Xatlab harakatlanish: to‘g‘ri (bukilgan) oyoqlarni navbatlash-tirib oldinga, orqaga yon tomonga chiqarib, sakrashlar bilan qadam qo‘yish.
Raqs qadamlari: galop, polka, vals, ruscha.
Bular polda ham oldinga bir tekisda nafis bajariladi. Burilishlar (455-rasm) — tik turish va yarim o‘tirib, bir va
ikki oyoqda tayanib o‘tirish va tizzalarga tayanib o'tirish holat!arida oyoq uchida bajariladi; bu elementlarga o‘rganish poldan boshla-nadi, keyin esa ko‘tarilgan tayanchlarga o‘tiladi. Burilishlar aniq bajarilishi uchun moljallar belgilanadi, masalan, xoda bo‘ylab oldinga oyoqda siltanish. Boshning holati katta ahamiyatga ega: chapga (o‘ngga) va orqaga burilishlarda bosh tana bilan to‘g‘ri holatni saqlab qoladi; 360° ga va undan ko‘proq burilishlarda bosh tanadan biroz orqada qoladi, keyin tezda yelkani oshib olib buriladi. Qollar harakati burilishga va muvozanatni saqlashga imkon beradi. Chap (o‘ng)ga va orqaga burilishlarda qo‘llar yonda, yuqorida, belda bblishi mumkin, ancha murakkab burilishlarda esa ular aylanma harakatlanishga yordam beradi.
Ikki oyoqda turish holatida burilishlar o‘ng (chap)ga va orqaga bajariladi; ko‘ndalang turishdan, ko‘ndalang turish, uzunasiga turishdan oyoqlarni krest qilib turishga va aksincha.
Bir oyoqda turish holatida burilishlar oldinga yoki orqaga, bukilgan yoki to‘g‘ri oyoqlarda siltanib bajariladi. Aylanish
yo'nalishiga qarab, tayanch oyoq tomonga va tayanch oyoqdan qarshi tomonga burilishlarga ajratiladi.
Ikki oyoqda o‘tirib burilishlami, tik turishdan orqaga burilib o‘tirish va aksincha; o‘tirib orqaga burilish; turishdan orqaga burilib, o‘tirish va turish; shuning o‘zi sakrash bilan bajarilishi mumkin.
Bir oyoqda o‘tirib burilishlar: o‘ng oyoqqa uzunasiga o‘tirib, chap oyoq yon tomonga oyoq uchida, bir vaqtda o‘ngga yoki orqaga burilish va shunday d.h.; o‘ng oyoqda ko‘ndalang o'tirishdan, chap oldinga yarim bukilib oyoq uchida, chap oyoqni pastga tushirib, orqaga siltanish, orqaga burilish xuddi shunday d.h.
Tayanchlarda tayanib o‘tirish, tizzalarda tayanib o‘tirish, o‘tirishlardan burilishlar, sakrab chiqishlar bilan, siltanib o‘tishlar bilan uyg‘unlashadi. Ular, asosan, qo‘llarga tayanish bilan ba jariladi: tayanchdan burilib songa o‘tirish; tayanchdan bir oyoqda siltanib o‘tib burilib oyoqlarni ochib o‘tirish; sonda o‘tirib orqaga burilib boshqa songa o‘tirish; oyoqlarni ochib tayanib, o‘ng (chap)ga yoki orqaga burilish; trzzalarda turishdan orqaga burilib yarimshpagat; bitta tizzada turishdan, boshqasi orqaga, orqaga burilish shunday d.h.ni egallash; yarimshpagatdan orqaga burilib bitta tizzada turish, boshqa oyoq oldinga bukilgan; qorinda tayan. i yotib chap (o‘ng)ga yoki orqaga burilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |