Bugungi murakkab vaziyat, ma‘naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar,
xususan, jahonning ayrim mintaqalarida tobora kuchayib, ildiz otib borayotgan ma‘naviy inqiroz
xavfi xalqimiz ma‘naviyatini asrash
barobarida uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va
ongini turli zararli g‗oya va mafkuralar ta‘siridan himoya qilish, ularni ma‘naviy kamolotini
rivojlantirish masalasiga alohida e‘tibor qaratishni talab qilmoqda. O‗z navbatida bu narsa ta‘lim
jarayonini ma‘naviy tarbiya bilan uyg‗un olib borish zaruratini keltirib chiqaradi. Zero,
Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, moddiy va ma‘naviy olam uyg‗unlashib, insonning qo‗sh
qanotiga aylansagina, jamiyatning to‗laqonli erkin rivojlanishi ta‘minlanadi.
YUksak ma‘naviyatli shaxsning kamol topishida diniy bag‗rikenglik (tolerantlik)
madaniyatining o‗rni va ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida umuminsoniy
manfaatlar va qadriyatlarning ahamiyati oshib borayotganligi yoshlarda diniy bag‗rikenglik
madaniyatini shakllantirishga nisbatan e‘tiborni yanada oshirishni taqazo etmoqda.
Diniy bag‗rikenglik – bu turli e‘tiqodlarga ega bo‗lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda
olijanob g‗oya va niyatlar yo‗lida hamkor, hamjihat bo‗lib yashashini ifodalaydi.
YUksak ma‘naviyatli shaxsga nisbatan qo‗yiladigan talablardan yana bir muhimi
mafkuraviy immunitet va g‗oyaviy kurashchanlik fazilatlaridir. Hozirgi globallashuv sharoitida
mentalitetimizga xos bo‗lmagan buzg‗unchi kuchlarning ma‘naviy-mafkuraviy tahdidiga qarshi
kurashchanlik, jaholatga ma‘rifat bilan javob berish, ular xatti-harakatlari keltirib chiqarishi
mumkin bo‗lgan oqibatlarni ochiq tushunish katta ahamiyat kasb etadi.
YUrt tinchligi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‗oyalaridan biri, mamlakat barqaror
taraqqiyotining asosiy sharti.
Tinchlik – insonning hayotiy ehtiyoji, emin-erkin yashashi va kamol topishining eng
zarur omilidir.
O‗zbek xalqi tinchlikni o‗z orzu- intilishlari, maqsad muddaolari ro‗yobga chiqishining
sharti deb biladi. SHuning uchun ham doimo YAratgandan tinchlik va omonlik tilaydi.
Insoniyat
tarixiga nazar tashlasak, bir-biriga qarama-qarshi bo‗lgan tinchlik va urush
g‗oyalari o‗zaro kurashib kelganini ko‗ramiz. Er yuzida yashovchi kishilardan ―Sen ona
Vataningni xonavayron qiladigan, avlodlarning hayotiga zomin bo‗ladigan, cheksiz g‗am-anduh
keltiradigan urushni xohlaysanmi?‖, deb so‗ralsa, har bir sog‗lom fikrli inson millati, dini, irqi,
iqtisodiy ahvoli,
siyosiy mavqei, jinsidan qat‘iy nazar «yo‗q», deb javob berishi aniq. Biroq
insoniyat tarixida keyingi besh ming yilda taxminan 15 mingdan ortiqroq katta-kichik urushlar
bo‗lgan ekan. Holbuki, bashariyat faqat tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‗lgan taqdirodagina
o‗z oliy maqsadlariga erishadi, moddiy va ma‘naviy yuksaklikka ko‗tariladi.
YUrt tinchligi eng aziz ne‘mat ekanligiga butun jahon amin bo‗lmoqda. 2001 yil 11
sentyabrda AQSH da ro‗y bergan terrorchilik harakati bu borada jahonda ko‗plab
muammolar
borligini yana bir bor ko‗rsatdi.
Mamlakatning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq, yurt tinchligini saqlash
davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishiga aylandi. O‗zbekiston dunyoda birinchi bo‗lib Markaziy
Osiyoni yadro qurolidan holi maydonga aylantirish, xalqaro terrorchilikka qarshi
kurash
markazini tuzish, va boshqa tinchliksevar takliflar bilan chiqdi. CHunki islohotlarning natijalari
aynan shu g‗oyani amalga oshirishga bevosita bog‗liq edi. SHuning uchun ham milliy istiqlol
mafkurasida yurt tinchligini ta‘minlaydigan shart-sharoitlarni yaratish masalasiga alohida e‘tibor
berilgan.
YUrt tinchligi – vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambar-chas bog‗liqdir. Birovga
qaram bo‗lgan xalq hech qachon erkin va farovon yashay olmaydi. SHuning uchun ham
mustaqillik
va tinchlikni asrashimiz, mustaqilligimizni tajovvuzkor kuchlardan himoya qilishga
doimo tayyor turishimiz lozim.
YUksak ma‘naviyat, madaniyat, millatning g‗oyaviy va mafkuraviy etukligi- yurt
tinchligini saqlashning muhim shartidir. Xalqimiz uchun azal-azaldan muqaddas bo‗lgan bu
g‗oya jamiyatdagi turlicha fikr va qarashga ega bo‗lgan barcha kuch va harakatlarni
birlashtirishga, shu orqali milliy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Prezidentimiz:
«Bizning keyingi yillarda eroishgan eng kata yutug‗imiz – bu
umumiy xonadonimizda qaror
topgan tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir. Odamlarimiz tafakkurida
bu qadriyatning beqiyos ahamiyatini anglab etish tuyg‗usi tobora yuksalib bormoqda», deb bejiz
ta‘kidlamagan.
YUrt tinchligi g‗oyasi quyidagilar bilan chambarchas bog‗liqdir:
1. Sarhadlar daxlsizligi
2. Zamonaviy qurolli
kuchlar
3. Fidoiylik
4. Vatanparvarlik
Mamlakatimizdagi ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‗rikenglik yurt
tinchligini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega bo‗lmoqda. Bu esa mamlakatimizdagi ichki
barqaror vaziyat xorijiy mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorlik
hayotning barcha sohalarini
erkinlashtirish davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirish siyosiy partiyalar manfaatidagi
umumiylikdan iborat bo‗lib, davlatning bosh islohotchilik vazifasini izchil bajarishi uchun
imkoniyat yaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: