Globallashuv asoslari



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/82
Sana11.09.2021
Hajmi1,82 Mb.
#171358
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82
Bog'liq
globallashuv asoslari

    
 
 


  9-mavzu.     Globallashuv va modernizatsiya 
Reja: 
1.  Globallashuvva modernizatsiya ijtimoiy transformatsiya jarayoni sifatida. 
2.  Modernizatsiyalashgan jamiyatda innovatsiyalarning globallashuvi.  
3.  Globallashuv postindustrial texnologik ishlab chiqarish vositasiga o‗tishning sharoiti 
sifatida.  
 
 
Har  qanday  o`zgarish  va  rivojlanishlarni  tadqiq  etish  uchun  turli  xil  nazariy-
metodologik  yondashuvlar  mavjud.  Hozirgi  davrda  modernizatsiya  paradigmasi  ular  orasida 
(formatsion, tsivilizatsion va b.) alohida ahamiyatga ega. Modernizatsiya-o`ta murakkab jarayon. 
Modernizatsiya  jarayonida  o`zgarishlar  inson  va  jamiyat  faoliyatining  barcha  sohalarida  ro`y 
beradi.  O`zgarishlar  natijasida  yangi  tushunchalar,  tamoyillar,  yondashuvlar  shakllanadi.  Ular 
esa  milliy  g`oya  qamrovini  yanada  kengaytiradi  va  yoshlarning  ongi  va  qalbiga  singdirishda 
yangi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.  
Milliy  g`oya  murakkab  tizim  sifatida  yoshlarning  ma`naviy  dunyosini  shakllanishi, 
yuksalishi, vatanimizning barcha millatlarini o`z atrofida birlashtirish kabi muammolarni qamrab 
oladi. 
Mamlakatimizni  rivojlanish  yo`li  «O`zbek  modeli»da  o`z  ifodasini  topgan.  Milliy 
g`oyani ham rivojlanish modeli ham maqsadi xalqimizning kelajagiga qaratilgan: rivojlanishning 
yuqori pog`onalariga intilish, ma`naviyatimizni yuksaltirishdir. 
Modernizatsiya  qilishning  maqsadi  yangilanish,  an`anaviylikdan  zamonaviylikka 
o`tish, rivojlanishda yuqoriroq bosqichlarga erishishdir. 
Milliy  g`oya  va  rivojlanishimizning  modelini  integratsiyasi  modernizatsiya  jarayoni 
uchun  nazariy-metodologik,  amaliy  va  regulyativ  vazifani  bajaradi.  Pirovard  natijada 
mamlakatimizning rivojlanishi yanada yuksak pog`onalarga ko`tarilishi uchun keng imkoniyatlar 
yaratiladi.  SHuning  uchun  hozirgi  kunda  «mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish»
  103[69]
  eng 
muhim ustuvor vazifadir.  
Lug`aviy ma`noda modernizatsiya (fran. moderisatio, modere-eng yangi) zamonaviy 
talablarga muvofiq o`zgarish hamda takomillashtirishlarni bildiradi. Gap nafaqat sanoat-texnika 
progressida,  balki  insonning  dunyoqarashi,  uning  metodologik  yondoshuvi,  tafakkur  uslublari 
o`zgarishidadir.  Bularning  o`zgarishi  esa  inson  tomonidan  qo`llanilayotgan  tushunchalar, 
kontseptsiyalarning  o`zgarishiga  olib  keladi.  Modernizatsiya  jarayoni  XVIII  asrda  boshlangan. 
Inson faoliyatiga ilmiy hamda muhandislik bilimlarning kirib kelishi va ulardan keng miqyosda 
foydalanish mahsulidir.  
Modernizatsiya paradigmasi XX asrning o`rtalarida shakllandi. Uning asosiy vazifasi 
insoniyat 
faoliyatining 
barcha 
sohalarida 
an`analikdan 
zamonaviylikka 
o`tishidir. 
Modernizatsiya  paradigmasi  rivojlanishini  bir  nechta  pog`onaga  ajratish  mumkin.  SHuni 
ta`kidlash mumkinki, nazariy-metodologik  yondashuvlar rivojlanishi real jarayonlar bilan uzviy 
bog`liqlikda shakllangan va ularning ta`sirida nazariyalarga o`zgartirishlar kiritilgan. 
Modernizatsiya paradigmasi doirasida ko`pdan-ko`p nazariy-metodologik va xususiy 
fanlarga asoslangan yondashuvlar yaratilgan. Ilk bor paydo bo`lgan modernizatsiya paradigmasi-
linear  modeli  (1950-1960  yy.),  qisman  ko`p  chiziqli  aktorli  (ba`zan  etib  oluvchi  deb  ataladi) 
(1970-1990  yy.),  tuzilmaviy  modellar  mavjud.  Hozirgi  paytda  modernizatsiya  paradigmasi 
                                            
103[69]
 Karimov I.A. Mamlakatimizni mоdernizatsiya qilish va yangilashni izchil davоm ettirish – davr talabi // «Хalq so`zi», 2009 
yil 14 fevral 


rivojlanib  bormoqda,  yangicha  yondashuvlar  asosida  nazariyalar  vujudga  kelmoqda.  YA`ni, 
an`anaviy va zamonaviy yondashuvlar orasida katta farq bor. 
Rivojlanish  jarayoni  modernizatsiya  paradigmasi  doirasida  turli  xil  nuqtai  nazar 
asosida  tahlil  qilingan.  Umuman  olganda,  keyingi  yillarda  shakllangan  yondashuvlarda  qat`iy 
determinizmdan  voz  kechilgan,  masalan  g`arb  demokratiyasiga  chiziqli  model  asosida  emas, 
balki ko`p chiziqli model, ya`ni mamlakatlar rivojlanish yo`lida tanlov imkoniyatiga egaligi tan 
olingan.  Ilk  bor  modernizatsiya  paradigmalarining  asosini  tashkil  qilgan  evolyutsionizm  va 
fundamentalizm  yondashuvlarini  cheklash  hisobidan  makroijtimoiy  tizimlar  tahlilidan 
mikroijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati paydo bo`ldi. 
Hozirgi davrda ilmiy adabiyotlarda modernizatsiya jarayonidagi o`zgarishlar turli xil 
ichki va tashqi (endogen va ekzogen) ta`sirlar natijasida paydo bo`ladi, degan fikr hukm suradi. 
Bular  esa  real  borliqning  keng  qamrovli  yondoshuvlar  yordamida  aks  ettirilishi  va  reallikka 
tadbiq etish doirasi tobora kengayganligini bildiradi. Bu jarayonda ba`zi bir tushunchalardan voz 
kechish, yangilaridan foydalanish yo`lidan borilmoqda. 
Modernizatsiya  paradigmasi  ilmiy  bilimning  insoniyat  hayotiga  jadal  sur`atda  kirib 
kelishi bilan bog`liq. Har qanday davrda hokimiyatning asosiy manbalaridan biri «bilim» bo`lib 
kelgan.  Bizning  davrimizda  esa  bilimning  mavqei  birinchi  darajali  bo`ldi.  Bu  ayniqsa, 
moliyaviy-iqtisodiy  inqirozda  o`z  ahamiyatini  ko`rsatdi.  «Tijorat  banklari  va  ularning tegishli 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish