Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)


Qo ‘llaming asosiy va oraliq holatlarini sanab bering



Download 9,51 Mb.
bet81/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

Qo ‘llaming asosiy va oraliq holatlarini sanab bering.




  • Qo ‘llaming bukilgan holatlarini sanab bering.




  • Oyoqlar holatini va harakatini sanab chiqing.




  • Egilish turlarini sanab chiqing.




  • Yotish holatlarda va о ‘tirishlarda dastlabki holatlar.




  • Aralash tayanishlarda dastlabki holatlar.




  • Muvozanat turlarining hammasini sanab chiqing.




  • Ко ‘priklar va shpagatlar turlarini sanab chiqing.




  • URM qaysi shakllarda yoziladi?




  • Qanday qilib URM yoziladi?




  • URM o ‘rgatish uslublarini sanab chiqing.




  • URM bajarish uslublarini sanab chiqing.

VII bob. AMALIY MASHQIAR
7.1. Ixtisoslashgan —amaliy gimnastika
Ixtisoslashgan amaliy gimnastika — shug‘ullanuvchilarning umumiy jismoniy rivojlanishiga va ularning o‘z ixtisoslariga xos mehnat harakatiarini tezroq o‘zlashtiiishga mo‘ljallangan. Ixtisos­ lashgan amaliy gimnastika jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ixtisoslashgan amaliy tayyorgarlik, asosan, turli kasbdagi ishchilarni tayyorlaydigan ixtisoslashgan texnika bilim yurtlarida, shuningdek, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘tkaziladi. Bu tayyorgarlik uch qismdan iborat: umumiy, ixti­ soslashgan amaliy va maxsus jismoniy tayyorgarlik.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik shug‘ullanuvchilami liar to-monlama, garmonik rivojlantirish va sog‘lomlashtirishga qaratil-gan. Bu tayyorgarlik turli sport turlari mashg‘ulotlarini: yengil atletika, chang‘i, suzish sporti va hokazolami o‘z ichiga oladi. Bu tayyorgarlikda, ayniqsa, quyidagi gimnastika mashqlari katta o‘rm tutadi:

  • Buyumsiz va buyum bilan umumrivojlantiruvchi mashqlar.

  • Ommaviy tusdagi snaryadlar (gimnastika devori, o‘rindig‘i, arqon, xoda va boshqalar)dagi mashqlar.

  • Oddiy akrobatika mashqlari.

  • Oddiy va tayanib sakrashlar.

Bolajak kasbni tezroq egallab olishga mo‘ljallangan, hamma uchun yagona bo‘lgan umumjismoniy tayyorgarlikdan farqli o‘laroq, ixtisoslashgan amaliy tayyorgarlik bo‘lajak ishlab chiqarish faoliyatini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Uning dasturiga ixtisos­ lashgan amaliy gimnastika kiradi. Uning hajmi va xarakteri o‘quvchilaming ixtisosi va shug‘ullanuvchilar mehnatining sharoiti va xususiyatiga bog‘liqdir.


Ixtisoslashgan amaliy gimnastika shug£ullanuvchilaming ishlab chiqarish faoliyatida asosiy ishni bajaradigan muskul guruhlarini

rivojlantirishga, shuningdek, bo‘lajak kasbga zarur bo‘lgan harakatlami o‘stirishga mo‘jallangan. Bundan tashqari, mehnat jarayoniga o‘xshash bo‘lgan mashqlar yordamida aniq kasb sohasida muvaffaqiyatliroq ishlash uchun zarur bolgan jismoniy sifat va harakat malakalari rivojlanadi.


Ixtisoslashgan amaliy gimnastikaga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda hamma mashqlar: umumrivojlantiruvchi va erkin, snaiyadlardagi, saf va amaliy, akrobatika va badiiy gimnastika mashqlari qo‘llanilishi mumkin.
Keyingi vaqtlarda duradgor, bo‘yoqchi va suvoqchilarning ixtisoslashgan amaliy jismoniy tayyorgarlik mashqlari ishlab chiqarilib, sinovdan o‘tkazilgan edi. Ularning jismoniy tayyorgarlik dasturining ko‘p qismini ham amaliy gimnastika egallaydi.
Montajchilar Rossiya Davlat Jismoniy tarbiya sport va turizm universiteti gimnastika kafedrasi xodimlariga montajchi-havozada ishlovchilar uchun ixtisoslashgan amaliy gimnastikaning ilmiy asoslangan dasturini ishlab chiqishni iltimos qilib murojaat qiladi. Mazkur dastur tuzilayotganda esa havozada ishlovchi mon-tajchilaming yuksakda tor maydonda, ko‘pincha og‘ir asboblarni ko‘tarib payvand qilish apparatlari, katta gayka kalitlari va boshqalar bilan ishlashlari, ulaming tor joylardan yurishlari, ish joyida tik temir narvonidan chiqishlari va narvondan narvonga o‘tishlari, shuningdek, chiqqanda biron narsa yordamisiz faqat qo‘l bilan ushlab chiqishlari va hokazolar hisobga olingan.

Tadqiqotlar tajribali havozakorlarning jismoniy tayyoigarligi



  • sport razryadiga ega bo‘lgan gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligiga teng kelishini ko'rsatadi. Demak, ixtisoslashgan amaliy gimnastika dasturi shunday tuzilishi kerakki, mashg‘u-lotlarning oxiriga kelib shug‘u!lanuvchilaming jismoniy tayyorgarlik darajasi malakali ishchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasiga yaqinlashsin. Bu masalani hal qilish uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar, tumik va qo‘shpoyalarda bajariladigan mashqlar, narvon va arqonlarga tirmashib chiqish mashqlari, tayanib sakrashlar

maxsus tanlab olingan edi. x Havozakorlar ishlayotganda va tor joylardan yurganda, turli


sharoitda muvozanat saqlashni o‘rganishlari uchun dasturga

to‘smlar kengligidagi bumdan (xodadan) yurish va boshqa turli mashqlar kiritilgan edi. To‘sinning balandligi asta-sekin oshirila boriladi (0.5 m dan 5.5 m gacha) muvozanat saqlash malakalari ayniqsa, balandlikda muvozanat saqlash fazoda mo‘ljal ola bilishga, vestibulyar apparatining turg‘un!igiga bog‘liq. Bu vazifalar balandlikda tura olish ko‘nikmalariga bog'liq. Ular yo‘lkadan, akrobatik sakrashlar, batutda sakrash va baland inshootda bajariluvchi, xuddi ishchi bajaradigan operatsiyalarga o‘xshash mashqlar yordamida hal qilinadi ( 169-rasm). Balandlikka nisbatan muhofaza reaksiyasini kamaytirish va o‘z kuchiga ishonch hosil qildirish uchun shug‘ullanuvchilar montaj tasmasini taqib, baland havozadan pastga sakrash mashqlarini bajarishgan.

Mashg‘ulotlar dars shaklida haftasiga ikki inarta 90 minutdan o‘tkazilgan. Birinchi 30 minutda o‘quvchilar hammalari birgalikda chigil yozish, buyum bilan va buyumsiz umumrivojlatiruvchi mashqlami bajarishgan. Keyinchalik, 3 ta boMimga ajratilgan va ular doira bo‘ylab almashinib, dasturning ayrim turlari bilan 20 daqiqadan shug‘ullanishgan (turnikdagi mashqlar, batutda sak­ rashlar, baland havozadagi mashqlar yoki akrobatika sakrashlari, tayanib sakrashlar va hokazolar shular jumlasidandir).

Maxsus jismoniy tayyorgarlik yuqorida yozilgan turlaridan farqli o‘laroq, darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarida o‘tka-ziladi. U kasb faoliyatining yaxshilanishiga yordam berish uchun biron-bir sport turida takomillashishni nazarda tutadi.


0 ‘quvchi istagan sport turi bilan shug‘ullanishi mumkin, biroq har bir muayyan ixtisos uchun u yoki bu kasb ishchilariga foydaliroq sport turlarini tafsiya qilinadi. Chunonchi, montajchi havozakorlar uchun batutda sakrashlar, sport gimnastikasi mashqlari, akrobatika sakrashlari, suvga sakrash, shuningdek, chang‘ida, tramplindan sakrashlar katta yordam ko‘rsatadi. Ko‘rsatib o‘tilgan sport turlarida takomillashib, muayyan sport natijalariga erishish havozakorlarning kelajakdagi yutuqlariga ta’sir qiladi.
Oliy va o‘rta maxsus o£quv yurtlarida o‘quvchilaming jismoniy tarbiyasi umumiy dastur mashg‘ulotlari va fakultativ mashg‘u-lotlardan iborat. 0 ‘quvchi qaysi sport turi bilan shug‘ullanmasin, u badan qizdirishga kiradigan va sportchilaming maxsus tayyor-garligi uchun qo‘llaniladigan gimnastika mashqlarini bajaradi. Ko‘rsatilgan mashg‘ulotlarga ixtisoslashgan amaliy gimnastikaga xos bo'lgan mashqlarni kiritish tavsiya qilinadi. Shunday qilib, ixtisoslashgan amaliy gimnastikaning jismoniy tayyorgarlik ko‘-rishdagi ahamiyati juda kattadir.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish