Milliy gimnastika tizimlarining vujudga kelishi Milliy gimnastika tizimlarining yaratilishi XIX asr boshlariga to'g'ri keladi bu ijtimoiy talablar oqibati edi. Urush qilish usullari bir vaqtda xarakat qilishni buyruqlarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va xaqozolarni talab qilar edi. Usha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika yoshlarni jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to'g'ri metodi bo'lib ko'rinlar edi.XIX asrlarning birinchi yarmiga kelib gimnastika taraqqiyotida uchta yo'nalish ko'zga tashlana boshladi :
- gigienik yo'nalish ( gimnastika odamning salomatligini mustaxkamlash va jismoniy kuchni rivojlantirish vositasi xisoblanadi) ;
- atletik yo'nalish ( gimnastika murakkab mashqlari shu jumladan gimnastika inshootlarida bajariladigan mashqlarni qo'lanish yo'li bilan odamning xarakat imkoniyatini rivojlantirish vositasi deb xisoblanardi);
- amaliy yo'nalish ( gimnastika urushda uchraydigan turli to'siqlardan oshib o'tishni soldatlarga o'rgatish vositasi deb xisoblanardi ).
Nemis gimnastikka tizimi Napoleon ko'shinlar Prussiyani egallab turgan davrda tarkib topa boshladi.
Fit Yan ( 1778-1852) gimnastikadan mamlakatni yuosqinchilardan ozod qilish maqsadida yoshlarga xarbiy tayyorgarlik berish uchun foydalanishiga intildi. Gimnastika inshoatidagi mashqlar va xarbiy o'yinlar bu tizimning asosini tashkil qilar edi.
A.Shpiss ( 1810-1858) nemislar turnirini maktabda o'qitishga moslashtirdi va dars sxemasini tuzib chiqdi.Birok bu bolalar tashabbusini bug'ib qo'yar, ularning individual qobiliyatlarining o'sishiga xalaqit berar, eng muximi, o'sha vaqtdagi tibbiy va pedagogik fanlardagi ko'pgina fikirlarga to'g'ri kelmas
edi. Ana shu kamchiliklar juda ko'p e'tirozlarga sabab bo'ldi. Bular orasida eng asosli e'tirozlardan biri P.F. Lesgaftning e'tirozlari edi.Ya.A. Komenskiy, Jan Jak Russo (1712-1778), Pestalotstsi (1746-1827 yillar).Bularning jismoniy tarbiya sohasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berdilar. Russo jismoniy mashqlar inson tanasini kuch va harakat imkoniyatlarini rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi
Uning qancha mamlakatlarda, jumladan Rossiyada ham keng tarqalib, gimnastika taraqqiyotiga yordam berdi.Unda turnik bruslar, yakka cho’pda bajariladigan oddiy mashqlar tasvirlangan edi. Kitobda mashg’ulotlar vaqtida o’quvchilarning o’zaro musobaqalashuvi, harakatlar ijrosi aniq bo’lishiga qo’yiladigan talablar ishlab chiqilgan edi.