Giyohvandlik



Download 75 Kb.
bet2/3
Sana01.09.2021
Hajmi75 Kb.
#162037
1   2   3
Bog'liq
GIYOHVANDLIK

Birinchi davr- odam organizmi reaktivligining o`zgarishi, ya`ni odamning narkotik moddaga moslashishi bilan xarakterlanadi. Giyohvandlikning boshlanish davrida odam narkotik modda qabul qilganida kayfiyati oshgandek, yaxshi dam olgandek, xordiq chiqargandek bo`ladi. Shuning uchun kundan - kunga odam organizmining narkotikka moslashuvi oshib boradi.O`zi belgilagan vaqtda narkotikni qabul qilishga intiladi. Birinchi davrda zarur chora-tadbirlar yordamida odamni giyohvandlik kasalligidan davolash ya`ni qutqarish mumkin.

Ikkinchi davr - giyohvandning narkotikka ruhiy bog`lanishi, ya`ni ruhiy mu`teligining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda giyohvand organizmining narkotikka o`rganib-moslashib qolishi birinchi davrga nisbatan yanada kuchayadi. Narkotik qabul qilganida bemorning kayfiyati vaqtincha yaxshilanadi. Qabul qilish muddati kechiksa kayfiyati buziladi, dunyo uning ko`ziga torayib qolgandek tuyuladi. Bu davrda giyohvandlik kasalligiga xos ruhiy buzilish belgilari paydo bo`ladi. Bemor narkotik qabul qilganida o`zini tetik, kayfiyati yuqori, bardam his etadi, kuchi oshadi, ish qobiliyati yaxshilanadi. Narkotikni qabul qilish muddati kechiksa giyohvandning ruhiyati buziladi, kayfiyati yomonlashadi. ish qobiliyati yo`qoladi. Shuning uchun u har qanday yo`l bilan bo`lsa ham narkotik topib. uni qabul qilish uchun barcha imkoniyatini safarbar qiladi. Chunki narkotik giyohvand uchun hayotiy zaruriyatga aylanadi. U narkotik topish va qabul qilish uchun, or-nomusi, vijdonidan voz kechadi. Giyohvand eng yaqin odamlariga nisbatan ham mehr oqibatini yo`qotadi. Narkotik sotib olishga pul topish uchun boshqalarga yolg`on gapiradi, tovlamachilik va o`g`irlik qiladi: U fikrlash, aql idrok bilan ish tutish qobiliyatini mutloq yo`qotadi, ya`ni ruhiy jihatdan nogironga aylanadi. Ikkinchi davrda giyohvandni davolash ancha murakkab va qiyin bo`ladi.

Uchinchi davr - giyohvandning narkotikka nisbatan nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan mu`teligining oshishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda giyohvandlik kasalligi juda chuqurlashadi. Giyohvandning yurak, o`pka, me`da-ichak, jigar, buyrak, nerv, endokrin va boshqa a`zolarida surunkali kasalliklar yuzaga kelganligi sababli uning nafaqat aqliy, balki jismoniy ish qobiliyati ham yo`qoladi. U ozgina harakat qilsa yuragi o`ynaydi, nafasi qisadi. Giyohvand ozadi, ranglari oqaradi, kamqonlik yuzaga keladi. Giyohvandning aqliy va jismoniy ish qobiliyati butunlay yo`qoladi, u nogironga aylanadi. Bemor narkotiksiz mutloq yashay olmaydigan bo`lib qoladi. Ovqat iste`mol qilmasa ham narkotikni topish va qabul qilishga barcha imkoniyatini sarflaydi. Lekin, birinchi va ikkinchi davrlarda narkotik qabul qilishi bilanoq bemorning ruhiy va jismoniy ish qobiliyati yaxshilangan bo`lsa, uchinchi davrda narkotik qabul qilganda ham ish qobiliyati yaxshilanmaydi. Chunki uning hamma to`qima va a`zolari narkotik bilan og`ir zaharlangani uchun bu a`zolarning faoliyati chuqur buzilgan bo`ladi. Uchinchi davrda giyohvandni davolash va sog`lomlashtirish juda qiyin bo`ladi.

Giyohvandda abstinensiya holati.Agar giyohvand o`z ixtiyori bilan yoki majburiy ravishda narkotik qabul qilishni to`xtatsa birinchi kunning oxiri va ikkinchi kunning boshida unda abstinensiya holati vujudga keladi.

Abstinensiya giyohvandlikka xos bo`lgan juda og`ir kasallik holatidir. Oddiy xalq tilida aytganda o`rgangan narkotikni qabul qilmaslik natijasida giyohvandning xumori tutadi. Bu holat nafaqat giyohvandda, balki toksikomanda, nos otuvchida, tamaki chekuvchida, spirtli ichimlikni muntazam iste`mol qilishga o`rgangan piyanistalarda ham yuzaga keladi.

Abstinensiya holati quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:

Abstinensiyaning birinchi kuni bemor tez-tez esnaydi, ko`zidan yosh oqadi, og`zidan so`lak ajralishi ko`payadi, burundan suv kelib, tez-tez aksiradi.

Abstinensiyaning ikkinchi kuni bemorning tana harorati ko`tariladi, u qaltiraydi, ko`p terlaydi, oyoq-qo`l bo`g`imlari qotib qolganday bo`lib harakatlanish qiyinlashadi.

Abstinensiyaning uchinchi kuni bemorning ko`ngli aynib qusadi, ichi ketadi, jag` muskullari tirishib og`riydi, og`zini ochib-yopish qiyinlashadi, qo`l-oyoq muskullari tirishadi va og`riydi.

Abstinensiyaning to`rtinchi-beshinchi kunlari bemorning ruhiyati buziladi, ko`ziga qo`rqinchli narsalar ko`rinadi, qulog`iga qo`rqinchli tovushlar eshitiladi (ya`ni ko`rish va eshitish gallyutsinatsiyalari yuzaga keladi), u baqiradi, so`kinadi, “narkotik beringlar” deb yalinadi, “bermasalaring o`ldiraman” deb qo`liga to`g`ri kelgan narsani otadi, boshini devorga urib yig`laydi.

Abstinensiyaning oltinchi-yettinchi kunlari bemor ruhiyatining buzilishi cho`qqisiga yetadi.U fikrlash qobiliyatini butunlay yo`qotadi, ya`ni jinni odamga o`xshab qoladi.Shifoxona yoki uyida qamab qo`yilgan bo`lsa eshik-derazani sindirib qochishga harakat qiladi, yo`lini to`sgan yoki ushlamoqchi bo`lgan odamni qo`liga tushgan narsa bilan uradi, hatto o`ldirishdan ham toymaydi.

Shifoxona yoki uyidan chiqib qochgan giyohvand bemor narkotik topish va qabul qilish uchun o`zining sheriklari yoki narkotik sotuvchining oldiga boradi.Agar u narkotikni pulsiz yoki qarzga topa olmasa pul topish uchun o`g`irlik qiladi.

Irodasi kuchli, bu kasallikdan tuzalishni ahd qilgan giyohvand abstinensiya holatining qiyinchiliklariga bardosh beradi, og`riqlarga chidaydi va nihoyat sakkizinchi–o`ninchi kunlardan boshlab ahvoli yaxshilana boshlaydi, ya`ni ruhiyati tinchlanadi, fikrlash qobiliyati tiklanadi, atrofdagilar bilan sog` odamdek muomala qiladi. Jag`, qo`l-oyoq muskullarining tirishib og`rishi, ko`ngil aynishi, tanasining harorati va kasallikning boshqa belgilari asta-sekin barham topadi.

Agar bemorga tibbiy yordam ko`rsatilsa abstinensiya holati yengilroq o`tadi, u tezroq tuzaladi. Lekin muntazam ravishda parvarish va nazorat qilish zarur. Bundan keyin ham bir yil davomida u nazorat qilinadi, uning ruhiyatini tinchlantirishga qaratilgan suhbatlar o`tkaziladi, oldingi sheriklari va narkotik sotuvchi bilan uchrashmasligiga qaratilgan chora-tadbirlar ko`rish lozim.

2Giyohvandlikning oqibati. Giyohvandlik asr vabosidir. Bu o`ta og`ir xastalik dunyodagi barcha mamlakatlarda ayniqsa yoshlar orasida tez sur`atlar bilan keng tarqalmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, Rossiyada har yuz odamga taxminan 5 ta giyohvand to`g`ri keladi, Amerikada undan ham ko`proq. Giyohvandlik juda og`ir xastalik va ijtimoiy illat bo`lib, u quyidagi yomon oqibatlarga olib keladi.2

Birinchidan, giyohvandlik kasaliga duchor bo`lgan odamnnig eng avvalo ruhiyati buziladi. U oilasida, jamiyatda sodir bo`layotgan voqealarga befarq bo`lib qoladi, hayotiy muhim masalalarni idrok qilish, mas`uliyatni his etish, fikrlash qobiliyatlarini yo`qotadi. Giyohvand ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, oilasi, bolalariga nisbatan mehr-oqibatsiz bo`lib qoladi. Giyohvand yoshlar o`qishdan soviydi, dars mashg`ulotlariga qatnashmay qo`yadi, fanlarni o`zlashtirishi pasayadi, o`qishga borish o`rniga boshqa giyohvandlarga qo`shilib vaqtini ko`chada, xilvat joylarda o`tkazadi, u o`zining tashqi qiyofasiga mutlaqo e`tibor bermay qo`yadi, ya`ni soch-soqolni o`z vaqtida oldirmaydi, kir bo`lgan kiyimlarni o`z hohishi bilan almashtirmaydi.

2Giyohvandda yuqorida aytilgan ruhiy buzilishlar, ya`ni aql-idrok, fikrlash qobiliyatining yo`qolishi uning bosh miyasi nerv hujayralarining narkotik bilan zaharlanishi oqibatidir.2

Ikkinchidan, giyohvand ruhiyatining buzilnshi, uning ijtimoiy jihatdan buzilishiga olib keladi. Giyohvandning asosiy maqsadi, intilishi, hayotining mazmuni narkotik topish va qabul qilishga qaratiladi. Chunki uning organizmi narkotikka o`rganib, unga qaram, mu`te bo`lib qoladi. U o`zini narkotiksiz yashay olmaydigandek his etadi. Giyohvand narkotikni har kuni belgilangan vaqtida muntazam ravishda qabul qilishi uchun ko`p pul kerak bo`ladi. Pul topish uchun yolg`on gapiradi, aldab qarz so`raydi, tovlamachilik, firibgarlik qiladi. Uyidagi buyumlarni sotadi, so`ngra qavm-qarindoshlari, qo`shnilarning pulini, buyumlarini o`g`irlaydi, asta-sekin o`z sheriklari bilan guruh bo`lib katta o`g`irlik qilish yo`liga o`tadi, jinoyatchiga aylanadi.

Uchinchidan, giyohvand bir necha yil davomida narkotik qabul qilishi tufayli surunkali zaharlanib, nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan ham nogironga aylanadi. Uning yurak, o`pka, jigar, buyrak, me`da-ichak kabi hayotiy muhim a`zolarida surunkali kasalliklar vujudga keladi. U ozroq harakat qilganida nafasi qisadi, yuragi o`ynaydi, lablari ko`karadi, jigar va buyrak sohalarida og`riq paydo bo`ladi. Shunday qilib, yuqorida aytilgan ruhiy nogironlikka jismoniy nogironlik ham qo`shiladi, va mehnat qilish layoqatini butunlay yo`qotadi. Hozirgi kunda giyohvandlarning aksariyati narkotikni in`eksiya (ukol) orqali qabul qiladi. Bitta shprits va igna bilan bir necha giyohvandlar bir-birlariga in`eksiya qiladilar. Buning natijasida ularning bittasidagi yuqumli kasallik boshqalariga ham yuqadi. Shu sababdan giyohvandlar orasida OITS, yuqumli gepatit (sariq kasalligi) keyingi yillarda ko`p tarqalmoqda. Bu ham giyohvandning fojiasidir.

2Statistik ma`lumotlarga ko`ra, giyohvand narkotik qabul qilishni boshlagandan keyin ko`pi bilan 20-25 yil umr ko`radi va ko`pchilik giyohvandlar 30-40 yosh atrofida hayotdan ko`z yumadi, uning keyingi yillardagi hayoti azob-uqubatda, xor-zorlikda, ruhiy va jismoniy nogironlikda o`tadi.

Bugungi kunda butun dunyoda giyohvandlik illati tufayli turli davosiz dardlar yuzaga kelayapti. OITS (SPID), jigar sirrozi, sil, o`sma kasalliklari, me`da-ichak xastaligi va homilaning mayib-majruh tig`ilishi ham ko`proq giyohvandlarda kuzatiladi.2

Giyohvandlik balosiga yo`liqib, boshi berk ko`chaga kirib qolgan iymoni, irodasi sust, o`z nafsining quliga aylangan ayrim kishilar bilan suhbatlashganimizda, bu illatning naqadar jirkanch, yovuz ekanligiga yana bir bor amin bo`lamiz.

Giyohvandning ijtimoiy qiyofasi.

Giyohvandlikka duchor bo`lgan odamning xulq-atvori, tashqi qiyofasining o`zgarishlariga qarab kasallikni o`z vaqtida aniqlab, tarbiyaviy va davolash tadbirlarini o`tkazishda quyidagi ma`lumotlar yordam beradi.

1. Giyohvandlik yo`liga kirgan o`smirning xulq-atvori birdaniga o`zgaradi. O`qishdan ko`ngli soviydi, sababsiz dars qoldiradi, o`zlashtirishi yomonlashadi, dars paytida uxlab o`tiradi, muomalasi qo`pollashadi.

2. Ishlaydigan o`smir yoki yigit giyohvandlikka duchor bo`lsa, uning ishga qiziqishi yo`qoladi, ish qobiliyati pasaya boshlaydi, ishda xatolarga yo`l qo`yadi, sababsiz ishga kelmaydi yoki kechikib keladi, vaqtidan oldin ketadi.

3. Giyohvand cho`ntagida xaltachaga solingan ko`knor (opium) urug`i va barglari, selofan xaltaga solingan qoradori, ampulada dori, shprits va ignalar, tabletkalar bo`ladi.

4. Giyohvand o`ziga tanqidiy ko`z bilan qarash qobiliyatini yo`qotadi. Uning kiyimlari g`ijim, kir, yirtiq, soch va soqoli o`sgan, umuman tashqi qiyofasi ko`rimsiz holatda bo`ladi.

5. Aksariyat giyohvandlarning tashqi qiyofasida yoshiga nisbatan erta qarish belgilari paydo bo`ladi: terisi quruqlashgan, yuzida tirishlar, sochi rangsizlanadi, erta oqaradi va to`kiladi, tirnoqlari sinuvchan bo`lib qoladi.Terisi oqimtir sarg`ich, qovoqlari shishgan, terisida tez-tez yiringli donachalar paydo bo`ladi.

6. Narkotikni in`yeksiya qilish orqali qabul qiladigan giyohvandlarning bilak, bo`yin, oyoqning oshiq sohasidagi vena tomirlari bo`ylab terisida igna sanchilgan o`rni bo`ladi.

7. Giyohvandda ijtimoiy faollik umuman yo`qoladi.U hech narsaga qiziqmaydi.Ota-ona, aka-uka, oila, farzand muammolari uniig hayoliga kelmaydi. Uning asosiy intilishi pul topib narkotik sotib olish, uni o`z vaqtida qabul qilishdan iborat bo`ladi. Narkotik sotib olish uchun har kuni pul topish kerak. Pulni esa ishlab topa olmaydi. Shu sababli o`g`irlik, tovlamachilik qiladi. U obro`, sharm-hayo, uyalish, vijdon kabi umuminsoniy qadriyatlarni butunlay unutadi.

8. Giyohvandlar guruhi odamlar ko`zi tushmaydigan xilvat joylarda to`planib kayf qilishadi, chor-devorlarda, qurilib bitmagan binolarda, ko`p qavatli uylarning yerto`lasida, daraxtlar panasida va hokazo. Giyohvandlar guruhi to`plangan joyni chetdan turib kuzatganda vaqt-vaqti bilan kulgi, xursandchilik shovqini, urushish, so`kinish shovqinlari o`rni almashib turadi.

Giyohvandni davolash. Barcha mamlakatlarda giyohvandlarni davolash uchun maxsus narkologik shifoxonalar yoki markazlar tashkil etilgan.

AQSh, Isroil, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlarning har birida o`ziga xos davolash uslubi qo`llanadi. Masalan, AQShda giyohvand bemorga u o`rgangan narkotik miqdorini asta-sekin kamaytirib davolash uslubi qo`llanadi.

Isroilning narkologik shifoxonalarida giyohvandni davolashda narkotik miqdorini kamaytirish bilan birgalikda uni mehnatga jalb etish uslubi qo`llanadi.

Tibetda budparast rohib (monax)lar bemorga tog`da o`sadigan ayrim o`tlardan damlama tayyorlab ichiradilar va bambuk daraxtidan tayyorlangan qamchi bilan maxsus usulda savalaydilar.

Bizning mamlakatimiz narkologik shifoxonalarida davolash jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi:

1. Bemor abstinensiya holatidan turli xil dorilar yordamida chiqariladi.

2. Abstinensiya holatidan chiqqan bemor ruhiyatini tinchlantirishga qaratilgan tadbirlar o`tkaziladi:

3. Bemorning umumiy quvvatini tiklashga qaratilgan tadbirlar, quvvatni oshiruvchi dorilar, vitaminlar qo`llaniladi:

4. Narkotikning zaharli ta`siri, uni qabul qilmasdan yashash mumkinligi haqidagi ma`lumotlar suhbatlar yordamida bemor ongiga singdiriladi.

3Giyohvandlikning oldini olish. Ko`pchilik olimlar, jamoat arboblarining fikricha, hozirgi kunda jahon mamlakatlarining hukumatlari va keng jamoatchilik oldida ikkita eng muhim, eng dolzarb vazifa turibdi, u ham bo`lsa insoniyatni giyohvandlik va OITS kasalligidan halos qilishdir.3

3Giyohvandlik har bir shaxs, oila, jamiyat taqdiri uchun eng og`ir illat ekanligini e`tiborga olib, jahondagi barcha mamlakatlarning hukumatlari, jumladan O`zbekiston hukumati tomonidan narkotikni taqiqlash to`g`risida maxsus qonun qabul qilingan. Qonunga ko`ra, narkotik moddalarni ekish, ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish, sotish, qabul qilish man etiladi. Shuningdek, qonunda narkotikning tibbiy va ijtimoiy zarari bo`yicha aholi orasida keng miqyosda tushuntirish ishlarini olib borish har bir fuqaroning burchi ekanligi qayd etilgan.3

3Giyohvandlikka qarshi kurashda xalq ta`limi, sog`liqni saqlash, huquq idoralari, ijtimoiy soha vakillari, yoshlar tashkilotlari va keng jamoatchilik hamkorlikda ishtirok etishlari lozim. Giyohvandlikning oldini olish maktabdan boshlanishi zarur. Chunki keyingi yillarda giyohvandlik maktab yoshidagi bolalar va o`smirlar orasida keng tarqalmoqda. Masalan, Rossiyada keyingi 10 yilda katta yoshdagi giyohvandlar orasida o`lim 12 marta ko`paygan bo`lsa, giyohvand bolalar va o`smirlar orasida 42 marta ko`paygan. Shu sababli Rossiya Davlat Dumasi 1998 yilning oxirida «Rossiyada bolalar va o`smirlar orasida narkomaniya va toksikomaniyaning oldini olishning shoshilinch tadbirlari bo`yicha» qaror qabul qilgan. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish maxsus komissiyasini tashkil etgan.3

Bolalar va o`smirlar orasida giyohvandlikning oldini olish masalasi avvalo ular ongida sog`lom turmush tarzini shakllantirishni talab etadi. O`sayotgan yosh avlod o`z sog`lig`ining naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ongli ravishda tushunishi kerak. Bolalar va o`smirlarni sog`lomlashtirish maqsadida keyingi yillarda Ukraina maktablarida «Valeologiya» - (sog`liq) fanini o`qitish joriy etilgan.

O`zbekiston Respublikasida yoshlar sog`ligini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash bo`yicha ko`pgina tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Sog`lom avlod uchun» xalqaro jamg`armasi, «Ekosan» fondi va Sog`liqni saqlash vazirligi taklifiga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinilg 1993 yil 3-dekabrdagi 589-sonli qarori bilan «Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish» ning kengaytirilgan dasturi tasdiqlangan. Mazkur dastur bo`yicha keng ko`lamda ish olib borilmoqda.

Giyohvandlikning oldini olish va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashishda mamlakatimizning har bir fuqarosi quyidagi tushunchalarga ega bo`lishi zarur.

- Giyohvandlikni O`zbekiston qonuni asosida man etilganligini bilish;

- Narkotiklarni uyda, yotoqxonada, mehmonxonada, cho`ntagida, buyumlar ichida saqlash man etilganligini bilish;

- Narkotiklarni sotish, bepul in`om etish, ularni qabul qilishni taklif etish yoki zo`rlash jinoyat ekanligi haqidagi tushunchaga ega bo`lish;

- O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining XIX-bobida bayon etilgan «Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish» jinoyat ekanligini bilish;

- Mazkur Kodeksning 270-271-272-273-274-275-276- moddalarida narkotik moddalarni ekish, ishlab chiqarish, sotish, tarqatish, saqlash jinoyat ekanligini har bir fuqaro bilishi va bunga amal qilishi lozim.




Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish