Vatan ravnaqining fuqarolarning yoshlarning ma‟naviy va jismoniy kamolotiga bevosita
bog„liqligi.
Vatan ravnaqi g„oyasi. Milliy istiqlolimizning asosiy g‗oyalari xalqimiz tanlagan o‗ziga
xos mustaqil taraqqiyot yo‗lining bosh g‗oyasidan kelib chiqadi.
Vatan ravnaqi bevosita Vatanparvarlik tuyg‗usi bilan bog‗liqdir. Vatani yo‗lida jonini
fido qilgan vatanparvar qahramonlarimiz haqida ko‗p eshitganmiz. To‗maris, Muqanna,
Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, CHo‗lpon, Fitrat, ma‘rifatparvar jadidlar haqida ko‗plab
manbalarda o‗qiganmiz va ular bilan faxrlanamiz. SHuni ham ta‘kidlash lozimki,
mustaqilligimizni himoya qilayotgan, vatanimiz dovrug‗ini keng taratayotgan bugungi
qahramonlarimiz bilan ham har qancha faxrlansak arziydi. Surxandaryo viloyatining Uzun va
Sariosiyo tumanlarida ekstremistlarga qarshi kurashda Vatan osoyishtaligi uchun shaxid ketgan
kata leytinantlar Mahmudjon Jalilov, Alisher Salimov, leytinantlar /ofurjon Rajabov, va
boshqalar vatan yo‗lida jonlarini fido qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |