Globallashuv asoslari



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/82
Sana11.09.2021
Hajmi1,82 Mb.
#171358
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   82
Bog'liq
globallashuv asoslari

Iqtisodiy sohada modernizatsiya chuqur iqtisodiy o`zgarishlar, mehnat taqsimotining 
o`sishi,  texnologiyalarning  takomillashuvi,  erkin  raqobat,  tijorat  uchun  qulay  imkoniyatlarning 
yaratilishidir.  
Modernizatsiya  ijtimoiy  sohada  aholi  savodxonligining  o`sishi,  yangilanishlarning 
barchasi  aholi  farovonligining  o`sishiga  xizmat  qiladi.  Masalan,  madaniyat  sohasida 
modernizatsiya  madaniyatning  asosiy  elementlari  bo`lgan  din,  falsafa,  fanda  differentsatsiya, 
ta`limning  keng  tarqalishi,  murakkab  va  intellektual  maxsus  kasb  institutlarining  shakllanishi, 
ommaviy  kommunikatsiyaning  rivojlanishi,  rivojlanish,  samaradorlik,  muvafaqqiyat,  o`z 
imkoniyat  va  hissiyotlarini  tabiiy  namoyon  etishga  asoslangan  yangi  madaniy  qadriyat 
paradigmasi  va  individualizmning  rivojlanishi;  yangi  kengayib  borayotgan  ijtimoiy  makonga 
moslashib boruvchi yangi individual odat, xususiyat va qiziqishlar sohasining kengayishi; fan va 
texnikaga  ishonchning  ortishi,  moslashuvchanlik  va  kar`era  qilishning  o`sishi;  inson  qadr- 
qimmatiga munosabatning o`zgarishidir
109[75]
.  
Siyosiy  modernizatsiya  siyosiy  partiyalar,  parlament,  saylov  huquqi,  yashirin  ovoz 
berish demokratik tamoyillarning qaror topishi hisoblanadi. 
Demak,  modernizatsiya  jarayonlari  bugungi  kunda  jamiyatda  zamonaviy  siyosiy 
(demokratiya, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlatni barpo etish), iqtisodiy (bozor, xususiy mulk, 
rivojlanganlik  darajasiga  ko`ra  ba`zi  davlatlarda  axborotlashagaan  iqtisodiyot),  ijtimoiy 
(individualizm,  differentsiatsiyaashgan  jamiyat),  madaniiy  (madaniyatning  differentsatsiyasi, 
ijtimoiy ongdagi sekulyarizatsiya, savodxonlikning ortishi va keng tarqalishi, fan va texnikaning 
asosiy  qadriyatga  aylanishi)  tizimlarni  vujudga  keltirishdan  iborat  kompleks  jarayondir.  U 
jamiyat  taraqqiyotining  jamiyatning  murakkab  tizim  sifatida  o`zini-o`zi  tashkil  etish 
qobiliyatidir. 
Modernizatsiya jarayonlarining tahlilida uning transformatsiya tushunchasiga nisbati 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ilmiy  adabiyotlarada  transformatsiya  jarayoni  ―tizimning  o`zini 
saqlash,  qayta  ishlab  chiqarish  jarayoni  sifatida  e`tirof  etiladi.  Bu  tizimning  beqaror,  tizim 
boshqa metatizimga o`tadi  yoki  ichki strukturasini  o`zgartiradi‖
110[76]
.
 
Transformatsiya  jarayoni 
ijtimoiy  tizimning  immanent  umumiy  sifatiy  xususiyati  bo`lib,  uning  natijasida  tizim  bir 
strukturaviy 
tuzilmadan 
nisbatan 
rivojlanganrog`iga 
almashadi.
111[77]
 
Izlanishlarda 
transformatsiya  jarayoni  universal  kategoriya  va  tizimning  butun  mazmun  mohiyatidagi 
o`zgarish,  ijtimoiy  subyektlarning-  insonlar  va  institutlarning  tabiiy  rivojlanish  qonuniyatlari 
asosida  maqsadga  yo`nalgan  faoliyati  natijasida  amalna  oshishi  ta`kidlanadi.  SHuningdek, 
muallif bu jarayonni tizimning o`tish holati sifatida tasniflanadi.
112[78]
.  
Transformatsiya  jarayoni  ko`p  vektorlik  va  o`zgarishlarning  amalga  oshish 
sur`atlarining  jadalligi,  hamda  bu  o`zgarishlarda  subyektiv  omillar  ta`sirining  yuqoriligi  bilan 
ajraladi.  Transformatsiya  jarayonlarini  bir  tizim  ikkinchisiga  almashayotgandagi  holat  sifatida 
ham  ta`riflaydilar
113[79]
.  Aytishimiz  mumkinki,  bu  davr  jamiyatning  salbiy  xarakterga  ega 
bo`lgan,  taraqqiyotni  to`htatadigan  o`tmishidan  voz  kechib,  yangi  maqsad  va  g`oyalar  sari 
intilishidir.SHu  bois  ijtimoiy  transformatsiya  jarayonlari  davrida  ijtimoiy  to`qnashuvlarning 
                                            
109[75]
  Pоberejnikоv  I.V.  Mоdernizatsiya:  teоreticheskie  i  metоdоlоgicheskie  prоblemi`  Ekоnоmicheskaya  istоriya. 
Оbоzrenie / Pоd red. L.I.Bоrоdkina. Vip. 7.- M., 2001.S 152. 
 
110[76]
Mararitsa V.F.Sоtsialnо- filоsоfskiy analiz transfоrmatsii sоtsialniх sistem. Vestnik MGU, T9, №1. 2006. S 76  
111[77]
Karasev V.I.Sоtsialnaya transfоrmatsiya kak predmet filоsоfskоgо analiza.Avt.ref.Na sоiskanie dоk.f.n.-M.,2000. S10 
112[78]
 Tam je, S15. 
113[79]
 Mararitsa V.F.Sоtsialnо- filоsоfskiy analiz transfоrmatsii sоtsialni`х sistem. Vestnik MGU, T9, №1. 2006. S 70-76  


kuchayishi  va  keskinlashuvi  kuzatilishi  mumkin.  Bu  jarayon  o`zida  destruktiv  va  konstruktiv 
imkoniyatlarni  jamlaydi,  destruktiv  va  konstruktiv  yo`nalishlarga  ega  bo`ladi.  Konstruktiv 
transformatsiya jarayoni natijasida jamiyatda butunlay yoki uning ayrim sohalarining progressiv 
rivojlanishi ta`minlanadi. 
Ijtimoiy  transformatsiyaning  mazmuni  shundan  iboratki,  jamiyada  sifatiy 
o`zgarishlar sodir bo`ladi. Ijtimoiy transformatsiya ijtimoiy tizimning ma`lum darajadagi boshqa 
ijtimoiy  sifatdagi  ijtimoiy  tizimga  o`tishi  hisoblanadi.  Kibernetik  yondoshuvga  ko`ra,  ijtimoiy 
transformatsiya tizimdagi tuzilma, tuzilishi, strkturasi, ijtimoiy ongidagi o`zgarishdir. Unda tizim 
elementlari(  odamlar,  mashinalar  va  boshqalar  o`zgarmasdan  qolishi,  ular  iorasidagi 
munosabatlar tizimi, usul va strukturasi o`zgaradi
114[80]
.  
Tabiatshunoslikda  transformatsiyani  fazoviy  o`tish,  sinergetikada  bifurkatsiya 
nuqtasi  sifatida  ta`riflash  mumkin.  Kastel`s  "informatsional  jamiyat",  "informatsional 
iqtisodiyot",  ―genetik  inqilob‖  atamalarini  zamonaviy  transformatsiya  jarayonlarini  ifodalash 
uchun  qo`llaydi
115[81]
.  Zamonaviy  transformatsiya  jarayonlarining  asosi  ilmiy  texnologiyalar 
tashkil etadi.  
Toffler esa zamonaviy ijtimoiy o`zgarishlarni uchta to`lqin sifatida ta`riflaydi.  
Modernizatsiya jarayonlarini tadqiq etuvchi izlanishlarga asoslanib aytish mumkinki, 
endilikda  uning  mohiyati  o`zgarib,  ―modernizatsiyaviy  transformatsiya‖ga  aylanib 
borayotganligini ta`kidamoqdalar.
116[82]
 Bunga sabab zamonaviy modernizatsiya jarayonlarining 
tobora kompleks xarakterga ega bo`lib borayotganligidir. SHu cababli ko`p ilmiy adabiyotlarda 
modernizatsiya  va  transformatsiya  tushunchalarining  bir  ma`noda  qo`llanilayotganini  ko`rish 
mumkin.Ammo  yuqoridagi  fikrlarimizdan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  transformatsiya 
jarayoni  modernizatsiya  jarayonlariga qarananda  kengroq tushuncha. CHunki  modernizatsiyada 
tio`zimning ayrim  elementolariga qaratilishi  mumkin.  Masalan , bugungi  kunda jahon iqtisodiy 
inqirozi tufayli mamlakatimizda bank tizimini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari belgilandi. 
Modernizatsiya  jarayonning  asosini  bilim  tashkil  etishini  ko`rish  mumkin.  CHunki 
bilim  subyekt  faoliyati  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Bilim  –  o`qish,  ta`lim  orqali  kamol  topishga 
intilishni  ifodalovchi  shaxs  tarkibining  zaruriy  qismidir
117[83]
.  Bu  haqda  Toffler  o`zining 
―Inqilobiy  boylik‖  asarida  ―yangi  boyliklar  tizimi  vujudga  kelayotganligini
118[84]
,  bu  boyliklar 
tizimining  asosini  bilim  tashkil  etishini  ta`kidlaydi.  Inqilob  atamasini  muallif  zamonaviy  deb 
atash mumkin bo`lgan yangi hayot tarzi yoki yangi tsivilizatsiyaning vujudga kelishini ifodalash 
uchun  qo`llaydi
119[85]
.  Olim  bilim  barcha  davrlarda  boylik  asosi  bo`lib  kelgan,  ammo  bugunga 
kelib  u  inqilobiy  boylik  asosiga  aylanganligini  e`tirof  etadi.  Bunga  sabab  olim  fikricha, 
bilimning boshqa resurslardan farq qiluvchi xususiyatlari hisoblanadi.  
Zamonaviy  modernizatsiya  jarayonlarida  bilim  muammosiga,  uning  jamiyatdagi 
maqomiga  turlicha  yondoshuvlarning  vujudga  kelishiga  sabab  bo`ldi.Buni  postmodernizm 
yo`nalishining epistemologik muammolarga keng o`rin berilishida ham ko`rish mumkin. Ularda 
                                            
114[80]
Suхarev  M.Sоtsialnaya  transfоrmatsiya  s  tоchki  zreniya  kibernetiki.  Mоnitоring  sоtsialnо-ekоnоmicheskiх 
prоtsessоv v Respublike Kareliya", sbоrnik. - Petrоzavоdsk, Karelskiy Nauchni`y Sentr RAN, 2000 g., s. 135- 139. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish