4 Ishchi rejasini tuzish tartibi
1. Mashqlarning alohida turlari mashg„ulotning qachon, qayerda o„tkazilishini aniqlash. Gimnastika ko„pkurashi mashqlari jismoniy tayyorgarlik mashg„ulotlarining asosiy qismida o„quv bo„limlarida o„tkaziiadi; umumrivojlantiruvchi mashqlar mashg„ulotlarini xoreografiya tayyorlov qismida frontal tarzda; joydan-joyga o„tishturlari, oyin va estafetalar ham mashg„ulotning tayyorlov yoki yakunlovchi qismida frontal tarzda o„tkaziladi.
2. Mashg„ulotning asosiy qismidagi mashq turlari sonini aniqlash. Mashq turlari sonini to„g„ri belgilash uchun shug„ullanuvchilar tarkibini, mashg„ulot davrini, mashg„ulotlar qancha davom etishini hisobga olish kerak. Bizning misolda mashq turlarining soni jismoniy tayyorgarlikni ham qo„shib hisoblaganda to„rttadan oshmasllgi lozim. Agar turlar soni kamaytirilsa, ya‟ni har bir tur bilan shug„ullanish vaqti oshirilsa, unda o„rgatishni samarasi kamayishi va shug„ullanuvchilarda buturlarga bo„lgan qiziqishning yo„qolish xavfi tug„iladi. Turlar soni ko„paytirib yuborilganda esa, o„rgatish mutlaqo samarasiz bo„lishi mumkin.
3. Ish rejasi shaklini chizib qoyish. Bunda faqat shu shaklga rioya qilish shart degan gap emas. Bordi-yu uni qulay va ko„rgazmali boshqa shakli bilan almashtirish mumkin bo„lsa, o„sha shakldan foydalansa ham bo„ladi.
4. Nazariy mashg„ulotlar vaqti va o„rnini belgilab, bu ma‟lumotlami ish rejasiga kiritish. Ikkita shunday mashg„ulotni nazarga tutishni tavsiya etamiz: biri gimnastika va mashg„ulotlar gigiyenasi haqida suhbat, ikkinchisi esa, “11 o„smirlar toifasi” mashqlari kinofilmini namoyish qilish. Birinchi mavzudagi suhbatni rejalashtirishning dastlabki davrda o„tkazish, kinofilmni esa, shu davrning ikkinchi yarmida, shug„ullanuvchilar toifa mashqlarining elementlari bilan amalda tanishib olganlaridan keyin namoyish qilish kerak. Suhbatga, qolaversa, film namoyish qilishga 30
daqiqa vaqt ajratilsa bo„ladi. Shuning uchun beshinchi mashg„ulotda ham, yigirmanchi mashg„ulotda ham to„plam (majmuali) rejalashtirsa bo„ladi.
5. Ish rejasidagi gimnastika ko„pko„rashidan tashqari, hamma tur mashqlarning o„rni shartli belgilar bilan belgilanadi (ish dasturi tuzilgandan keyin belgilangan mavzular raqami bilan almashtiriladi). Har bir mashg„ulotdagi mazkur mashqlarning o„rnini belgilashdan oldin quyidagilarni amalga oshirish kerak: birinchidan, xoreografiya mashqlari o„zining asosiy vazifasidan tashqari, mushaklarchigilini yozish vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun xoreografiyani va umumrivojlantiruvchi mashqlarni bitta mashg„ulotga mo„ljallab rejalashtirmaslik kerak. ikkinchidan, yana shu sabablarga ko„ra, joydan-joyga turli xil ko„chishlar va estafetali oyinlarni bitta mashg„ulotda o„tkazmaslik kerak.
6. Gimnastika ko„pko„rashi mashqlari turlarining jadvalini tuzish. Mashq turlarini kunlarga bo„lib almashtirishning eng yaxshi shaklini tanlashdan boshlash kerak. Quyidagi shakllar talabaga ma‟qul bo„lishi mumkin: har ikki mashg„ulotning birida turlarni batamom almashtirish, bir turni ikki yoki uch marta takrorlash. Bu shakllarning birinchisi ham, ikkinchisi ham, uchinchisi ham muayyan sharoitda eng yaxshi shakl hisoblanadi. Bizning misolda ikkinchi va uchinchi shakllar maqsadga muvofiqdir.
Mashg„ulotning aynan tayyorlov davri uchun jadval tuzayotganda mashq turlarining qanchalik og„ir-yengilligini inobatga olish va shunga muvofiq butun rejalashtirilayotgan vaqt mobaynida bu mashq turlarini qancha takrorlanishini hisoblab olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |