Umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasini oHkazish:
Shag‘ullanuvchilarga mashqlar to‘g‘risida axborot berish usullari. 0 ‘qituvchi mashg‘ulot o'tkazish vazifalari va shartlariga qarab, axborot berishning quyidagi usullaridan foydalanishi mum-kin: sinxron (oddiy), bo‘laklangan, faqat gapirib berish bilan, ko‘rsatish bilan.
a) sinxron (oddiy) axborot berish usuli —ko‘rsatib berish gapirib berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, nisbatan qisqa vaqt ichida mashq to‘g‘risida ancha to‘liq tasawur yaratishga imkon beradi.
Yuqoriga sakrashlami bajarayotganda sinxronlik buziladi, shu sababli awal ularni ko‘rsatib berish, keyin esa nomlash zarur;
Do'stlaringiz bilan baham: |