Kollagen tolalar. Kollagen (yunon. kolla-yelim, genos-yaratmoq, yelim hosil qiluvchi
xondrin tolalari nomi bilan mavjud. Kollagen tolalar siyrak biriktiruvchi to’qimada turli
yo’nalishda yotuvchi to’g’ri yoki egri-bugri tortmalar holida joylashadi. Kollagen tolalar
tarkibida fibrillyar oqsil-kollagen bo’lib, u fib-roblast hujayralarida polipeptid zanjirlar shaklida
hosil bo’la boshlaydi. Kollagen tolalar birlamchi fibrillalardan, ular esa protofibrillalardan,
Hozirgi vaqtda kollagenning 12 tipi mavjud. Bu tiplar har xil a’zolarda bo’lgan kollagenning
3-tip-homila terisining dermasida, retikulyar to’qimada va yirik qon tomirlar devorida
4-tip-bazal membranalarida va ko’z gavharini o’rovchi kapsulada joylashadi. Qolgan 5-12
tipdagi kollagenlarning xususiyatlari aniq emas. Kollagen tolalarda glitsin, prolin, oksiprolin,
glyutamin, asparagin kabi aminokislotalar ko’p bo’lib, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar
43
kam. Kollagen tolalar juda pishiq va cho’zilmaydi. Pay suyultirilgan ishqor va kislotalarda 10
marta shishadi.
Elastik tolalar. Elastik tolalarning hosil bo’lishi kollagen tolalarning hosil bo’lishiga
o’xshaydi. Fib-roblastlar elastik tolalarning ham hosil bo’lishida ishtirok etadi. Elastik tolalar
tolali biriktiruvchi to’qimada va biriktiruvchi to’qimaning ba’zi boshqa turlarida uchraydi. Ular
maxsus bo’yoqlar bilan bo’yalganda kollagen tolalardan aniq ajralib ko’rinadi. Elastik tolalar
qalinligi 8-20 nm keladigan fibrillalardan hosil bo’lib, tolalar qalinligi siyrak biriktiruvchi
to’qimada 1-3 mkm bo’lsa, elastik bog’lamlarda 8-10 mkm gacha yetadi.
Elastik tolalarda kollagendan farqli ravishda ko’ndalang chiziqlik yo’q. Bu holat elastik
tolani hosil qiluvchi oqsillarning betartib joylashishi bilan ta’riflanadi. Elastik tola oqsillari
umumiy qilib, elastin deb ataladi.
Elastik tolalar yaxshi cho’ziladi, lekin uzilishi ham oson. Elastik tolalarda vaqt o’tishi bilan
mineral tuzlar o’tirib, uni sinuvchan qilib qo’yadi.
Retikulyar tolalar. Biriktiruvchi to’qimaning ba’zi turlarida, qon yaratuvchi a’zolar
stromasida, jigarda, qon tomirlar, mushak va nerv tolalari atrofida kollagen va elastik tolalardan
tashqari retikulyar yoki retikulin tolalar ham uchraydi. Bu tolalar 3-tipdagi kollagenga kirib,
kumush tuzlari bilan impregnatsiya qilinganda aniq ko’ringani uchun ba’zan argirofil tolalar ham
deb ataladi. Retikulyar tola deb nomlanishi ularning to’r hosil qilishini bildiradi.
Retikulyar tolalar kuchsiz kislota, ishqorlar va tripsin ta’siriga chidamlidir.
Retikulyar (to’rsimon) to’qima (textus reticularis). Bu to’qima retikulyar hujayralar va
retikulin tolalardan tashkil topgan. Retikulyar hujayralar to’siqlari bilan birlashib, to’rsimon
tuzilmani hosil qiladi. Retikulyar hujayralarga retikulin tolalar zich tegib turadi. Retikulyar
to’qima organizmning turli qismlarida uchraydi. Bu to’qima suyak ko’migi, limfa tuguni va
taloqning stromasini hosil qiladi. Retikulyar to’qi-mani ichak shilliq qavatida, buyrakda va
boshqa organlarda ham uchratish mumkin. Uning asosiy vazifalaridan biri qon shaklli
elementlari ishlab chiqishda maxsus mikromuhit hosil qilishdir.
Retikulyar to’qimaning ba’zi hujayralari to’rdan ajrab, erkin retikulyar hujayralarni hosil
qiladi. Тaloq va limfa tugunining retikulyar to’qimasidan qon yoki limfa doimo o’tib turadi.
Shuning uchun bu a’zolarning retikulyar hujayralari yot antigen bilan to’qnashadi va shu antigen
to’g’risida limfotsitlarga ma’lumot yetkazib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: