham iqtisodiy globallashuv jarayoni muqarrar ravishda keskin ziddiyatlar bilan kechadi. Bu jarayonlar iqtisodiy globallashuv nazariyasi alohida o‘rin tutgan jahon iqtisodiyoti nazariyalarining rivojlanishida o‘z aksini topishi zarur.
Iqtisodiy globallashuv muammolari bo‘yicha shakllangan nazariy qarashlarni baholash so‘nggi yillarda olimlar turlicha yondashuvlarga asoslanadilar. Shartli ravishda ularning uchta asosiy yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Giperglobalistik yo‘nalish (giperglobalizm)
2. Shubha yo‘nalishi (skeptitsizm).
3. Transformatsion yo‘nalish.
Ulardan birinchisi bo‘lgan giperglobalizm yo‘nalishi milliy chegaralarni yo‘q qilishning mutloq jarayoni va mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy farqlarning yo‘qolishi bilan bog‘liq. XX asrning 70-yillaridan boshlab shakllanib kelayotgan yagona jahon bozori doirasida kapital, tovarlar va axborotlarning erkin harakati bu yerda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ushbu yo‘nalish vakillarining fikricha bu yangi sharoitda, “milliy egoizm” tushunchasi ma’nosiz bo‘lib qoladi. Giperglobalizmning eng taniqli namoyandalari qatoriga K.Omai, F.Fukuyama va R.Rayxlarni kiritish mumkin.
“Globallashuv” atamasining dastlabki mualliflaridan va targ‘ibotchilaridan biri K.Omai bo‘lib, u o‘zining bir nechta asarlarini shu masalaga bag‘ishlagan. U o‘z asarlarida “an’anaviy milliy davlatlar biznes nuqtai nazaridan, global iqtisodiyotdagi birliklar” yoki “dunyoning sobiq xaritasi illyuziyadan boshqa narsaga yaramay qoldi” degan fikrlarni ilgari surdi. K.Omai tomonidan zamonaviy davlatlar rivojlanayotgan global tizimda mahalliy hokimiyat birliklariga aylanib borayotganligi, unda moliyaviy bozorlar va transmilliy korporatsiyalar hal qiluvchi rol o‘ynay boshlaganligi ta’kidlanadi.
K.Omai davlatlarni global iqtisodiyotning “g‘ayritabiiy” birliklariga aylangan “o‘tmishning ixtiyoriy debitorlari” deb baholaydi. K.Omai fikriga ko‘ra, “mintaqaviy davlatlar”, “tabiiy iqtisodiy zonalar”, “tabiiylik” va uning ko‘lami global iqtisodiyotning ehtiyojlariga ko‘ra shakllantiriladi.
Mashhur futurist F.Fukuyama asarlarida ham giperglobalizmning ba’zi qoidalari ishlab chiqilgan. F.Fukuyama o‘zining “Tarixning oxiri va so‘nggi odami” (1992 yil) nomli monografiyasida giperglobalizm nuqtai nazaridan dunyoda yuz berayotgan globallashuv jarayonlarini o‘rganadi. Uning fikricha, hozirgi kunga kelib barcha rivojlangan davlatlar mohiyatan liberal-demokratik siyosiy institutlarni yaratdilar, boshqa mamlakatlar esa bozor iqtisodiyoti yo‘nalishida isloh qilinib, global iqtisodiy tizimga yanada jadal integratsiyalashmoqda. Zamonaviy texnologiya alohida mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga ta’sir etib, ularni yagona global iqtisodiy tizimiga bog‘lashga xizmat qiladi.F.Fukuyama o‘z tadqiqotlarida jahon iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan integratsiya jarayonlarining madaniy jihatiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, rivojlanayotgan integratsion hamjamiyat a’zolari o‘z faoliyatlarini mavjud institutlar, normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshirishlari o‘zaro ishonchni anglatadi. Bu nuqtai nazardan ularning xatti-harakatlari oldindan taxmin qilinadi. Shunday qilib, globallashuv jarayonlarini faol joylashtirish deyarli butun dunyoda liberal demokratik qadriyatlarning faol tarqalishiga asosan amalga oshiriladi.
1987-yilda Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiyaning “Umumiy kelajagimiz” nomli hisobotida chop etilgan asosiy postulatlari jahon taraqqiyoti Barqaror rivojlanish konsepsiyasi nomli tamoyiliga aylandi. Konsepsiya iqtisodiyot va atrof-muhit o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etish, ilmiy-texnik portlashlarning salbiy oqibatlarini oldini olish uchun mo‘ljallangan. Barqaror rivojlanish konsepsiyasining paydo bo‘lishining asosiy sabablari iste’mol falsafasining hukmronligi, resurslarni yo‘q qilish texnologiyalarining ustunligi va global iqtisodiy muammolar edi.
Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiya jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish maqsadida quyidagi asosiy vazifalarni belgiladi:
1. O‘sish jarayonlarini jonlantirish. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi jon boshiga iqtisodiy o‘sishni yiliga 5-6% ga, rivojlangan mamlakatlarda esa 3-4% ga oshirish.
2. O‘sish sifatining o‘zgarishi, ya’ni foydaning yanada adolatli taqsimlanishiga o‘tish hamda kam resurs talab qiladigan sifatli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish. Iqtisodiy o‘sish ekotizimlarning ko‘payish qobiliyatiga putur yetkazmasligi kerak. Konsepsiya mualliflarining fikricha, iqtisodiyotning miqdoriy o‘sishini uning rivojlanish sifati bilan almashtirish zarur.
3. Yer yuzidagi barcha aholining asosiy ehtiyojlarini qondirish. Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiya bandlik, oziqovqat, energetika, uy-joy, suv, sanitariya, ta’lim va sog‘liqni saqlashni asosiy ehtiyojlar sifatida belgilab berdi. Insoniyatning asosiy vazifalaridan biri – bu ehtiyojlarni har kim qondira olishi uchun iqtisodiy tizim yaratishdir.
4. Aholi sonining barqaror, ya’ni ekotizimlarning mahsuldor sig‘imiga mos keladigan darajasini ta’minlash.
5. Resurs bazasini saqlash va mustahkamlash.
6. Texnologiyaning qayta yo‘naltirish va inqirozlar yuzaga kelishining oldini olish.
7. Qaror qabul qilishda ekologik-iqtisodiy jihatlarni birlashtirish. Barqaror rivojlanish bilan iqtisodiy o‘sish ekologik muammolarni keltirib chiqarmasligi kerak. Bu barqaror rivojlanish tushunchasining asosiy g‘oyasi hisoblanadi. Global ekologik va iqtisodiy tizimlar o‘rtasidagi munosabatlar zamonaviy dunyodagi eng muhim muammo sifatida ko‘rib chiqildi.



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish