Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz oqibati Reja



Download 32,88 Kb.
bet7/7
Sana31.03.2022
Hajmi32,88 Kb.
#522071
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz oqibati

5 taklif va 5 tashabbus
Xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganib, aytish mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayoni aholining huquqiy savodxonligini oshirish bilan bog‘liq.
Birinchidan, odamlar ongida huquqiy tushuncha, tasavvur, baholash, fikr yuritish kabi jarayonlargina shakllanib qolmasdan, balki huquqiy tizimning turli sohalari (huquq ijodkorligi, huquqiy amaliyot, sud, sud jarayoni, jazo tayinlash, adliya organlari xizmati, prokuratura va boshqalar) haqida ham tushuncha bo‘lishi zarur.
Ikkinchidan, shaxs huquqiy ongining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarning kelajagiga ta’sir etadi. SHu sabab amaldagi qonun hujjatlaridan oqilona foydalanish lozim.
Uchinchidan, shaxs huquqiy ta’lim orqali huquq asoslarini, uning asosiy normalarini bilib oladi. SHundagina huquqiy bilimlarni hayotga tatbiq etish, qonunga rioya etishni shakllantirish, huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlikka erishiladi.
To‘rtinchidan, huquqiy talablar ongda aks etib, shaxs tomonidan anglanadi, tushuniladi va o‘zlashtiriladi, insonning huquqqa munosabatini belgilovchi taassurot va ishonchni paydo qiladi. Bu shaxs huquqiy ongini shakllantirishda yangi usul va vositalarni tadqiq etishni taqozo etmoqda.
Beshinchidan, konstitutsiyaviy savodxonlik huquqiy ongni shakllantirishda muhim omil ekanligi sababli ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llarini izlash kerak.
Aynan shuning uchun ham shaxs huquqiy ongini shakllantirish orqali mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va islohotlarni to‘g‘ri anglaymiz, ularga moslashamiz.
O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
SHu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda.
Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda.
Prezidentimiz “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”, deb alohida ta’kidladi.
2017 yil 4 yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani bu boradagi muhim qadam bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos yaratdi. Bu davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabat qaror topadi.
34 moddadan iborat qonunda, avvalo, korrupsiya bilan bog‘liq tushunchalar berilgan. Korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo‘nalishlari mustahkamlangan. Unga ko‘ra, qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi, qorrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplaridir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sirasiga aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish kiradi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash ham shular jumlasidandir.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi vakolatli organlar tizimi keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Adliya vazirliklari, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlaridir. Qonunga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga asosan boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
Qonunda ko‘rsatib o‘tilgan organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida amalga oshiradigan ishlari aniqlashtirildi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z vakolatlari doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi.
Qonundan kelib chiqib korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va ularning tizimlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid faoliyat yanada takomillashadi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalarni tashkil etish nazarda tutilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Bunday komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
Idoralararo komissiya sohaga oid faoliyatni muvofiqlashtirish bilan birga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi.
Qonundagi e’tiborli jihatlardan yana biri, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning ishtirok etishi mexanizmlari belgilanganidir. Zero, bu institutlar jamiyatda jamoat nazorati qaror topishida, adolat muvozanati ta’minlanishida o‘ziga xos o‘rin tutib kelmoqda. Ularning jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korrupsiya illatiga qarshi kurashishda ishtirok etishi shu yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligi oshishiga xizmat qiladi.
Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarda davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish, ma’muriy tartib-taomillar, davlat xaridlarini amalga oshirish sohalarida korrupsiyaning oldini olish, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi kabi masalalar qamrab olingan.
Qayd etib o‘tish kerakki, qonun iqtisodiyotimizda muhim o‘rin tutayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlari muhofazasini yanada kuchaytirdi. Bu borada ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillar soddalashtiriladi va ularning tezkorligi oshiriladi. Davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalari yanada maqbullashtiri-ladi. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish tizimi takomillashtirilib, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi. Bu choralar mamlakatimizda qulay biznes muhiti mustahkamlanishi, tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish yanada kuchayishiga keng yo‘l ochadi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga oid me’yorlar belgilangani qonunning muhim jihatlaridan. Qonunga muvofiq korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning zamonaviy shakllari va uslublaridan foydalaniladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlariga doir murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi ta’minlanadi.
Qonunning 26-moddasiga muvofiq davlat organlari xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga oid barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek, davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart. Ushbu majburiyatning davlat organlari xodimlari tomonidan bajarilmasligi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga ko‘ra muayyan huquqlardan, shu jumladan, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etilishi mumkin. YUridik shaxslar ham korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, yangi qonun nafaqat korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi mustahkamlanishi, balki har bir rahbar, har bir fuqaroning o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan, halol ado etishini talab etadi. Bu mamlakatimizda sog‘lom muhit qaror topishiga, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.


O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy - huquqiy mexanizmlari.


Insonni qiyin ahvolga tushiradigan, ruhan ezadigan holatlar ichida eng og‘iri adolatsizlik hisoblanadi, deyish mumkin. Uning bir ildizi korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lib, bu shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishida ifodalanadi.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlanmoqda.
2017 yil 4 yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani korrupsiyaga barham berish uchun barcha asoslarni yaratib berdi. Mazkur qonun ijrosi to‘liq va samarali ta’minlanishi uchun 2017 yil 2 fevralda davlatimiz rahbarining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar echimi paydo bo‘ladi. Har birimiz qaerda, qanday muammoga duch kelsak, uning hal etilishida mas’ul shaxslarning mas’uliyatsizligi yoki ta’magirligiga guvoh bo‘lganda sharoitga bo‘ysunish, indamay ketaverish yoxud chidash o‘rniga bong urishimiz kerak. Mas’uliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan murosasizlikni o‘zimizdan boshlashimiz darkor. SHunda mudrayotgan mansabdor uyg‘onadi, zimmasida qanday mas’uliyat borligini his etadi.
"Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunda bizning bu boradagi huquqlarimiz kafolatlangan. Qonunga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarlik faktlariga doir murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi ta’minlanadi.
Davlatimiz rahbarining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida "2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi" tasdiqlandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.
Mazkur komissiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorligini ta’minlaydi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlaydi.
Komissiya korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi va tahlil etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi.
Bu vazifalar tegishli idoralar va mas’ul shaxslar tomonidan izchil ta’minlanadi. Zero, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Xalqimizning tom ma’nodagi adolat qaror topgan jamiyatda yashashi uchun nafaqat mas’ul shaxslar, balki har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi zarur. Bu fuqarolarimizda korrupsiyaga, aniqroq aytganda, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan murosasizlik kayfiyati, madaniyati shakllanishiga ham bog‘liq. CHunki har qanday qonunbuzarliklar sodir etilishiga, ko‘payishiga ko‘p hollarda o‘zimizning befarqligimiz, loqaydligimiz sabab bo‘lib kelmoqda. Barchaning yakdilligi, yurt taqdiriga daxldorligi kuchayishi har qanday illatning batamom barham topishiga xizmat qiladi.
Nazorat ishi:
1. Korrupsiya tushunchasini mohiyatini izohlang?
2. Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklarini tushuntirib bering?
3. Aholi huquqiy savodxonligining pastligi degenda nimani tushunchasiz?
4. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan mamlakatlarni sanab bering?
Download 32,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish