Gimnаstikа rivojlаnishining qonuniyatlаri
Qаdimiy xalqlаrdа gimnаstikа
Yangi dаvrdа gimnаstikа
Gimnаstikа milliy tizimlаrining pаydo bo’lishi
Gimnastika (yunoncha gymnastike mashq qilaman) — 1) jismoniy mashqlar tizimi, jismoniy tarbiyaning muhim turi.Kishilarning jismoniy jihatdan har tomonlama oʻsishiga va salomatligini mustahkamlashga, epchil, chaqqon, harakatchan boʻlishiga yordam beradi. Gimnastika oʻz vazifalari, xususiyatlari va metodik usullariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: asosiy Gimnastika (gigiyenik va atletik gimnastika b-n birga), gimnastikaning amaliy turlari (shu jumladan ishlab chiqarish gimnastikasi), sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va sport akrobatikasi.
Gimnastika mashqlari Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimiga kirgan, yoshlarni Olimpiada oʻyinlariga tayyorlash vositasi boʻlib xizmat qilgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlaridan Yevropa mamlakatlarida turli gimnastika asboblarida mashqlar bajarish, 19-asr 2-yarmidan esa musobaqalar oʻtkazish rasm boʻladi. 1896-yildan gimnastika Olimpiada oʻyinlaridasturiga kiritildi (1928-yildan ayollar musobaqalari oʻtkaziladi). 1903-yildan erkaklarning, 1934-yildan ayollarning jahon birinchiligi oʻtkaziladi.
Oʻzbekistonlik sport gimnastikachilari K. Joʻrayev, T. Karimov, E. Gʻiyozov, G. Gʻiyozov, T. Ibrohimov, Sh. Xonkeldiyev, A. Otaxonovlar turli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashganlar. Oʻzbekiston gimnastikachilaridan G. Shamray ilk bor olimpiada chempioni unvoniga sazovor boʻldi (1952, Xelsinki). Oʻzbekistonlik S.Diomidov 18- va 19-Olimpiada oʻyinlarida sovrinli oʻrinlar oldi. Elvira Saadiy esa Myunxen olimpiadasining oltin medali (1972) va jahon chempioni unvoni (1974) bilann taqdirlandi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Oksana Chusovitina, R. Galiyeva katta shuhrat qozondilar.
Ya.A.Kamenskiyning asarlari va uning didaktik prinsiplari tizimi XVIII asr pedagogika klassiklari Jan-Jak Russo (1712-1778) va ayniqsa Pestalossi ( 1746-1827) dunyokarashlarining taraqqiyotiga yordam berdi. Bularning jismoniy tarbiya soxasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berdilar. Russo jismoniy mashqlar inson tanasining mustaxkamlaydi va tapoaydi, kuch va xarakat imkoniyatlarining rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, yashash uchun tayyorlaydi, aqliy komol topishga xamda salomatligini mustaxkamlashga yordam beradi deb xisoblagan Russo, Pestalossi va boshqa o'ta zamon pedagogikasi arboblarining pedagogik g'oyalari
G'arbiy Yevropa mamlakatlarining burjua ziyolilari tomonidan qo'lab-kuvvatlar edi. XVIII asrning 70 yillarida ayrim shaxarlarda yangi tipdagi maktablar - filantropinlar tuzila boshlandi, bu maktablarda nemis milliy gimnastikasi yuzaga kela boshladi.
Fit ( 1763-1836) va Guts-Mutslar ( 1759-1839 yillar) filantropinlardagi gimnastikaning eng mashxur raxbarlari edilar. Fit "uch tomlik asarida gimnastika xaqidagi" nazariy va amaliy ma'lumotlarni bayon qilib bergan. U mashg'ulotlardan maqsad salomatlikni mustaxkamlash kuch va xarakat tezligini rivojlantirish, komatining chiroyli bo'lishiga erishish, aqliy rivojlanish va psixik faoliyatiga ko'mak berishdir deb xisoblar edi. Fit o'z asarida bir qancha qimmatli metodik ko'rsatmalar berdiki, ular xanuzchaga axamiyatini yo'qotmagan. XVIII asr oxirlariga kelib yangi zamon gimnastikasining nazariy asoslari ko'zga tashlana boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |