Global iqtisodiy rivojlanish


-jadval Antigloballashuv yo‘nalishidagi noroziliklarning xronologiyasi



Download 3,18 Mb.
bet56/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

4.1-jadval
Antigloballashuv yo‘nalishidagi noroziliklarning xronologiyasi

O‘tkazilish joyi

Vaqti

O‘tkazilgan rasmiy xalqaro uchrashuvlar nomi



Norozilik bildiruvchi qatnashchilarning
soni, (ming kishi)

Siyetl (AR)

1999, noyabr

Jahon savdo tashkiloti

100

Praga (Chexiya)

2000, sentabr

Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki

10

Davos (Shveysariya)

2001, yanvar

Umumjahon iqtisodiy Forumi

30

Gyoteborg (Shvetsiya)

2001, iyun

AQSh-Yevropa Ittifoqi Sammiti

25

Portu-Alegri (Braziliya)

2001,yanvar

Umumjahon ijtimoiy Forumi

20

Genuya (Italiya)

2001, iyul

“Sakkizlik” (G8) Sammiti

300

Barselona (Ispaniya)

2002, mart

Yevropa Ittifoqi sammiti

500

Florensiya (Italiya)

2002, noyabr

Yevropa ijtimoiy forumi

1000

Plato Larzak (Fransiya)

2003, avgust

Fransiya antiglobalistik harakatining 30-yilligi

300

Mumbay (Hindiston)

2004, yanvar

Umumjahon ijtimoiy Forumi

100

Portu-Alegri (Braziliya)

2005, yanvar

Umumjahon ijtimoiy Forumi

150

Antigloballashuv xarakteridagi noroziliklar ko‘pincha rasmiy sammitlar va xalqaro uchrashuvlarga moslab o‘tkazilib, paralell sammitlar deb ham atala boshlandi. 1988-2001 yillar davomida 70 ga yaqin parallel sammitlar o‘tkazilgan. Antiglobalistlar har kuni dunyoning turli burchaklarida har xil ijtimoiy forum, miting va turli xil namoyishlar o‘tkazishadi.


2003 yilgacha dunyoda 2500 ta antiglobalistik tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgan. Oxirgi yillarda ular tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar qatoriga quyidagilarni aytib o‘tish mumkin. 1999 yil iyunda Kyolnda antiglobalistlarning birinchi yirik namoyishi bo‘lib o‘tdi. 2000 yilda antiglobalistlarning informatsion tarmog‘i Indi Media tashkillashtirildi. 2001 yil yanvarda Braziliyaning Portu-Alegri shahrida antiglobalistlarning Umumjahon ijtimoiy forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 122 davlatdan 20 ming vakil qatnashdi. 2001 yil Genuyadagi “Katta sakkizlik”ning uchrashuvini buzish uchun 300 ming antiglobalistlar yig‘ilishdi. Qarama-qarshi kuchlar to‘qnashishi natijasida bir nafar vakil va bir nafar politsiya xodimi qurbon bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi kattiq jarohat oldi. 2006 yil yanvarda Karakasda Umumjahon ijtimoiy forumi bo‘lib o‘tdi.
Oxirgi yillarda yuqorida aytib o‘tilgan ATTAC tashkilotidan tashqari quyidagi antiglobalistik loyihalar ham tashkil topdi.
Antigloballashuv xarakteridagi noroziliklar ko‘pincha rasmiy sammitlar va xalqaro uchrashuvlarga moslab o‘tkazilib, paralell sammitlar deb ham atala boshlandi. 1988-2001 yillar davomida 70 ga yaqin parallel sammitlar o‘tkazilgan. Antiglobalistlar har kuni dunyoning turli burchaklarida har xil ijtimoiy forum, miting va turli xil namoyishlar o‘tkazishadi.
2003 yilgacha dunyoda 2500 ta antiglobalistik tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgan. Oxirgi yillarda ular tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar qatoriga quyidagilarni aytib o‘tish mumkin. 1999 yil iyunda Kyolnda antiglobalistlarning birinchi yirik namoyishi bo‘lib o‘tdi. 2000 yilda antiglobalistlarning informatsion tarmog‘i Indi Media tashkillashtirildi. 2001 yil yanvarda Braziliyaning Portu-Alegri shahrida antiglobalistlarning Umumjahon ijtimoiy forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 122 davlatdan 20 ming vakil qatnashdi. 2001 yil Genuyadagi “Katta sakkizlik”ning uchrashuvini buzish uchun 300 ming antiglobalistlar yig‘ilishdi. Qarama-qarshi kuchlar to‘qnashishi natijasida bir nafar vakil va bir nafar politsiya xodimi qurbon bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi kattiq jarohat oldi. 2006 yil yanvarda Karakasda Umumjahon ijtimoiy forumi bo‘lib o‘tdi.
Oxirgi yillarda yuqorida aytib o‘tilgan ATTAS tashkilotidan tashqari quyidagi antiglobalistik loyihalar ham tashkil topdi:
- “Global harakat”. Katta megapolis va qishloq markazlari ko‘chalarida muntazam ravishda qat’iy noroziliklarni o‘tkazishga qaratilgan harakat;
- “Blek Blok” (“Black block”). Magazin va ofislarni talon-taroj qilishga va politsiya bilan to‘qnashuvlarga ixtisoslashgan, anarxizm pozitsiyasida turadigan, kapitalizm, davlat va urushlarga qarshi harakat;
- “Uchinchi pozitsiya” («The Third Position»). Tashkilot Londonda tashkil topdi. Mafkuraviy asosi – qarshilikning agressiv usullarini qo‘llovchi eng chap va eng o‘ng tomon dunyo qarashiga ega bo‘lganlar guruhi;
- “Ya Basta”. Italyan tashkiloti, Chyapas harakatini qo‘llab-quvvatlovchi va neoliberalizmga qarshi guruh;
- «Xaktivist». Xaker aktivistlarning uyushmasi bo‘lib, ular asosan siyosiy masalalar bo‘yicha harakat qilishadi;
- Radikal ekologlar (etakchi Ralf Nayder va nazariyotchi Myurrey Bukchin). Ular faqat bozor iqtisodiyotiga qarshi kurash orqali total ekologik talofatlarni oldini olish mumkin degan g‘oyani ilgari surishadi.
Antiglobalistlar globallashuvning asosan quyidagi salbiy oqibatlarini dalil sifatida keltirishadi:
- boy va kambag‘al davlatlar daromadlari orasidagi farqning kattalashib ketayotganligi;
- ayrim madaniyatning ustunligi, erkin ijodning kamayishi, standart fikrlashning ko‘payishi;
- tabiatga nisbatan yirtqichlarcha munosabat, ekologik muammolarni “chetlab o‘tish”, iflos ishlab chiqarishlarni “uchinchi dunyo”ga ko‘chirish;
- kapitalni oshirish maqsadida neoliberalizm g‘oyalarining ravnaq topishi, rivojlanmagan mamlakatlarni xomashyo bazasiga aylantirish.
Ma’lumki, har qanday ijtimoiy-siyosiy harakat samaradorligi uch omilga bog‘liq: olg‘a surilayotgan fikrlarning mashhurligi yoki qanchalik zamondan orqada qolganligiga; tashkiliy tuzilmasiga; moliyaviy manbasining barqarorligiga.
Odatda ommaviy axborot vositalarida birinchi ikkita omil ko‘p talqin qilinsa-da, harakatning kuchini ko‘proq uchinchi omil aniqlaydi. Har qanday ijtimoiy-siyosiy harakat singari, antiglobalistik harakatning ham moliyaviy manbasi quyidagilar:
- majburiy yoki ixtiyoriy a’zolik badali;
- tarafdorlarning qo‘shgan hissalari;
- harakatga oid adabiyot va tovarlarni sotishdan tushgan mablag‘ (simvollar va agitatsion materiallar)
- davlat va turli xil fondlarning grantlari;
- madaniy va ta’limga oid tadbirlarni amalga oshirishdan tushgan mablag‘ (filmlarni namoyish qilish, adabiyotlarni sotish, festivallar, konferensiyalar, treninglar, seminarlar va h. k.)
Antiglobalistlar ham, odatda, buyurtma asosida namoyish, norozilik, festival va boshqa tadbirlarni o‘tkazishadi. Odatda, bunday namoyishlar Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta fondi, Jahon Banki, Katta sakkizlik, NAFTA va Yevropa Ittifoqining yig‘ilish sammitlariga qarshi uyushtiriladi. Antiglobalistlarni bezovta qiladigan yana bir masalalardan biri bu “yuqumli” moliyaviy inqirozlardir.
Antiglobalistlar, asosan, G‘arbning katta kapitalistik guruhlariga va TMKlariga qarshi turmoqdalar. Ularning fikricha, liberalizm g‘oyalari orqali TMKlar butun dunyoni boshqarishga intilishadi va shu bilan birga milliy qadriyatlarni toptashadi. Antiglobalistlar XVF va Jahon Banki tavsiya etgan siyosatni amalga oshirgan mamlakatlar ko‘pincha achinarli holatlarga tushib qolayapti, deb hisoblaydilar.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish