171-rasm. Yordam
170-rasm. Tirmashib chiqish
|
bilan tirmashib
|
|
ko‘tarilish
|
|
|
|
172-rasm. Muvozanat uchun mashqlar
To‘g‘ri tashkil qilingan m ashg‘u1otlar jihoz!angan gimnastika shaharchasi va ixtisoslashgan t.o£siqlar mavjud bo‘lsa, amaliy gimnastikaning vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga ko‘mak-lashadi. Mashg‘ulotlarning maxsus yo‘naltirilganligi mashg‘u-lotlar dasturiga u yoki bu jismoniy mashqlar kiritilganda vujudga keladi.
Harbiy-amaliy gimnastikada ham gimnastikada qabul qilingan mashg‘ulotlami o‘tish metodikasi qo£llaniladi. Biroq, mashg‘u-lotlarni o‘tish sharoiti (maydon. o‘rmon, maxsus jihozlangan shaharcha, to£siqlar) shuningdek, qo£shimcha vositalardan foyda-lanish (devor, ariqlar, jarlik, daraxtlar va hokazoiar) mashg‘u-lotlarni tashkil qilishga, ulaming mazmuni va o‘tish metodikasiga ta’sir ko£rsatadi.
Bunday mashg'ulotlar jarayonida kam kuch sarflanadigan ratsional harakat usullariga o£rgatish, ba’zi bir mashqlarni murak-kablashtirish, maxsus topshiriqlar berish kerak bo£ladi. Qo£lla-niladigan mashqlar shug‘ullanuvchilarning mehnat va harbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan amaliy ko‘nikmalami turli sharoitda takomillashtirishga ko'maklashishi zarur.
Harbiy amaliy gimnastika mashg‘ulotlarida to£siqlami oshib o£tgan holda 3 kilometrgacha sun’iy va tabiiy sharoitda yugu-rishlami o£z ichiga olgan o£quv darslari ertalabki jismoniy badan-tarbiya ko£rinishida o‘tkaziladi. Bundan tashqari, shaxsiy tar-kibning yuqori ish qobiliyatini va jangovor qobiliyatini saqlash uchun maxsus majmualar bajariladi.
Jismoniy tayyorgariik ham, shuningdek, gimnastika vosita va metodlari ham, harbiy tayyorgarlikning vazifasi hamda talablariga yaqinlasha borgan sari muntazam takomillashib boradi. Ular yordamida askar va ofitserlar oliy burchlari — Vatanimizni qo'riqlash va himoya qilish uchun xizmat qilishga muvaffaqiyatli tayyorlanadilar.
Amaliy mashqlar guruhiga quyidagilar kiradi: yurish va yugurish; muvozanat saqlash; tirmashib chiqish va oshib o£tish; buyumlami uloqtirish va ilib olish; yuk ko‘tarish va tushirish; o‘rmalab o£tish, har xil to £siqlardan o £tish. Sanab q £tilgan mashqlar, inson jismoniy faoliyatining turli sohalarf uchun
bevosita amaliy ahamiyatga ega boiishidan tashqari, kuch, tezkorlik, chidamililik va chaqqonlikni takomillashtirish uchun ham katta ahamiyatga ega.
Harakat tuzilishitiing oddiy bo‘lganl.igi sababli amaliy mashqlar shug‘ullanuvchilaming istalgan kontingenti uchun osondir. Bu mashqlaming ayrimlari bir qator jismoniy nuqsonlami bartaraf etishda yaxshi vosita bo‘lib xizmat qiladi, shuning uchun ham, maktab bolalari va o‘quvchi yoshlar jismoniy tarbiyasi dasturlarida amaliy mashqlar salmoqli o‘rm egallanganligi tasodifiy hoi emas, albatta.
Amaliy mashqlar harbiy xizmatchilami jismoniy tayyorlashda eng muhim mashqlar hisoblanadi.
Amaliy mashqlar kasbiy-amaliy tayyorgarlikning samarali vositasi sifatida qo‘llaniladi.
Amaliy mashqlar tabiiy sharoitlardan foydalanib, ochiq joylarda bajarilishi mumkinligi bilan ham qimmatlidir: mashg‘ulot joylarini jihozlash ham oson, ham arzon.
Aktiv dam olish vaqtida amaliy mashqlar boshqa vositalar bilan biigalikda eng yuqori malakali sportchilar tomonidan muvafFaqiyatli qo‘llanishi mumkin.
Amaliy mashqlar qo‘yilgan vazifalariga qarab mashg'ulotning barcha qismlarida qo‘llanishi mumkin, asosiy mashqlarga o‘rgatish esa mashg‘ulotning asosiy qismida amalga oshiriladi.
Har qanday mashg‘ulotning tiklanish jarayoni uchun sharoit yaratish vazifasi qo‘yilgan yakunlovchi qismini yurish mashqisiz tasawur qilib bolmaydi.
7.4. Yurish va yugurish
Yurish faqatgina oyoq muskullarini ishga solmasdan, butun tana muskuMariga ta’sir ko‘rsatadi hamda yurak, qon-tomir va nafas olish tizimlarining ish faoliyatini yaxshilaydi.
Zo‘r berish bilan bo‘shashish navbatlanib turadigan muskui-laming bir tekis ishi xotiijam yurganda organizmning osuda holatga o‘tishi uchun qulay sharoit yaratadi, shu bilan birga, tez yurganda jismoniy yuklama sezilarli darajada oshadi.
Har xil saflanishlarda yurish gigiyenik samarasidan tashqari, jamoa bo‘lib harakatlanish malakalarini egallashga ham yordam-lashadi. Gimnastika mashg'ulotlarida yiirishning quyidagi mashq lari qoMlaniladi: sayr qadami yoki oddiy qadam, oyoqlar uchida, tovonlarda, oyoq kaftlarining ichki va tashqi qirrasida yurish, qo‘llar bilan tizzalarga tayanib yurish, kerishib yurish, «sezilarsiz» yurish, tizzalami baland ko‘tarib (oyoqlami oldinga bukib) yurish, yarim cho‘qqayib va cho‘qqayib yurish, bir oyoqni bukkancha keng qadamlab yurish, qadamlarni juftlab va almashib yurish, oldinga va yon tomonga oyoqlami chalishtirib yurish, yurishni sakrashlar bilan navbatlashtirib yurish.
Yugurish yurishga nisbatan ancha dinamik mashqdir, shu sababli u harakat apparatiga, yurak, qon-tomir va nafas olish tizimiga anchagina katta ta’sir o‘tkazadi. Yugurish tezlik va chidamlilikni takomillashtirishning asosiy omillaridan biri hisob-lanadi.
Yugurishning xarakteri va jadalligi turlicha bo‘lishi mumkin, shuning uchun u gimnastika darsining barcha qismlarida qo‘l-laniladi. Gimnastika mashg'ulotlarida qo‘llaniladigan yugurish mashqlari: oddiy yugurish, tizzalami baland ko‘tarib yugurish, oyoqlami oldinga, orqaga bukib, oldinga, orqaga va yon tomonlarga siltab yugurish, chalkash qadamlar bilan oldinga, yon tomonga yugurish, qo‘shimcha harakatlar bajarib, burilishlar, to‘xtashlar bilan, buyumlami uloqtirish va uni ilib olish bilan yugurishlar, qayta saflanib, turli to‘siqlardan oshib o‘tib, to‘siqlar ustida yugu-rish, yugurish va yurishni navbatlashtirish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |