davlat va jamiyat qurish asoslarining mustahkamlanib borishi, diniy e`tiqod erkinligining keng
joriy etishishi natijasida, diniy hayotda o`ziga xos ixtiyoriylik muhiti vujudga kelmoqda‖
99[60]
.
Aytish mumkinki, bu diniy sohadagi globallashuv jarayonining asosiy xususiyatlaridan biridir.
E`tiqod va vijdon erkinligining keng tarqalishi, o`z navbatida, diniy hayot
shakllarining transformatsiyalashuviga olib kelmoqda. Demokratiya, erkin raqobat va inson
huquqlari tamoyillari diniy qoidalar tizimiga integratsiyalashmoqda. Turdi din vakillari esa,
aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda sekulyar madaniyat tizimiga munosabat
bildirmoqda. Boshqacha aytganda, globallashuv davri boshqa ijtimoiy institutlar hayotida
bo`lgani kabi dinlar hayotida ham muhim tarixiy bosqich hisoblanadi. CHunki turli ijobiy va
salbiy oqibatlarga ega globallashuv jarayoni e`tiqod va vijdon, iroda va so`z erkinligi tamoyillari
ustuvorlashib borayotgan demokratik sharoitlarda kechmoqda. Bu esa, o`z navbatida, asrlar
mobaynida o`zaro bir-biriga nisbatan antagonizm, nigilizm, radikalizm kayfiyatida yashab
kelgan turli diniy tizimlar oldiga sifat jihatdan yangi bo`lgan sharoit talablariga moslashish,
fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib olgan xalqlar hayotida o`zining o`rni va ahamiyatini
saqlab qolish va rivojlantirishning innovatsion yo`llari va mexanizmlarini ishlab chiqishdek
murakkab vazifalarni hal etishni zarur qilib qo`ymoqda.
Bu yo`nalishdagi birlamchi vazifalardan biri shubhasiz, dinlararo, konfessiyalararo
muloqot hisoblanadi. Zero, o`zaro hurmat, tenglik, ishonch va hamjihatlikka asoslangan sog`lom
muloqot har qanday din yoki konfessiyaning globallashuv sharoitida o`z o`rni va mavqeini
saqlab qolishning eng maqbul vositasidir.
Umuman olganda, ―globallashuv – bu avvalo hayot sur`atlarining beqiyos darajada
tezlashuvi...‖
100[61]
ekani haqidagi fikrdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, hozirda
dinlarning bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilishi obyektiv zaruriyatdir. Global ijtimoiy,
siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayot barqarorligi ko`p jihatdan ana shu hamkorlikning samarali
rivojlantirilishiga bog`liqdir.
Globallashuv atamasi garchi keyingi vaqtlarda ommaviy tarzda qo`llanilayotgan
bo`lsada, u chuqur nazariy asoslarga ega tushunchadir. Qaysidir ma`noda bu tushuncha
insoniyatni birlikka intilishining faollashuvini bildiradi, odamlardagi begonalashuvni yo`qotadi,
kommunikativ aloqalarni tezlashtiradi. Insoniyatning tarixan birligini madaniyatlarning o`zaro
almashinuvida, monoteistik dinlarni tarqalishi, umumiy til yaratishga bo`lgan urinishlarda
ko`rishimiz mumkin. Lekin, hozir gap bu haqda ketayotgani yo`q. Globallashuvning zamonaviy
tendentsiyasi ma`naviy doiradan chiqib iqtisodni, siyosatni, axborot jarayonlarini va inson
faoliyatining boshqa ko`plab jabhalarini qamrab olmoqda. SHu tarzda ko`p qirrali aloqalar bilan
bog`liq bo`lgan megajamiyat shakllanmoqda. SHu ma`noda aytish mumkinki, globalizatsiya —
jahon iqtisodiy, texnologik, siyosiy, informatsion integratsiyasining o`lchamidir.
Do'stlaringiz bilan baham: