Globallashuv asoslari


vositalari,  xususan,  televidenie  va  radiosiz  umuman  tasavvur  etib  bo„lmaydi.  Bugungi



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/82
Sana11.09.2021
Hajmi1,82 Mb.
#171358
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
Bog'liq
globallashuv asoslari

vositalari,  xususan,  televidenie  va  radiosiz  umuman  tasavvur  etib  bo„lmaydi.  Bugungi 
kunda  ular  bir  vaqtning  o„zida  ham  axborot  maydoni,  ham  ijtimoiy-siyosiy,  ma‟naviy-
ma‟rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq 
chiqaradigan  makon  vazifasini  bajarmoqda”. Bunday  imkoniyatlar  televideniening  aniq 


maqsadlarga qaratilgan g‗oyaviy targ‗ibotni amalga oshirishning muhim bo‗g‗iniga aylanishiga 
olib keldi. 
OAV  muayyan  axborotni  etkazish,  u  yoki  bu  masalaga  diqqatni  qaratish  orqali 
fuqarolarni  uning  atrofida  birlashishlariga  xizmat  qiladi,  turli  ijtimoiy  guruh  vakillariga  o‗z 
fikrlarini  ifoda  etish,  fikrdoshlarni  topish,  yagona  maqsad  va  e‘tiqod  yo‗lida  yakdillik  bilan 
harakat qilishga zamin yaratadi. 
Afsuski,  zamonaviy  voqelik  OAVning  bu  funksiyasi  faqat  ijobiy  mohiyatga 
emasligini  ko‗rsatmoqda.  OAV  g‗araz  maqsadlarga  xizmat  qilganda  bu  yaqqol  ko‗rinadi.  SHu 
nuqtai nazardan qaraganda, nemis olimlarining ―Muhim axborotga ega bo‗lish hokimiyatga ega 
bo‗lish;  muhim  axborotni  nomuhimidan  ajrata  bilish  yanada  ko‗proq  hokimiyatga  ega  bo‗lish; 
muhim  axborotni  o‗ziga  ma‘qul  bo‗lgan  ruhda  tarqata  olish  imkoniyatiga  ega  bo‗lish  yoki  u 
haqida  ko‗pchilikka  hech  narsa  ma‘lum  bo‗lmasligiga  erishish  ikki  karra  hokimiyatga  ega 
bo‗lishni anglatadi‖,-degan fikrlari diqqatga sazovordir. 
Ma‘lumotlarga ko‗ra, 30 minutdan keyin axborotning 60 foizi, kun oxiriga kelib 40 
foizi, hafta oxiriga kelib bor yo‗g‗i 10 foizi esda qoladi. SHundan kelib chiqib, ijtimoiy fikrga 
ta‘sir  o‗tkazishga  qaratilgan,  turli  g‗oyaviy  mazmun  bilan  sug‗orilgan  axborotlarni  vaqti-vaqti 
bilan takrorlab turishga ham alohida e‘tibor berilayotganini ta‘kidlash zarur. 
OAV  bu  so‗z,  obrazlar,  musiqa  va  shu  kabi  shakllarda  axborotlarning  tezlikda 
uzatilishi va ommaviy tarqatilishini ta‘minlashga xizmat qiladi. Bunday vositalarga ommaviylik, 
davriylik,  tinglovchi  yoki  o‗quvchilar  auditoriyasining  kengligi  kabi  xususiyatlar  xosdir.  SHu 
nuqtai  nazardan  qaraganda,  hozirgi  davrda  OAV  imkoniyati  va  qamrovining  keskin  darajada 
o‗sganini qayd etish lozim. 
OAVning qamrov darajasi,  boshqacha aytganda, mahalliy, umummilliy,  mintaqaviy 
yoki  xalqaro  (global)  miqyosda  faoliyat  ko‗rsatishi  ham  uning  ta‘sir  doirasini  ko‗rsatuvchi 
omillardan biri hisoblanadi. 
1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi bugungi kunda 24 
soat  davomida  axborot  uzatish  bilan  shug‗ullanadi.  Hozirda  CNN  tarkibida  yangilik  tarqatish 
bilan  shug‗ullanadigan  14  kabel  va  sputnik  kanallari,  2  ta  radiostansiya,  6  ta  internet  sayti  va 
xorijiy  mamlakatlardagi  37  ta  byuro  faoliyat  ko‗rsatmoqda.  CNN  yangiliklari  38  ta  kosmik 
yo‗ldosh signallari yordamida uzatiladi, uni 212 mamlakat va hududdagi  1,5 milliard odam bir 
vaqtning  o‗zida  ko‗rish  imkoniga  ega.  1991  yilning  yanvarida  aynan  CNN  yordamida  Fors 
ko‗rfazida olib borilgan harbiy harakatlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri teleefirga olib berildi. 2001  yilning 
11 sentyabridagi terrorchilik amaliyoti haqidagi telesyujetlar ham shu kompaniya harakati tufayli 
butun dunyoga voqea sodir etilgan joydan to‗g‗ridan-to‗g‗ri uzatib turildi. 
Bi-bi-si  eshittirishlar  korporatsiyasiga  (British  Broadcasting  Corporation,  BBC)  esa 
20 dan ortiq telekanal va 14 ta radiokanal, bir qator saytlar va 40 yaqin jurnallar tegishlidir. VVS 
40 dan ortiq tillarda eshittirishlar olib boradi. 
Reyter axborot agentligida dunyoning 91 mamlakatida 14 000 xodim, shu jumladan, 
2300  jurnalist,  fotomuxbir  va  videooperatorlar  ishlaydi.  Reyter  agentligi  dunyoning  turli 
mamlakatlarida  197  ta  byurosiga  ega.  Agentlik  xabarlari  bilan  har  kuni  1  milliard  odam 
tanishadi. 
Ushbu  misollar  ham  bugungi  kunda  OAV  qamrov  doirasining  naqadar  kengligini 
muayyan darajada tasavvur qilish imkonini beradi. 
Axborot  inqilobining  hosilasini  juda  katta  axborotni  qayta  ishlash,  xohlagan 
mamlakat  kutubxonasida  saqlanayotgan  kitoblardan  foydalanish  imkoniyatining  mavjudligida 
ham  ko‗rish  mumkin.  Radio,  televidenie,  internet  eng  so‗nggi  ilmiy  yangiliklarni  qisqa  vaqtda 


butun dunyoga ma‘lum qilish, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san‘at yutuqlaridan har bir odam 
foydalana olishiga zamin yaratmoqda. 
Global  miqyosdagi  ijtimoiy  va  madaniy-ma‘naviy  maydon  shakllanayotgani 
madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo aloqalarning mustahkamlanishiga yo‗l ochmoqda. 
YUqoridagi mulohazalar bugungi kunda turli shakl va mazmundagi axborotlar inson 
va  jamiyat  hayoti,  taraqqiyoti  va  kamolotining  zaruriy  shartiga,  OAV  esa  uni  tarqatishning 
muhim bo‗g‗iniga aylanganini ko‗rsatadi. Xususan, radio, televidenie, gazeta va jurnallarsiz har 
qanday  ma‘lumotli  kishi  ham  murakkab  ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy  jarayonlarda  to‗g‗ri  yo‗l 
topa olishi qiyin. OAV esa, kishilarga o‗zining individual tajribasi doirasidan chiqishga va keng 
qamrovli jarayonlar mohiyatini his qilishga yordam beradi. 
OAV  odamlar  ongi  va  hissiyotlariga,  tafakkur  tarziga,  xulq  atvorlariga  ta‘sir 
ko‗rsatishda  katta  imkoniyatlarga  ega.  OAVning  bugungi  kundagi  rivoji  g‗oyaviy  ta‘sir 
o‗tkazishning miqyosi va ko‗lamining keskin darajada o‗sishiga olib keldi. 
OAV orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‗ talab qilmaydigan g‗oyaviy ta‘sir 
va tazyiqning o‗ziga xosligi shundaki u o‗quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinga sezdirilmasdan 
amalga  oshiriladi  va  bevosita  qurbonlarni  keltirib  chiqarmaydi.  Axborot  dushmanni  yo‗q 
qilmagan,  katta  xarajatni  talab  qilmagan  holda  yuqori  samara  beradi.  Bunda  g‗oyaviy  ta‘sir 
yo‗naltirilgan  mamlakatlar  aholisining  xohish-istaklari,  mentaliteti,  mavjud  muammolari  jiddiy 
o‗rganilgan holda asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta‘sir ko‗rsatishga, shakllangan 
qadriyatlarni  o‗zgartirishga,  ularning  regulyatorlik  rolini  kamaytirishga  yoki  butunlay  yo‗qqa 
chiqarishga qaratiladi. Bunday ta‘sir o‗tkazishda davriy nashrlar tadrijiylik, radio va televidenie 
fragmentli uzatish usullaridan ustalik bilan foydalanishmoqda. 
Internet bugungi axborot makonining muhim bo‗g‗iniga aylandi. Hozirda internetdan 
nafaqat  kompyuter  tarmog‗i,  balki  kosmik  aloqa  yo‗ldoshlari,  radiosignal,  kabel  televideniesi, 
telefon,  uyali  aloqa  orqali  ham  foydalanish  mumkin.  Internet  kishilar  hayotining  ajralmas 
qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 1 milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan 
foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‗g‗riligini tasdiqlaydi. 
Ana  shunday  vaziyatda  I.A.Karimov  ta‘kidlaganlaridek,  shuni  unutmaslik 
kerakki, “bugungi  kunda  inson  ma‟naviyatiga  qarshi  yo„naltirilgan,  bir  qarashda  arzimas 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish