Global iqtisodiy rivojlanish


IV bob bo’yicha qisqacha xulosalar



Download 3,18 Mb.
bet57/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

IV bob bo’yicha qisqacha xulosalar
Global muammolar deganda, sayyoramizdagi barcha odamlarning hayotiga ta’sir etadigan va ularni hal etish uchun barcha davlatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari zarur bo‘lgan muammolar tushuniladi.
Turli adabiyotlarda global muammolarning belgilari sifatida odatda quyidagi to‘rtta mezonga javob beradigan belgilar ko‘rsatiladi:
- ular universal xarakterga ega: nafaqat insoniyatning, balki sayyoramizning deyarli har qanday hududida mavjud butun tiriklik olamining manfaatlariga ta’sir qiladi;
- butun dunyoda, shuningdek, alohida qit’alar, mintaqalar va mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida ob’ektiv omil sifatida yuzaga keladi;
- ushbu muammolarni o‘rganish va hal qilish sayyoramizdagi barcha odamlar, mamlakatlar, davlat organlari va fuqarolik tashkilotlarining xalqaro darajadagi birgalikdagi sa’y-harakatlarini o‘z ichiga oladi;
- hal etilmagan global muammolar insoniyatning bugungi hayoti va kelajagiga tahdid soladi.
Globallashuv muammolari tasniflarini nazariy jihatdan o‘rgangan holda bugungi taraqqiyot davri uchun xarakterli bo‘lgan quyidagi guruhlarni belgilash mumkin:
1-guruh. Global siyosiy muammolar.
2-guruh. Global iqtisodiy muammolar.
3-guruh. Global ijtimoiy muammolar.
4-guruh. Global ekologik muammolar.
Insoniyat tarixidagi globallashuv 5 ta davrga ajratiladi.
1. XII asr o‘rtalari – XV asr oxiri.
2. XVI asr o‘rtalari – XVII asrning ikkinchi yarmi.
3. XVIII asr.
4. 1840-1920-yillar.
5. 1960-yillarning oxiri – hozirgi davr.
Mavjud adabiyotlarda globallashuv jarayoni bosqichlari uning alohida xususiyatlari va belgilariga ko‘ra uchta asosiy davrga bo‘lib ko‘rsatiladi.
I bosqich – 1880-1920 yillar. Ushbu bosqichning asosiy belgisi globallashuv jarayoni ishtirokchilarining asosiy maqsadi siyosiy va iqtisodiy mustamlakalardagi xom ashyo manbalarini egallab olishga qaratilganligidir.
II bosqich – 1920-1970 yillar. Ushbu bosqichning asosiy belgisi jahondagi mahsulot bozorlarini egallab olishga urinish hisoblanadi.
III bosqich – 1970 yildan hozirgi kunga qadar. Ushbu bosqich investitsiya tarkibining optimallashuvi, global yoki mintaqaviy xalqaro iqtisodiy integratsiya afzalliklaridan foydalanish, global raqobatbardoshlikni ta’minlash, saqlash va oshirish asosida jahonning tez o‘sib borayotgan bozorlaridagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish