Gistologiya va embriologiya


Epiteliy to’qimasi hujayralarining



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/79
Sana28.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#131350
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
Bog'liq
17gistologiyapdf

 

Epiteliy to’qimasi hujayralarining  

maxsus strukturalari 

 

Organizmning tarixiy rivojlanishi davrida turli fiziologik vazifalarni bajarishga moslashish 

nati-jasida  hujayralar  shaklini  va  ichki  tuzilishini  morfologik  jihatdan  unga  muvofiq  ravishda 

o’zgar-tiradi,  deb  yuqorida  aytib  o’tilgandi.  Bunday  o’zga-rishlarni  organizmning  har  xil 

qismlarida  uchraydigan  epiteliy  hujayralaridan  yaxshi  ko’rish  mumkin.  Bu  hujayralarning 

ko’pchiligida  turlicha  maxsus  stuktu-ralar  hosil  bo’lgan.  Bular  hujayra  sitoplazmasining 

tabaqalanishi natijasida paydo bo’lib, o’ziga xos fiziologik vazifalarni bajarishga moslashgan. 

Epiteliy to’qimasi hujayralarida uchraydigan bunday maxsus strukturalarga: mikrovorsinkalar, 

kiprikchalar, xivchinlar, patsimon o’simtalar va tonofirillalar kiradi. 

Mikrovorsinkalar-mayda  sitoplazmatik  o’simta  bo’lib,  hujayraning  apikal  qismi  yuzasida 

joylashgan, shakli silindrsimon, uchi yumaloq, ya’ni gumbazsimon bo’ladi.  Har bir hujayrada 

bunday mikrovorsin-kalarning soni 1000 taga yaqin bo’ladi. Ularni faqat elektron mikroskopda 

kuzatish  mumkin.  Kiprikchalar  tashqi  ko’rinishidan  mayda  tukchalarga  o’xshagan  bo’lib, 

tebranuvchi epiteliy hujayralarining apikal qismi yuzasini qoplab turadi. Ularning soni 250-300 




 

23 


taga yetadi. Kiprikchalar xuddi protoplazmatik o’simtalarga o’xshab, tashqi tomondan hujayra 

apikal  qismidagi  membrana  bilan  qoplangan  bo’ladi.  Kiprikchalar  o’ziga  xos  morfologik 

tuzilishga ega. Ularda ko’ndalang kesimi mikroskopda ko’rilganda markazida bir juft, periferik 

qismida  esa  9  juft  mikronaychalar  borligi  aniqlangan.  Elektronmikroskop  yordamida 

o’rganilganda  ular  hujayra  sitoplazmasining  apikal  qismida  joylashgan  bazal  tanachalar  bilan 

bevosita tutash-ganligi ma’lum bo’ldi. Kiprikchalarning uzunligi bo’ylab mikronaychalar o’tgan 

bo’lib,  ular  ko’ndalang  kesimining  o’lchami  200-250Е  ni  tashkil  qiladi.  Mikronaychalarning 

ikkitasi, odatda, kiprikchaning o’rtasida, qolgan to’qqiz jufti chekka qismida joylashgan bo’ladi. 

Хivchinlar  ayrim  umurtqasiz  hayvonlardan  ignatanlilar,  yelka  oyoqlilar  va  bosh 

skeletsizlarning  ovqat  hazm  qilish  sistemasi  epiteliysini  tashkil  etuvchi  hujayralarning  apikal 

yuzasida  bittadan  o’simtasi  bo’lib,  bu  epiteliy  bir  qavatli,  bir  qatorli  xivchinli  prizmasimon 

epiteliy  deyiladi.  Yuqori  tabaqalangan  umurtqali  hayvonlarning  spermatozoi-dining  harakat 

organi ham xivchinlarga kiradi. Хivchinlarning o’ziga xos vazifasiga qaramasdan, morfologik 

tuzilishi  kiprikchalarga  o’xshaydi.  Epite-liy  kiprikchalari  hamda  xivchinlarning  ko’ndalang 

kesimi elektron mikroskopda ancha yaxshi o’rganilgan. 

Patli epiteliy sudralib yuruvchilar va ayrim qushlar ko’zi pirillash pardasining ichki tomonini 

qoplovchi epiteliyning apikal qismida joylashgan. U ko’zning shox (muguz) pardasini muttasil 

tozalab turadi. Bunga bir qavatli, ko’p qatorli prizmasimon patli epiteliy deyiladi. 

Тonofibrillalar epiteliy hujayrasi sitoplazma-sining tabaqalanishi jarayonida hosil bo’ladigan 

o’ziga  xos  element.  Har  bir  tonofibrillaning  diametri  60-150  A  ga  teng  bo’lib,  juda  mayda 

keratindan tashkil topgan tonofilament, ya’ni protofibrilla tolachala-ridan iborat. Hozirgi zamon 

tekshirishlar  shuni  kursatadiki,  tonofibrillalar  yonma-yon  turgan  hujayralar  membranasiga 

tutashib  turadi,  lekin  bir  hujayradan  ikkinchi  bir  hujayra  sitoplazmasiga  o’tmaydi.  U  epiteliy 

hujayrasi va to’qimani mustahkamlashda aktiv ishtirok etadi. 




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish