“chechetka”, jazdan ajralib chiqqan irland jigisi keyinroq, 50 yillarda “rok-n-roll”, 60 yillarda
“sheyk” va “tvist” xitga aylandi va uning ommaviyligini ta‘minlashda barcha vositalar ishtirok
etdi: gramplastinkalar chiqarildi, televidenie va radiomahsulotlar tarqatildi. Bu ―ommaviy
madaniyat‖ tarqatilishidagi eng omadli tijorat loyihasi edi.
– Disko o‗yin yo‗nalishi hozirgi kunlarimizgacha etib keldi, u juda ommaviy
bo‗lmasada, hali bor.
―Ommaviy madaniyat‖ bugun iqtisodiyotning eng daromadli tarmog‗iga aylanib
bormoqda. Uni hozir ―qiziqishlar industriyasi‖, ―tijorat madaniyat‖, ―pop-madaniyat‖, ―bo‗sh
vaqtdan foydalanish industriyasi‖ deb atay boshladilar. Ma‘lumki, mehnatkashlarning ma‘lum
qismida bo‗sh vaqt serob. ―Ommaviy madaniyat‖ mazmunini boyitishni taqoza qiladi, chunki
mamlakatimizda ishlab chiqarishning tobora sanoatlashishi, avtomatlashtirish jarayonida aholi
o‗rtasida ―bo‗sh vaqtni yopish ehtiyoji‖ ham oshib bormoqda. Ana shu jarayondan hosil
bo‗ladigan muammolarni hal etish ehtiyoji ―ommaviy madaniyat‖ni yuzaga keltirmoqdaki, bu
ayniqsa odamning ongiga, ya‘ni adabiyot va san‘atning barcha turlariga bevosita bog‗liqdir.
Keyingi o‗n yillikda madaniyatni demokratlashtirishda kino, televidenie, kasseta, sport albatta
(uning tomoshabinga taalluqli qismi) juda muhim kanallar hisoblanmoqda. Ular ayni paytda turli
toifadagi odamlarning to‗planishiga sabab bo‗lmoqda. Ko‗pincha ularni birlashtirgan istak –
o‗zlarini psixologik jihatdan bo‗shatib olish istagidir.
―Ommaviy madaniyat‖ bozordagi tovarga aylanib, muayyan xususiyatlar kasb etdi.
Avvalo u ―oddiy‖ (buni jo‗nlik deb atasa ham bo‗ladi). CHunki ko‗pincha bunday mahsulotlar
―ko‗cha odami‖ga mo‗ljallangandir. Ommaviy madaniyat o‗z vazifasini to‗la bajarishi, ya‘ni
ishlab chiqarishdagi asabiyliklarni olib tashlashi uchun u eng kamida qiziqarli bo‗lishi lozim.
Albatta, bunday madaniy mahsulotlar intellektual jihatdan etarlicha rivojlanmagan odamlar
ehtiyojini qondirishi mumkin va inson ongi, kechinmalariga ta‘sir etadi. SHuning uchun ham
―Ommaviy madaniyat‖ning ―eng qiziqarli‖ va hammaga tushunarli mavzulari – muhabbat, oila,
karera, jinoyatchilik va xo‗rlash, sarguzasht, qo‗rqinch va hokazolardir.
Mavzular ekspluatatsiyasidan uning egalari katta daromadlar olmoqdalar.
―Ommaviy madaniyat‖ baynalminal va milliy bo‗lishi mumkin. Estrada musiqasi
bunga misol bo‗ladi: u hammaga tushunarli va barcha yoshdagilarga, bilim darajasidan qat‘iy
nazar, aholining barcha qatlamlariga o‗ng‗ay.
―Ommaviy madaniyat‖ning badiiy qimmati xalq madaniyatidan pastroq bo‗ladi.
Lekin uning auditoriyasi kengroq, chunki u muallifli, u odamlarning hozirgi daqiqalardagi
ehtiyojini qondiradi, har qanday yangi voqea va hodisalarga xozirjavob bo‗ladi. Ma‘lum vaqt
o‗tgach, ular o‗z dolzarbligini yo‗qotadi, eskiradi va modadan qoladi. YUksak darajadagi asarlar
va xalq madaniyati bunday qismatga uchramaydi.
1917 yili bolsheviklar hukumatga kelgach, avvalo ular madaniyatni isloh qila
boshladilar. Badiiy ijod ahlidan proletarlashtirilgan xalqqa asarlar yaratishni talab etdilar. Ular
shunday shiorni olg‗a surdilar: ―San‘at xalqqa tushunarli bo‗lishi lozim‖. Bolsheviklar bu shiorni
nemis marksisti Roza Lyuksemburgga tegishli, deb e‘lon qildilar. Keyinchalik u aslida bunday
demaganligi ma‘lum bo‗ldi. U shunday degan ekan: ―San‘atni xalq tushunishi lozim!‖ Birinchi
shiorda yuksak madaniyatni ongi jo‗n xaloyiq, olomon darajasigacha tushirish nazarda tutilgan.
Ikkinchisida xalqni jahon madaniyati darajasiga ko‗tarish uchun o‗qishga va takomillashishga
chaqiradi.
Endi ommaviy madaniyatning mashhurlik va hammaboplik sababini aniqlashga
urinib ko‗ramiz. Aholi bilan ularga tushunarli bo‗lgan o‗rtacha tilda muloqot va munosabat
qilinishi ommaviy madaniyat usullarining muhim jihati hisoblanadi, bundan tashqari, boshqa
kishi ongiga bevosita bog‗liq jihatlari ham bor. Masalan, individning ijtimoiy voqea va
jarayonlarda ma‘naviy va intellektual ishtirok etishni hoxlamasligi. Boshqacha aytganda,
ko‗pchilik jamiyat a‘zolarining ongi passivligi. Bunga yoshlarning ma‘lum qismida madaniyat
mahsulotlariga, jumladan, ―ommaviy madaniyat‖ga so‗nggi standart deb qarash istagidir.
Axborot texnologiya vositalarining kuchayib ketganligi bois bo‗sh, o‗ta sayoz madaniyat
mahsulotlari ham bozorga chiqarilmoqdaki, ularning ko‗pchiligi ma‘naviyatni yuksaltirish
maqsadida emas, balki tijorat maqsadida tarqatilmoqda. Natijada an‘anaviy madaniyat makonida
mumtoz xalq ijodiyoti yonida aholi ongini bilim va tafakkurini o‗tmaslashtiradigan ijod
mahsullari ham ko‗payib bormoqda. Bu borada mamlakatimizda bir qator tashkiliy-ma‘rifiy,
ma‘naviy va moddiy choralar ko‗rilmoqda, albatta, lekin bunday mahsulotlar hayotimizga selday
kirib kelishi hamon to‗xtamayotir. Bu esa mutasaddi madaniy va ilmiy jamoatchilik oldiga
muhim vazifalar qo‗yadi.
XX asrning 80-yillar ikkinchi yarmida sobiq sho‗rolar mamlakatida boshlangan
istiqlolga intilish harakatlari sho‗rolar davridagi mudroqlikka chek qo‗ydi. Kommunistik senzura
hamma vaqt yoqtirmay tanqid qilib kelgan ―ommaviy madaniyat‖ ommaviy axborot vositasida
hayotimizga faol kirib keldi hamda aholi o‗rtasida yashindek yoyila bordi. Bunga katta
yoshdagilarning ma‘lum darajada qarshilik ko‗rsatgani, qabul qilolmagani, an‘anaviy madaniy
qadriyatlar ular ongu-shuuriga ancha chuqur o‗rnashgani ko‗zga tashlanib turdi. Lekin
yoshlarning katta qismi, ayniqsa, talaba yoshlar sho‗ro davri madaniy qadriyatlariga tanqidiy
ko‗z bilan qaradilar. YAngi zamon ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlarining kutilgan xaridoriga
aylandilar. Ular uchun bu mahsulotlarning o‗zimizniki yoki xorijniki ekanligi unchalik ham
ahamiyatli emas edi va hamon shu jarayon davom etmoqda. ―Jahon to‗ri‖ deb nom olgan internet
tizimi orqali ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlari hech qanday to‗siqsiz mamlakatimizga kirib
kelmoqda va ayniqsa, yoshlar o‗rtasida keng tarqalmoqda.
Ma‘lumki, o‗smirlar, yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan, tengqurlariga
havasmand, modaparast, xorij standartlarini oson qabul qilishga ruju qo‗ygan bo‗ladi. Ulardagi
ana shu ijtimoiy-psixologik holat kirib kelayotgan shubhali qadriyatlarga tanqidiy yondashuvni
cheklab qo‗ymoqda. Maqbul yoki nomaqbulligi haqida muayyan fikr-mulohazasi bo‗lmagan
yoshlar hayotimizga, milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan mafkuraviy mahsulotlarni
matbuot orqali qabul qilishga oshiqmoqda. ―Ommaviy madaniyat‖ tashqi ko‗rinishi, oson
o‗zlashtirilishi bilan ularni qiziqtirmoqda. Turfa g‗oya va ramzlar zamonaviy modalar ommaviy
madaniyat mahsulotlari yoshlardan chuqur fikr-mulohaza yuritishni talab etmaydi, har xil hayot
tashvishlaridan, turmush muammolaridan ―xalos‖ etadi, jasadni va ruhni dam oldirish, ularni
o‗qishga, bilim olishga emas, balki o‗ynab-quvnab, ―yashab olish‖ga chaqiradi. Aslida
―ommaviy madaniyat‖ning, uni tarqatayotganlarning ham asl maqsadlari shundan iborat.
Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etishini va ―ommaviy madaniyat‖
mualliflari aynan ana shu auditoriyani nazarda tutayotganini e‘tiborga olsak, vazifalarimiz
mas‘uliyati aniq ayon bo‗ladi.
Yoshlarning badiiy ehtiyojlarini qondirish, ular o‗rtasida ―ommaviy madaniyat‖
mahsulotlarining tarqalmasligi uchun muayyan ishlar amalga oshirilayotir, albatta ularning
san‘atga, adabiyotga va boshqa ma‘naviy mahsulotlarga bo‗lgan ehtiyojlarini o‗rganib borish
hozir izchil olib borilmoqda.
Oliy o‗quv yurtida o‗qish davrida talabalarning san‘atga bo‗lgan ehtiyojlarida
muayyan o‗zgarishlar yuz beradi. Masalan, o‗tkazilgan so‗rovlardan ma‘lumki, birinchi
kursdagilarning katta qismi san‘atni o‗z dunyoqarashlarini kengaytirish, tasavvurlarini boyitish
vositasi deb bilishadi, undan zavqlanish, rohatlanish, vaqtni mazmunli o‗tkazish kabi
xususiyatlariga ikkinchi darajali deb qarashadi.
Bitiruvchilarda esa aksincha, san‘atni kundalik tashvishlardan xalos etish vositasi
deb qarash eng yuqori ball, ya‘ni 53,5 foiz ovoz oldi, ya‘ni so‗rovda qatnashgan
bitiruvchilarning shunchasi san‘atga shunday vosita deb qarar ekan. Ularning orasida san‘atga
estetik zavq berish manbasi deb qarovchilar ham oz emasligi ma‘lum bo‗ldi. Birinchi kurslarga
nisbatan san‘atni ijodga rag‗batlantiruvchi vosita deb qarovchilar 7,7%, qadriyatlarni
shakllantirish vositasi deb qarovchilar esa 5,2% kam ekan.
―Ommaviy madaniyat‖ning hayotimizga bostirib kelishida dastlab ommaviy axborot
vositalari asosiy rolni o‗ynadi. Bugunga kelib esa, reklama uning ajralmas yo‗ldoshiga aylanib
qoldi. Bozor qonuniyatlari ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlarini keng tarqatishdan manfaatdor
bo‗lib maydonga chiqmoqda. Zamonaviy audio-videotexnikalar, ovoz yozish va kuchaytirgich
asboblarining yuzlab turlari ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlari reklamasi bilan kun
ko‗rmoqdalar. U sanoat asosiga ko‗chirilgach, o‗rtacha, bo‗sh ―ommaviy madaniyat‖
mahsulotlarini ko‗paytirish va sotish bo‗yicha qudratli tizim yaratildi. Istagan do‗kondan
dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo‗shiq, klip audiovideotasmasini
topish mumkin. San‘atga, ―ommaviy madaniyat‖ga mas‘uliyatsizlik bilan munosabatda
bo‗ladigan, engil-elpi ijod bilan elga tanilgan san‘atkorlar armiyasi paydo bo‗ldi. O‗zlari shoir,
o‗zlari kompozitor bo‗lgan, musiqiy maxsus bilimi bo‗lmagan juda ko‗plab guruhlar paydo
bo‗ldi va ular o‗z mahsulotlarini istagancha reklama qilmoqdalar. YOshlar esa ana shunday
siyqasi chiqqan, lekin ma‘lum ma‘noda ―o‗z auditoriyasini topgan‖, ―san‘atkor‖lar armiyasi
bilan yuzma-yuz turibdilar. Reklama – yaratuvchi kuch emas, balki u ommaviy psixologiyani
aks ettiruvchidir.
Ba‘zan kliplarda chiroyli qizlar va yigitlar nima deyotganligini o‗zlari ham
tushunishmaydi. Kuchli musiqa sadosi ostida nimalardir deyishadi, mashinalarga o‗tirib
qaerlargadir borishadi. ―Ommaviy madaniyat‖ mahsuli bo‗lgan bunday ―asarlar‖ millat
mentalitetini pasaytirishga xizmat qilayotgani sir emas. Reklama nima deydi? Birorta shirin
ichimlikni iste‘mol qilib cheksiz rohat va farog‗at olish mumkin. Biror narsaga erishish uchun
jon kuydirish, ter to‗kib, mehnat qilish shart emas, ichimlikni sotib olish kerak va uni iste‘mol
qilish kerak. Yoki yozib olingan fonogrammaga mos qilib, labni qimirlatib turaverish kerak,
tamom vassalom. Endi o‗sib, jamiyatga kirib kelayotgan yoshlarga, o‗smirlarga ham OAVlar
shunday ta‘lim bermoqdalar va u qay bir darajada o‗z xaridorini topmoqda hamda ongiga ta‘sir
etmoqda. Demak, ―ommaviy madaniyat‖ning ana shunday siyqalanib, jo‗nlashib borishi
hammamizni ogohlikka chorlashi lozim.
―Ommaviy madaniyat‖ o‗z g‗irdobiga yoshlarni tartib olmasdan oldin, ularni milliy
urf-odatlar, tarixiy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya ishlarni jadallashtirishimiz lozim.
Tarbiya – jamiyatning bosh vazifasi. SHuning uchun bu masalani bir-ikki tizim
zimmasiga yuklab qo‗yish bilangina hal etib bo‗lmaydi. Birinchidan, tarbiya – ona qornida
homilani parvarish qilishdan boshlanib, inson umrining so‗nggi daqiqasigacha izchil davom
etadigan umrlik vazifa. Ikkinchidan, kishilik hayoti shunday murakkab jarayonki, tarbiya bilan
amalda juda ko‗p sohalar shug‗ullanadi. Uchinchidan, ulardan bitrortasini chetlab o‗tish yo
ikkinchi darajali deb hisoblash kemtiklikka sabab bo‗ladi, mukammal insonni tarbiyalash
orzugina bo‗lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |