Globallashuv asoslari


[81]  Kastels Manuel. Infоrmatsiоnnaya epохa: ekоnоmika, оbshestvо i kultura.- M. S.29



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/82
Sana11.09.2021
Hajmi1,82 Mb.
#171358
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82
Bog'liq
globallashuv asoslari

115[81]
 Kastels Manuel. Infоrmatsiоnnaya epохa: ekоnоmika, оbshestvо i kultura.- M. S.29. 
 
117[83]
Abdullaeva M.N.,Tulenоva K.J.,G`affarоva G,. Niyazimbetоv M.K. Milliy g`оya va fanning metоdоlоgik muammоlari.- T, 
2009. 24-b 
118[84]
 Tоffler E, Tоffler Х. Revоlyutsiоnnоe bоgatstvо. M. 2007.Pоlitizdat S.149 
119[85]
 Tam je. S 7 


bilim  predmeti,  uning  tipologiyasi,  obyekt  va  subyektidagi  o`zgarishlar,  bilimning  tijoratlashuv 
jarayonlari  e`tirof  etiladi.  Postmodernizm  ilmiy  bilishni  yuqori  standartlar,  oliy  nufuzidan  voz 
kechadilar.  Postmodernizm  g`oyalarida  borliqdagi  yagonalik,  yaxlitlik,  barqarorlik  yo`qoladi, 
ularning  o`rnini  ko`plik,  ko`pxillilik  egallaydi.  Postmodernizm  vakillari  olamni  bilishning  eng 
samarali  yo`li  sifatida  o`yinni  tan  oladilar.  Oldingi  tafakkur  uslubidagi  bilish  usullari, 
taraqqiyoti,  bosqichlari  va  darajalari,  bir  butunligi  ifodalangan  ―bilish  daraxti‖  inkor  etiladi. 
Postmodernizm  bilish  paradigmasida  ―rizoma‖g`oyasi  ustivorlik  qiladi.  Rizoma  so`zi 
botanikadan  olingan  bo`lib,  unda  bu  so`z  ko`p  yillik  o`simliklarni,  masalan  gulsapsarni  o`ziga 
xos  yashash  usulini  ifodalaydi.  Rizoma  tipidagi  o`simliklarning  yagona  ildizi  bo`lmaydi,  u  har 
tomonga  qarab  o`sadi,  bir  –  biri  bilan  chatishib  ketgan  novdalarga  ega  bo`ladi.  Bunday 
o`simliklarda  yagona  tana,  asos  bo`lmaydi.  Rizoma  ramzi  yordamida  fanda  hech  qanday  shakl 
yo`qligi, uning doimiy xaosda ekanligi ta`kidlanadi. Bunga sabab postmodernizm hayot, ijtimoiy 
borliqning o`zini xaosda ko`rishidir. Ularning fikricha, hayotdagi  xaosni yagona shakl va biron 
ilmiy  sxema  bilan  tasvirlashning  mumkin  emasligidir.  Postmodernizm  har  qanday 
chegaralanishni  cheklashlarni  inkor  etib,  parchalash,  bo`laklarga  bo`lish  va  ko`p  fikrlilik  va 
nisbiylikka  urg`u  beradi.  Postmodernizm  paradigmasining  ijobiy  tomonlari  unda  olamning 
ko`pxilligi, olam doimo ochiq, nobarqaror ekanligini e`tirof etilishidir. 
Postmodernizmning 
vakillaridan 
bo`lgan 
Liotar 
asarlarida 
postmodernizm 
yo`nalishining  o`ziga  xos  jihatlarini  ko`rish  mumkin.  Liotar  rivojlangan  davlatlardagi  bilim 
holatini  tahlil  etadi  va  madaniyatdagi  zamonaviy  holatni  ―postmodern‖  deb  tavsiflaydi.  Uning 
ta`limoti  ―til  o`yin‖  lariga  asoslangan.  Uningcha,  bilim  o`zida  til  o`yinlarini  mujassam  etadi. 
Liotar  zamonaviy  fan  holatini  inqirozli  deb  hisoblaydi.Uning  fikriga  ko`ra,  zamonaviy  fan 
falsafiy  maqsad  va  funktsiyalarini  lingvistik  elementga  aylantirdi.  Liotar  zamonaviy  jamiyatda 
bilim erozziyasi sodir bo`layotganligin ta`kidlaydi. Bunga sabab ilmiy kashfiyotlar,  yangi ilmiy 
bilimlarning sotiladigan  tovarga aylanishi va ularning tor doiradagi  kishilar qo`lida hukmronlik 
quroliga  aylanib  qolishidir.  Postmodernizm  davrida  olim  fanning  entsiklopedik  strukturasi 
tarqalib  ketishini,  ilmiy  bilimning  asosiy  xususiyati  immanentligini  ta`kidlaydi.  Olim  fikriga 
ko`ra  postmodernizm  davrida  fan  lingvistikaga  asoslanishini,  til  o`yinlari  asosida  rivojlanishi 
ta`kidlanib, uning ijtimoiy-madaniy mohiyati inkor etiladi.  
Liotar  bilim  evolyutsiyasini  tadqiq  etar  ekan,  axborotlar  va  ilmiy  bilimni  diskurs, 
narrativ  sifatida  tavsiflaydi.  Muallif  bilimlarning  tafakkur  va  shaxsdan  ajralishini, 
postmodernizm davrida bilim ham ishlab chiqaruvchi va iste`molchining munosabatini ifodalab, 
ishlab  chiqarish  munosabatlariga  daxldor  bo`lishini  ta`riflab  o`tadi.  Uning  fiikricha,  bilim 
almashish,  sotish  uchun  ishlab  chiqariladi.  Legimizatsiya-olim  fikricha,  jamiyatning  ilmiy 
bilimlarni tan olishidir.Fanni Liotar ishlab chiqarish legimizatsiya qilishini ta`kidlaydi
120[86]

Har  bir  jamiyat  taraqqiyoti,  uning  rivojlanishi  ilmiy  bilimlar  bilan  bog`liq,  ammo 
hech  qachon  jamiyat,  insoniyatning  kelajakdagi  taraqqiyot  yo`li  bugungidek  ilmiy  bilimlarga 
bog`liq bo`lmagan.  
Adabiyotlarda  axborotlashagan  jamiyat,  bilim  jamiyati,  postindustrial  jamiyat, 
globallashib  borayotgan  jamiyat  sifatida  ta`riflanayotgan  zamonaviy  jamiyat  texnologiyalar 
asosida  modernizatsiyalashib  bormoqda.  Axborot  va  bilim  XX  asrning  oxirlaridan  boshlab 
texnologiyalarning  (informatika,  elektronika,  biotexnologiya,  nanotexnologiya  va  h.k.) 
fundamenti hisoblanadi
121[87]
.  
                                            
120[86]
 Liоtar. Jan Fransua. Sоstоyanie pоstmоderna.- M., Alteyya. 1998.  
121[87]
 Abdullaeva M.N. Pоkachalоv G. Filоsоfskie prоblemi` metоdоlоgii nauki. -T., Falsafa va huquq .2006. S.37. 


Zamonaviy  globallashuv  va  axborotlashuv  jarayonlari  insoniyat  tarixidagi 
modernizatsiya  sifatida  namoyon  bo`ladi.  Bu  jarayonlar  insoniyat  tarixining  butunlay  yangi 
sifatiy  o`zgarishlar,  transformatsiyalar  davrini  boshlab  berdi  deyish  mumkin.  Mazkur 
o`zgarishlarning  ijobiy  natijasi  har  bir  mamlakat,  har  bir  davlat,  jahon  mifqyosida  ilm-fanning 
rivojlanish darajasi bilan belgilanmoqda. Natijada fan rolining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, 
uning  roli  o`zgardi.  Bugungi  kunda  fan  sifat  jihatidan  yangi  funktsiyalarni  bajaradi  ularning 
asoiylari  sifatida  ekomuvozanatni  saqlash,  tabiat  va  jamiyatni  boshqarish  funktsiyalarini 
ko`rsatish  mumkin.  Tadqiqot  faoliyatining  maqsadida  ham  o`zgarishlar  sodir  bo`ldi.  Ilmiy 
tadqiqotlar  bugungi  kunda  faqat  ilmiy  maqsadlarni  ko`zlamasdan,  boshqaruv,  axborot, 
loyihalashtirish,  texnik-ishlab  chiqarishni  ham  nazarda  tutadi;  yangi  bilimlarni  ishlab 
chiqaruvchi  ilmiy  tadqiqot  birlashmalari  yangi  bilimlarni  yaratibgina  qolmay,  moddiy-ishlab 
chiqarish  funktsiyalarini  ham  bajaradilar.  Bir  so`z  bilan  aytganda  zamonaviy  globallashuv 
davrida bilim asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi.  
Modernizatsiya  jarayonlari  jamiyatning  rivojlanishi  uchun  o`z  –  o`zini  tashkil  etish 
jarayonidir.  YA`ni  har  qanday  tizim  ma`lum  davrga  kelganda,  miqdoriy  va  sifatiy  o`zgarishlar 
natijasida  yangilanishi,  innovatsiyalarni  amalga  oshirishi  lozim  bo`ladi.  SHu  sababli 
modernizatsiyani  jamiyatning  rivojlanish  tomon  intilishi  -  kompleks  ijtimoiy  o`zgarish  sifatida 
ta`riflash  mumkin.Unda  ilmiy  bilimlar  tizimi  muhim  o`rin  tutadi.  CHunki  jamiyat  murakkab, 
ko`p qirrali ijtimoiy tizim, bilim esa uning muhim elementi hisoblanadi. Modernizatsiya davrida 
qadriyatlar, bilimlar va madaniyat an`anaviy jamiyatdagidan o`zgaradi.  
Rivojlangan davlatlar hisoblanayotgan Amerika va G`arbiy Yevropa jamiyatlarining 
rivojlanish mezonlarida modernizatsiya jarayonlari va fandagi transformatsiya jarayonlari o`zaro 
bog`liqlikda  borayotganligining  guvohi  bo`lamiz.  Bu  davlatlardagi  modernizatsiyaning 
mexanizmini innovatsiyalar tashkil etadi. Ulardagi rivojlanish maromi juda tez, rivojlanish yo`li 
mustaqil, o`ziga xosdir.  
Jamiyat  ana  shu  mexanizmlar  asosida  rivojlanib  kelgan.  Bu  jarayonlarning  tartib 
parametri  zamonaviylashtirish  hisoblanadi.  Bu  tartib  parametri  murakkab  tizim  elementlarining 
barchasini  bo`ysundiradi.  SHu  sababli  jamiyatdek  murakkab  tizimning  elementi  bo`lgan  fan  va 
bilimlarni  uzatish  vositasi  bo`lgan  ta`lim  tizimida  ham  doimiy  yangilanish,  transformatsiya 
jarayonlari sodir bo`ladi. Fan va jamiyatdagi bunday o`zgarishlar sinergetik o`zaro bog`liqlikda 
namoyon  bo`ladi.  Jamiyatdagi  ijtmoiy  o`zgarishlar  fan  va  bilimlar  tizimida  ham  o`zgarishlarni 
keltirib  chiqaradi  va  aksincha  fandagi  transformatsiya  jarayonlari  jamiyatdagi  transformatsiya 
jarayonlariga sabab bo`lishi mumkin.  
SHu  ma`noda  zamonaviy  ijtimoiy  -  madaniy  tizimlarning  evolyutsiyasi  endilikda 
nochiziqli  fan  qonuniyatlariga  asoslanayotganligi  buning  isbotidir.  Zamonaviy  modernizatsiya 
jarayonlarining  aniq  natijasini  bashorat  qilish  mumkin  emas:  mazkur  jarayonlar  dinamikasi 
bifurkatsion xarakterga egadir. Ammo zamonaviy ijtimoiy tartibni bayon etish uchun juda ko`p 
atamalar  –  informatsion  jamiyat,  xizmat  ko`rsatish  jamiyati,  bilimlar  jamiyati,  postindustrial 
jamiyat  atamalarining  qo`llanishiga  qaramasdan,  bitta  mavzu  hech  o`zgarmay  barqaror  turibdi-
bu  bo`lg`usi  jamiyat  uchun  informatsiya  –axborotning  yoki  bilimlarning  muhim  ahamiyat  kasb 
etishini anglash mavzusidir‖
122[106]
. SHu sababli keyingi paytda olimlar jamiyatni yangilanishida 
bilim va axborotlarning hal qiluvchi ahamiyatini ilmiy – metodologik tahlil etishga ka`tta e`tibor 
qaratmoqdalar.  Masalan,  Toffler  o`zining  ―  Uchinchi  to`lqin‖,  ―Inqilobiy  boylik‖  asarlarida 
ijtmoiy  taraqqiyotning  barcha  bosqichlarida  insoniyat  bilim  natijasida  rivojlanayotganligini, 
                                            
122[106]
 Giddens E.. Sоtsiоlоgiya.-T.,SHarq 2002. 744-b.  


zamonaviy  jamiyat  oldingilaridan  farqli  o`laroq  yuksak  texnologiyalarga  asoslangan  ―boylik 
yaratish‖  tizimiga  o`tayotganligini  e`tirof  etadi
123[107]
.  Demak,  murakkab  tizim  bo`lgan 
jamiyatning  bifurkatsiya  nuqtalarida  jamiyat  rivojlanishning  bir  nechta  yo`llari  orasidan  o`zi 
uchun  eng  maqbulini  tanlab  oladi.  Bu  tanlovga  ijtimoiy  subyektlarning  bilim  va  ahloqiy 
qadriyatlari katta ta`sir ko`rsatadi. SHu sababli jamiyat murakkab o`z-o`zini tashkil etuvchi tizim 
sifatida  jamiyatda  fan  va  bilimlarni  translyatsiya  qiluvchi  ta`lim  tizimini  rivojlantirish  asosida 
rivojlanadi.  Jamiyatdagi  modernizatsiya  jarayonlari  fandagi,  ta`limdagi  yangilanishlar  bilan 
o`zaro  mutanosiblik,  sinergetik  o`zaro  bog`liqlikda  sodir  bo`ladi  va  ana  shundagina  ijobiy 
natijaga erishiladi. 
 
Mamlakatni  modernizatsiya  qilishning  asosiy  vazifalari  milliy  g`oyamizni  hayotga 
tatbiq  etish,  rivojlanishni  YAngi  yuksak  pog`onalarga  ko`tarilishini  nazariy-amaliy  asoslarini 
vjudga keltirish va yoshlarni barkamol avlod qilib tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratishdan 
iboratdir. Bugungi kunda modernizatsiya qilish inson faoliyatining, deyarli barcha faoliyatlarida 
olib borilmoqda. Modernizatsiya qilish davlatimizning ichki siyosatining namunasi bo`lib, Vatan 
tinchligiga,  Vatan  taraqqiyotiga,  xalqning  farovon  va  erkin  hayotini  ta`limlashga  qaratilgan 
murakkab  jarayondir.  Modernizatsiya  qilish  mamlakatimizni  ichki  vazifalari  bilan  birga,  uning 
fan,  iqtisod,  madaniyatini  taraqqiyoti  asosida  jahon  tsivilizatsiyasiga  integratsiyasini,  taraqiy 
etgan  davlatlar  qatoriga  chiqish  masalalari  bilan  bog`liqdir.  Mamlakatimizda  olib  borilayotgan 
siyosiy,  iqtisodiy,  liberilizatsiyasi  sud-huquq  islohotlari,  demokratik  o`zgarishlarning  asosini 
modernizatsiya  paradigmasi  tashkil  etadi.  Nodavlat  notijorat  tashkilotlarning  faoliyati 
mamlakatimizdagi  demokratik  tizimning  yangilanishi  ijtimoiy  hayotdagi  o`zgarishlar,  ijtimoiy 
muhofaza siyosati barchasi  an`anali  yondoshuvdan  yangicha zamonaviy  yondoshuv  asosida ish 
olib borishga asoslangandir.  
Butun jahon inqrozi davrida mamlakatimiz bu salbiy ta`sirlarni bartaraf etish chora-
tadbirlarni  ishlab  chiqi.,  va  amaliyotda  tatbiq  qilgani  yutuqlarga  erishgani  ham  yangi  ijtimoiy-
iqtisodiy  sharoitlarga  muvofiq  yangi  yondoshuv,  siyosatga  asoslaganligini  bildiradi. 
Modernizatsiya  qilish  inson  faoliyatining  barcha  sohalariga  kirib  kelmoqda  va  ijtimoiy-siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarida natijalarini kuzatmoqdamiz. 
Modernizatsiya  murakkab,  kompleksli  voqeylik.  Uni  tashkil  qiluvchi  elementlari 
orasida  bilim  va  savodxonlik  darajasini  oshib  borishi  takidlanadi.  Bu  muammo,  ya`ni  bilim  va 
savodxonlik  darajasini  oshib  borishi,  birinchidan  barkamol  avlod  shakllanishini  ma`naviy 
poydevori,  ikkinchidan  ularning  ijtimoiy  muhit  bilan  bog`liq  mohiyati,  uchinchidan 
modernizatsiya  jarayoni  epistemologik  qarashlaridagi  o`zgarishlari  bilan  aloqadorligini  ilmiy-
nazariy  tahlii  uchun  zamin  tayorladi.  Bilim,  savodxonlik  jamiyatning  kuchli  quroli  va  inson 
jamiyatining  taraqqiyotining  poydevoridir.  Bilimni  mohiyatini  tushunish  va  uni  amaliyotga 
tadbiq  qilish  hozirgi  zamonning  dolzarb  muammolaridan  biri.  Zamonaviy  innovatsion 
texnologiyalar,  siyosiy  texnologiyalar,  o`quv  jarayonlarida  qo`llaniladigan  yangi  texnologiyalar 
barchasi savodxon insonning bilimiga bog`liq. 
Hozirgi davrda ko`pgina, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarga ilmy-fanga, innovatsion 
texnologiyalar,  innovatsion  iqtisodiy  texnologiyalariga  bo`lgan  e`tibor,  ularning  rivojlanishiga 
ajratilgan  mablag`  o`sib  borayotgani  diqqatga  sazovordir.  SHu  bilan  bir  vaqtda  insonning 
ma`naviyati, jamiyatda mavjud ma`naviy muhitning ahamiyati kattadir. 
                                            
123[107]
 Tоfler E., Tоffler Х. Revоlyutsiоnnоe bоgatstvо. -M., 2007. S.388. 


Hozirgi  kunda  inson  faoliyatining  barcha  sohalaridagi,  jumladan  madaniyat 
qadriyatlari  va  mentalitetdagi  o`zgarishlar,  inson  ongidagi  modernizatsiyasining  muhim  jihati 
bo`lib, zamonaviy reallikka adekvatligini talab qiladi. 
Buning  natijasida  dunyoni  idrok  etish  tamoyillarida  ham  o`zgarishlar  vujudga 
kelmoqda.  Endilikda,  har  qanday  sodir  bo`lgan  qiyinchilikni  bartaraf  etish  uchun,  uning 
oqibatida  vujudga  kelgan  muvozanatimizda,  tartibsizlikdan  chiqib  ketish  uchun  imkoniyatlarni 
izlash kerak. 
Tartibsizlik,  muvozanatsiz  tizim  yangi  imkoniyatlar  vujudga  keladi  va  bu  holatdan 
barqarorligiga  o`tish  yo`llarini  anglab  olish  umkin,  ya`ni  beqarorlik,  tartibsizlikda  barqaorlikka 
o`tishning  imkoniyatlari  mavjud,  shulardan  tanlab  olish  imkoniyati  inson,  jamiyat,  davlatga 
bog`liq. Inson tafakkkuri zamonamizni o`ta o`zgaruvchanligini adekvat in`ikos etish uchun yangi 
tushuncha, tamoyillar,  yondoshuvlar, nazariyalarni  yaratadi. Modernizatsiya paradigmasi  shular 
qatorida ilm-fan, jamiyatni rivojlanishini adekvat in`ikos etish uchun yaratilgan. 
Barcha globallashuv jarayonlarida iqtisodiy globallashuv etakchi ahamiyatga ega. U 
ta`lim  sohasidagi  globallashuvni  ham  belgilaydi.  Bir  tomondan  ishlab  chiqarish  va  boshqaruv 
sohalarida bir xil bilim, qo`nikma va usullar talab qilinadi. Boshqa tomondan ta`lim sohasining 
o`zi  ham  global  bozor  va  raqobat  sharoitida  faoliyat  ko`rsatishi  kerak.  YUzaga  kelgan 
muammolarga  javoban  masofadan  ta`lim,  umr  davomida  ta`lim  va  Bolon`ya  jarayoni,  deb 
yuritiladigan  choralar  vujudga  keldi.  Globallashgan  xo`jalik  va  transmamlakat  korporatsiyalar 
bir  mamlakatda  ta`lim  olib  boshqa  mamlakatda,  undan  yana  uchinchisiga  o`tib  ishlay  oladigan 
mutaxassislarni  talab  qiladi.  YUqoridagilarda  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalari  turli 
miqyosda bo`lsa-da, katta ahamiyat qasb etadi.
124[135] 
 
 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish