Globallashuv asoslari



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/82
Sana11.09.2021
Hajmi1,82 Mb.
#171358
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82
Bog'liq
globallashuv asoslari

Dunyo  bo‟ylab  Islom.  120  dan  ortiq  davlatda  o‗tkazilgan  demografik  tadqiqotlar 
bugun dunyo bo‗ylab 1.57 milliard musulmonlar istiqomat qilishini ko‗rsatdi. Bu raqam 2009 yil 
hisobi  bilan  6.8  milliardlik  dunyo  aholisining  23  %  ini  tashkil  etadi.  Bugun  musulmonlar  er 
sharining  aholi  mavjud  bo‗lgan  barcha  besh  qit‘asida  yashaydilar.  Umumiy  musulmon 
aholisining  60%  dan  ko‗prog‗i  Osiyoda,  20%i  YAqin  SHarq  va  SHimoliy  Afrikada  istiqomat 
qiladi.  SHunga  qaramay,  YAqin  SHarq  va  SHimoliy  Afrika  hududi  aholisining  asosiy  qismini 
musulmonlar tashkil qiluvchi mamlakatlar joylashgan zonadir. 
Mazkur  zonadagi  20  dan  ziyod  mamlakat  va  hududlarning  [1]  yarmidan  ko‗pida 
aholining taxminan 95% dan ortig‗ini musulmonlar tashkil etadi. 
                                            
99[60]
 Оrlоv M. Mestо i rоl religii v glоbalni`х prоtsessaх sоvremennоsti. // Vlast, 2008. № 1. – S 46. 
100[61]
 Karimov I.A. YUksak ma`naviyat – engilmas kuch. – T.: Ma`naviyat, 2008. – 111 b. 


300  milliondan  ortiq  musulmonlar  yoki  dunyo  musulmonlarining  har  beshdan  biri 
islom  asosiy  din  bo‗lmagan  mamlakatlarda  yashaydi.  Biroq,  shuni  qayd  etish  lozimki,  islom 
asosiy  din  bo‗lmagan  mamlakatlarda  yashovchi  musulmonlarning  soni  ham  ancha  katta.  Misol 
uchun, Hindiston dunyoda eng ko‗p musulmon aholisi bo‗lgan davlatlar ichida 3-o‗rinda turadi. 
Xitoy musulmonlari soni Suriya musulmonlari sonidan, Rossiya musulmonlari esa Iordaniya va 
Liviya musulmonlarining birgalikdagi hisobidan ancha ko‗p. 1.57 milliard musulmonlarning 10-
13%ini  shialar,  87-90%ini  sunniylar  tashkil  etadi.  SHialarning  aksari  (chamasi  68%-80%)  4 
mamlakat: Eron, Pokiston, Hindiston va Iroq hissasiga to‗g‗ri keladi. 
Mazkur  tadqiqot  Pew  Research  Center  tomonidan  amalga  oshirilgan  bo‗lib,  butun 
dunyo  musulmon  aholisining  soni,  joylashuvi  hamda  tarqalish  hududi  haqida  axborot  beruvchi 
eng  so‗ngi   va  to‗liq  ma‘lumotdir.  Bundan  avvalgi  tadqiqotlar  dunyodagi  jami  musulmon 
aholisining  umumiy  sonini  1  milliarddan  1.8  milliardgacha  deb  ko‗rsatardi.  Biroq  ularning 
birortasi  mazkur  raqamlar  qaerdan  kelib  chiqqanini  asoslovchi  maxsus  manbaga  suyanmasdi. 
The  Pew  Forum  taqdim  etgan  ma‘lumotlar  232  mamlakat  va  hududlardan  olingan.  Markaz 
tadqiqotchilari  50  ga  yaqin  demograflar  hamda  jahonning  turli  nuqtalarida  joylashgan  tadqiqot 
markazlari  va  universitet  tadqiqotchilari  bilan  hamkorlikda-demografik  tahlillar,  aholi  soni 
hisobotlari  singari  1,500  ga  yaqin  manbani  tahlil  etgan  holda  o‗z  turi  bo‗yicha  yagona  bo‗lgan 
mazkur  loyihani  amalga  oshirdilar.   Bundan  tashqari,  markaz  2010  yilda  shu  singari  Xristian 
aholisining  soni  bo‗yicha  ham  tadqiqot  o‗tkazishni  rejalashtirgan.  Mazkur  tadqiqotlardan 
ko‗zlangan asosiy maqsad insonlarning dinni teranroq tushunishga ko‗mak berishdan iborat. 
Dunyodagi  har  uch  musulmonning  ikkitasi  quyida  keltirilgan  10  ta  davlatda 
istiqomat  qiladi.  Mazkur  10  davlatning  6  tasi  Osiyo  (Indoneziya,  Pokiston,  Hindiston, 
Bangladesh, Eron va  Turkiya)da, 3 tasi SHimoliy  Afrika (Misr, Jazoir, Marokash)da, 1 tasi esa 
Markaziy Afrika (Nigeriya)da joylashgan. 
Dunyo  musulmonlarining  asosiy  qismi  —  har  o‗ntadan  olti  kishi  (62%)  –  Osiyo 
hududiga  to‗g‗ri  keladi.  Bu  hudud  nafaqat  Xitoy  singari  SHarqiy  Osiyo  mamlakatlarini  balki 
Osiyoning uzoq G‗arbidagi Turkiya kabi mamlakatlarni ham o‗z ichiga oladi. 
Dunyo  musulmonlarining   80%  i   musulmonlar  diniy  ko‗pchilikni  tashkil  qiluvchi 
mamlakatlarda  yashaydi.  Dunyo  musulmonlarining  har  beshdan  biri  o‗z  mamlakatlarida  diniy 
ozchilikni tashkil qiluvchi aholi sifatida istiqomat qiladi. CHamasi 317 million musulmonlar turli 
mamlakatlarda  diniy  ozchilik  sifatida  yashaydi.  Ulardan  240  million  musulmon  5  mamlakatda: 
Hindiston  (161  million),  Efiopiya  (28  million),  Xitoy  (22  million),  Rossiya  (16  million), 
Tanzaniya (13 million)da istiqomat qiladi. Musulmonlar ozchilik sifatida yashaydigan 10 ta yirik 
mamlakatning  2  tasi  Evropada:  Rossiya  (16  million),  Germaniya  (4  million).  Mazkur 
mamlakatlardagi  musulmonlar  diniy  ozchilik  sifatida  yashasalar  ham  ularning  soni  ancha 
kattadir.  Misol  uchun,  Hindiston  dunyoda  eng  ko‗p  musulmon  aholisi  bo‗lgan  mamlakatlar 
ichida  3-o‗rinda  turadi.  Efiopiya  musulmonlari  soni  Afg‗oniston  musulmonlari  soniga  tengdir. 
Xitoyda  Suriya  qaraganda  ko‗p  musulmon  yashasa,  Rossiya  musulmonlari  Iordaniya  va  Liviya 
musulmonlarining birgalikdagi hisobidan ancha katta, Germaniyada esa  Livandagiga qaraganda 
ko‗p musulmon istiqomat qiladi. 
Tadiqiqotga kiritilgan 232 mamlakat va hududning 50 tasida musulmonlar aholining 
boshqa  diniy  vakillariga  nisbatan  ko‗pchilikni  tashkil  qiladilar.  Bundan  o‗zga  o‗nta 
mamlakatning  oltitasida  (62%)  gi  musulmonlar  soni  alohida  Rossiya  va  alohida  Xitoy 
musulmonlaridan  kam.  Boshqa  hududlarga  qaraganda  YAqin  SHarq  va  SHimoliy 
Afrikada   musulmonlar  aholining  boshqa  din  vakillariga  nisbatan  ko‗pchilikni  tashkil  qiladigan 
davlatlar  soni  ko‗pdir.  Mazkur  zonadagi  20  ta  davlat  va  hududning  17  tasi  —  mamlakat 
aholisining  75  %dan  ortig‗ini  musulmonlar  tashkil  etuvchi  davlatlar  sanaladi.  Bundan  Isroil, 
Livan  va  Sudangina  mustasno.  Osiyodagi  61  mamlakatning  12  tasida,  Markaziy  va  Janubiy 


Afrikadagi  50  mamlakatning  10  tasida,  Evropadagi  50  mamlakatning  2  tasi  (Kosova  va 
Albaniya) da aholining 75% i yohud undan ko‗prog‗ini musulmonlar tashkil qiladi. 
Musulmonlarning asosiy ko‗pchiligi sunniylardir. Dunyo musulmonlarining 10-13 % 
ni shialar tashkil qiladi. Bu degani dunyo bo‗ylab shialar soni 154-200 million atrofida. 116-147 
million  shialar  Osiyo  hududida  yashaydi.  Taxminan  36-44  million  shialar  YAqin  SHarq-
SHimoliy  Afrika  hududiga  to‗g‗ri  keladi.  Bu  degani:  Osiyo-Okeaniya  mintaqasida  yashovchi 
musulmonlarning 12-15%i, YAqin SHarq-SHimoliy Afrika mususlmonlarining 11-14% shialar. 
SHialarning aksari (chamasi 68%-80%) 4 mamlakat: Eron, Pokiston, Hindiston va Iroq hissasiga 
to‗g‗ri  keladi.  Eronda  66-70  million  shialar  (dunyodagi  shialarning  37-40%)  istiqomat  qiladi. 
Iroq,  Hindiston  va  Pokistonning  har  birida  taxminan  16  million  shia  yashaydi.   1  million  va 
undan  ko‗proq  shialar  Turkiya,  YAman,  Ozarbayjon,  Afg‗oniston,  Suriya,  Saudiya  Arabistoni, 
Livan,  Nigeriya  va  Tanzaniyada  istiqomat  qiladi.  AQSH  bilan  Kanadada  300,000  atrofida  shia 
yashaydi. Bu raqam SHimoliy Amerika musulmonlarining 10% ini tashkil qiladi. 4 mamlakat — 
Eron,  Ozarbayjon,  Bahrayn  va  Iroqda  shia  musulmonlari  umumiy  aholining  asosiy  qismini 
tashkil 
qiladi. 
Osiyo-Okeaniya zonasida dunyo musulmonlarining 62% i istiqomat qiladi. Osiyodagi eng ko‗p 
musulmon aholisiga ega bo‗lgan 6 mamlakat: Indoneziya (203 million), Pokiston (174 million), 
Hindiston  (161  million),  Bangladesh  (145  million),  Eron  (74  million)  va  Turkiya  (74  million) 
dir.  Mazkur  6  mamlakat  birgalikda  Osiyodagi  umumiy  musulmon  aholisining  85%  i,  dunyo 
musulmon aholisining esa yarmidan ortig‗i (53%)ni o‗z ichiga oladi. 
Osiyoda yashovchi musulmon aholining yarmi (484 million — 50%) Janubiy Osiyo 
hissasiga to‗g‗ri keladi. SHundan qolgani Janubi SHarqiy-SHarqiy Osiyo (253 million — 26%) 
va Markaziy-G‗arbiy Osiyo (235 million — 24%) o‗rtasida teng taqsimlanadi. Okeaniyada juda 
oz miqdorda (0,5 million — <1%) musulmonlar istiqomat qiladi.           
Indoneziya  dunyoda  eng  ko‗p  (203  million)  musulmon  aholisi  bo‗lgan  mamlakat 
sanaladi.  Dunyo  musulmon  aholisining  taxminan  13  %i,  Janubi  SHarqiy-SHarqiy  Osiyo 
hududida  yashovchi  musulmonlarning  esa  80%  i  Indoneziya  hissasiga  to‗g‗ri  keladi.  Janubiy 
Osiyodagi  7  mamlakatning  3  tasi  –  Pokiston,  Hindiston  va  Bangladesh  birgalikda  dunyo 
musulmonlarining 31%, Janubiy Osiyo musulmon aholisining esa 99% yashaydigan hududdir. 
20  milliondan  ortiq  musulmon  aholiga  ega  Osiyoning  boshqa  mamlakatlari  safiga 
Afg‗oniston (28 million), O‗zbekiston (26 million) va Xitoy (22 million) kiradi. Xitoyning har 
bir  provinsiyasida  musulmonlar  yashaydi.  Ayniqsa  Xitoyning  G‗arbiy  qismlarida  ular  ko‗proq 
tarqalgan.  SHinjon,  Ningsiya  va  Gansu  provinsiyalari  shular  jumlasidandir.  SHinjon  -
musulmonlar aholining asosiy qismi (53%) ni tashkil qiluvchi Xitoyning yagona provinsiyasi. 
YAqin  SHarq-SHimoliy  Afrika  315  million  musulmonga  makon  bo‗lib,  bu  raqam 
dunyo  musulmon  aholisining  chamasi  20%  ini  tashkil  etadi.  Taxminan  79  million  musulmon 
Misrda  istiqomat  qiladi.  Bu  degani  mintaqadagi  har  to‗rt  musulmondan  biri  (25%)  Misr 
hududiga to‗g‗ri keladi. 
YAqin  SHarq-SHimoliy  Afrika  mintaqasidagi  mamlakatlarning  yarmidan  ko‗pida 
aholining  95  %  ini  musulmonlar  tashkil  etadi.  Bunday  mamlakatlar  safiga  Jazoir,  Misr,  Iroq, 
Iordaniya, Kuvayt, Liviya, Marokash, Falastin erlari, Saudiya Arabistoni, Tunis, G‗arbiy Saxroi 
Kabir  va  YAman  kiradi.  Mintaqadagi  boshqa  mamlakatlar  ham  ko‗p  sonli  musulmon  aholiga 
ega. Bular qatorida Suriya (92%), Ummon (88%), Bahrayn (81%), Qatar (78%), BAA (76%) va 
Sudan  (71%).  Ummon,  Bahrayn,  Qatar,  BAA  singari  mamlakatlar  fuqarolarining  aksari 
musulmonlar.  Biroq  mazkur  mamlakatlarga  ko‗plab  musulmon  bo‗lmagan  ishchi-
xizmatchilarning  kelib  ishlashi  musulmon  aholi  foizini  umumiy  aholiga  nisbatan  kamayishiga 
olib keladi. 


SHimoliy  Afrika YAqin SHarq-SHimoliy Afrika mintaqasidagi ko‗p sonli  musulmon 
aholiga  ega  bo‗lgan  uch  yirik  davlat  joylashgan  zonadir.  Bular:  Misr  (79  million),  Jazoir  (34 
million) va Marokash (32 million). Mintaqada ko‗p sonli musulmon aholiga ega bo‗lgan boshqa 
mamlakatlar  qatoriga  Iroq  (30  million),  Sudan  (30  million),  Saudiya  Arabistoni  (25  million), 
YAman  (23  million),  Suriya  (20  million)  va  Tunis  (10  million)  kiradi.  Mintaqadagi  qolgan  11 
mamlakat va  hudud  —  Liviya,  Iordaniya,  Falastin erlari,  BAA,  Kuvayt,  Livan,  Ummon,  Isroil, 
Qatar, Bahrayn va G‗arbiy Saxroi Kabirning umumiy aholisi 31 millionni tashkil etadi. Falastin 
erlarida  salkam  4  million  musulmon  istiqomat  qiladi.  Isroilda  yashovchi  musulonlar  soni 
(1,194,000)  esa  Qatar  musulmonlari  (1,092,000)dan  xiyol  ko‗proq.  Isroilda  musulmon  aholi 
umumiy aholiga nisbatan 17%ni tashkil etadi. Mazkur raqam Evropadagi ayrim mamlakatlardan 
kattaroq. Misol uchun Buyuk Britaniyada yashovchi musulmonlar mamlakat umumiy aholisining 
atigi 3% ini tashkil etadi. 
Markaziy Afrika-Janubiy Afrika mintaqasida 241 million musulmon istiqomat qiladi. 
Bu  dunyo  musulmon  aholisining  taxminan  15%ini  tashkil  qiladi.  Nigeriya  Markaziy  Afrika-
Janubiy  Afrika  mintaqasidagi  eng  ko‗p  musulmon  aholisi  bo‗lgan  mamlakatdir.  Nigeriyada  78 
million  musulmon  istiqomat  qiladi.  Bu  Nigeriya  umumiy  aholisining  50%ini  tashkil 
qiladi.   Markaziy  Afrika-Janubiy  Afrika  mintaqasida  yashovchi  har  uch  musulmonning  biri 
(32%)  Nigeriya  hissasiga  to‗g‗ri  keladi.  G‗arbiy  Afrika Markaziy  Afrika-Janubiy  Afrika 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish