Glikozidlar


Yurak glikozidlariga rangli reaksiyalar



Download 1,05 Mb.
bet15/58
Sana26.06.2022
Hajmi1,05 Mb.
#707436
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
Glikozidlar

Yurak glikozidlariga rangli reaksiyalar


Yurak glikozidlariga rangli sifat reaksiyalar ko’p bo’lib, ularni uch guruhga bo’lish mumkin.
Yurak glikozidlarining skeleti - sterinlarga bo’lgan Liberman - Burxard reaksiyasi. Mahsulotdan tayyorlangan va bug’latib quritilgan ajratmani (yoki glikozidlarni) konsentrlangan sirka kislotada eritib, unga sirka angidridi va konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan (50:1 nisbatda) 2 ml qo’shib aralashtirilsa, birozdan so’ng (yoki biroz qizdirilsa) pushti-qizil rang hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan rang tezda ko’k yoki yashil tusga o’tadi.
Yurak glikozidlarining to’yinmagan lakton halqasiga Balye - Neyman reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga natriy pikratning spirtdagi 1% li va ishqorning suvdagi 10% li eritmalaridan qo’shilsa, to’q sariq rang hosil bo’ladi. Bu reaksiya yordamida tarkibida to’yinmagan lakton halqasi bo’lgan barcha yurak glikozidlarini aniqlash mumkin.
Yurak glikozidlari molekulasidagi dezoksisaxaridlarga (digitoksoza, simaroza va boshqa dezoksigeksozalarga) bo’lgan Keller - Kiliani reaksiyasi. Tarkibida temir (II) xloridning 5% li eritmasidan 2 tomchi bo’lgan 5 ml konsentrlangan sirka kislotada eritilgan 5-10 mg glikozid eritmasini probirkaga solib, ustiga oz miqdorda temir (II) xloridning 5% li eritmasi bo’lgan konsentrlangan sulfat kislotaning bir-ikki tomchisini probirkaning chetidan tushirilsa, har ikkala suyuqlik uchrashgan yerda yuqori qismi zangori yoki ko’k rangli qo’ng’ir halqa hosil bo’ladi.
Yurak glikozidlarining xromatografik tahlili
O’simliklar tarkibida yurak glikozidlarining borligini va yurak glikozidlar yig’indisining qancha glikozidlardan tashkil topganligini hamda ularni qanaqa glikozid ekanligini aniqlashda-(identifikatsiya qilishda) xromatografik tahlil usullaridan keng foydalaniladi.

Yurak glikozidlarining biologik tahlili


Dorivor o’simlik mahsulotlari va fitopreparatlar tarkibidagi yurak glikozidlarining miqdorini aniqlash uchun qator usullar bo’lishiga qaramasdan, davlat farmakopeyasi bu guruh glikozidlar saqlovchi mahsulotlarni vaqt-vaqti bilan biologik tahlil qilib turish, ya’ni mahsulotlarning hayvon organizmiga ta’sir qilish kuchini aniqlashni talab qiladi.
Davlat farmakopeyasi talabiga ko’ra, yurak glikozidlari bo’lgan dorivor o’simliklar, ularning mahsulot va fitopreparatlarini biologik faolligi - ta’sir kuchini (biologik standartizatsiyasini) mushukda, baqada va kaptarda o’tkazilishi talab etiladi. Natijada, 1 g (bir gramm) mahsulotning ta’sir kuchi - vallor aniqlanadi. Vallor esa baqaga ta’sir birligi (BTB yoki LED), mushukka ta’sir birligi (MTB yoki KED) va kaptarga ta’sir birligi (KTB yoki GED) bilan o’lchanadi.
Ko’zda tutilgan 30 g og’irlikdagi erkak o’rmon baqasining yuragini sistola holatida bir soat davomida to’xtatib qo’ya oladigan yurak glikozidlarining eng kichik miqdori BTB - LED (baqaga ta’sir etuvchi birlik) deb ataladi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish