«Giperbola-parabolik tipdagi tenglamalar uchun teskari masala yechimining yagonaligi» mavzusida



Download 0,59 Mb.
bet10/30
Sana31.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#215756
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
Giperbola parabolik tipdagi tenglamalar uchun teskari masala yechimining

1.1.1.Misol. Quyidagi tenglamaning umumiy yechimini toping: uxy=0.

Dastlab bo‘yicha, so‘ngra bo‘yicha integrallaymiz, natijada yechimni olamiz. Ko‘rib turganingizdek, xususiy hosilali differensial tenglamaning yechimida tenglama tartibiga teng miqdorda, ya’ni ikkita funksiya qatnashayapti, bu funksiyalar argumenti esa yechim argumentlari sonidan bitta kam.



1.1.2.Misol.Quyidagi tenglamaning ham umumiy yechimini topaylik:

uxyy=0.

Yuqoridagidek mulohaza yuritsak umumiy yechim:



.

1.1.3.Misol. Quyidagi tenglamaning ham umumiy yechimini topaylik:

uxyz=0.

Yuqoridagidek mulohaza yuritsak umumiy yechim:



.

Oxirgi misolda, ko‘rib turganingizdek yechimda tenglama tartibiga mos uchta funksiya qatnashayapti, yechim uch o‘zgaruvchili bo‘lgani uchun bu funksiyalar argumenti ikki o‘zgaruvchili.

Shunday qilib, aniq fizik jarayonni ifodolovchi yechimni ajratib olish uchun qo‘shimcha shartlarni berish zarurdir. Bunday qo‘shimcha shartlar boshlang‘ich va chegaraviy shartlardan iboratdir.

Jarayon sodir bo‘layotgan soha bo‘lib, uning chegarasi bo‘lsin. ni bo‘laklari silliq sirt hisoblaymiz.

Differensial tenglamalar uchun, asosan, 3 tipdagi masalalar bir biridan farq qiladi.


  1. Koshi masalasi. Bu masala, asosan giperbolik va parabolik tipdagi tenglamalar uchun qo‘yiladi; soha butun fazo bilan ustma ust tushadi, bu holda chegaraviy shartlar bo‘lmaydi.

  2. Chegaraviy masala. Elliptik tipdagi tenglamalar uchun qo‘yiladi; da chegaraviy shartlar beriladi, boshlang‘ich shartlar tabiiy bo‘lmaydi.

  3. Aralash masala.Giperbolik va parabolik tipdagi tenglamalar uchun qo‘yiladi; bo‘lib, boshlang‘ich va chegaraviy shartlar beriladi.

  4. Boshqa masalalar. Ikkinchi tartibli ikki o‘zgaruvchili kanonik ko‘rinishga keltrilgan ushbu

umumiy chiziqli tenglama berilgan bo‘lsin. Bu tenglamaning xarakteristikalar tenglamasi dan iborat. Bundan , to‘g‘ri chiziqlar oilasi berilgan tenglamaning xarakteristikalari ekanligi kelib chiqadi.

Uchlari A, B, C va D nuqtalarda, tomonlari berilgan tenglamaning xarakteristikalaridan iborat bo‘lgan to‘rtburchakni orqali belgilab olamiz. Odatda bu to‘rtburchak Xarakteristik to‘rtburchak deyiladi.

Gursa masalasi. to‘rtburchakda regulyar, da uzluksiz va



, shartlarni qanoatlantiruvchi berilgan tenglamaning yechimi topilsin.

Masalaning qo‘yilishiga asosan, va funksiyalar berilgan sohasida uzluksiz va shart bajarilishi zarur. Demak, Gursa masalasida tenglamaning ikkita kesishadigan Xarakteristikalarida bitta chegaraviy shart beriladi.

Gursa masalasida shartlar xarakteristikalarda berilgani uchun ba masala Xarakteristik masala deb ham yuritiladi.

Endi orqali o‘qning ixtiyoriy , kesmasi va yuqorida berilgan tenglamaning xarakteristikalari bilan chegaralangan uchburchakni belgilaymiz.

Bu uchburchak xarakteristik uchburchak deyiladi.

Korrekt (to‘g‘ri) qo‘yilgan masala tushunchasi. Matematik fizika masalalarining qo‘yilishida ayrim funksiyalar (boshlang‘ich, chegaraviy shartlar) ishtirok etadi: qo‘yilgan masalaning yechimi tabiiy, shu funksiyalarga bog‘liq bo‘ladi. Bu funksiyalar, odatda tajriba asosida aniqlanadi, shuning uchun ham ularni absolyut aniq topish mumkin emas.

Demak, boshlang‘ich va chegaraviy shartlarda hamma vaqt xatolikning bo‘lishi muqarrardir. Bu xatolik o‘z navbatida yechimga ham ta’sir qiladi. Boshlang‘ich va chegaraviy masalalarni tekshirishda, yechimning mavjudligi va yagonaligidan tashqari boshlang‘ich va chegaraviy shartlarda qo‘yilgan xatolikning yechimga qanday ta’sir qilishini aniqlash muhim ahamiyatga egadir.

Har qanday masalaning mohiyati berilgan funksyailarga asosan uning yechimini topishdan iboratdir, bu yerda va - metrikalari va bo‘lgan qandaydir metrik fazolar. Bu fazolar masalaning qo‘yilishi bilan aniqlanadi. Masalaning yechimi tushunchasi aniqlangan bo‘lib, Har bir elementlar yagona yechim mos kelsin.

Agar uchun shunday sonni ko‘rsatish mumkin bo‘lib, tengsizlikdan tengsizlik kelib chiqsa, masala fazolar juftida turg‘un masala deyiladi.

Bunda , , , masalaning yechimi berilgan shartlar (boshlang‘ich va chegaraviy shartlar, tenglamaning koeffisientlari, ozod hadi va x.k.) ga uzluksiz bog‘liq bo‘ladi.




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish