2. Rejalashtirish hujjatlari tasnifi
Rejaiashtirish hujjatlari: a) o„quv rejasi;
b) o„quv dasturi;
d) ish rejasi;
e) ishchi dastur; O mashg„ulotlar matni.
O„quv rejasi butun o„quv-mashg„ulot jarayoniga mo„ljallab tuzilib, unda quyidagilar belgilanadi:
a) o„rganish kerak bo„lgan mashq turlarining soni va ularning qancha vaqt o„tilishi;
b) nazariy kurs mazmuni;
d) har bir mashq uchun ajratiladigan soatning miqdori;
e) butun o„rgatish muddatiga mo„ljallangan mashg„ulotlar turi;
f) sinov mezonlari, reyting ballariga ajratiladigan soat;
g) imtihon;
h) chamalab ko„rish;
i) musobaqalarning tahminiy muddati;
j) mashg„ulotlar jadvali.
O„quv dasturi ham o„quv davriga mo„ljallab tuzilib, unda quyidagilar belgilab qoyiladi: o„quv malerialining mazmuni; sinov mezonlari.
Ish rejasi nisbatan qisqa vaqt (chorak, semestr, mashg„ulot davri-sikl) ga mo„ljallab tuzilib, unda quyidagilar belgilanadi: rejaiashtirilayotgan vaqt mobaynida o„rganilishi lozim bo„lgan mashq turlarining soni, har bir mashq (mavzu) turiga ajratiladigan soat va mashqlaming soni, o„quv materialini o„tish ketma-ketligi; sinov, imtihon, chamalab ko„rish, musobaqalarning aniq muddati, mashg„ulotlardagi mashqlarning turlarini almashinish jadvali.
Ish dasturi reja asosida tuzilib, unda quyidagilar belgilab qoyiladi: o„quv materialining ish rejasiga muvofiq mavzularga bo„lingan jadvali; har bir mashq turida ularni o„rganish ketma- ketligi.
Konspekt (matn) - reja, oldindan bir-ikki mashg„ulotga mo„ljallab tuzilib, unda quyidagilar belgilab qoyiladi: mazkur mashg„ulotning aniq vazifalari; mazkur mashg„ulotdagi hamma mashqlarning mufassal mazmuni; har bir mashq turiga ajratiladigan vaqt (daqiqalarda).
O„quv rejasi va o„quv dasturi, o„quv-mashg„ulot jarayonini rejalashtirishdagi asosiy dastlabki hujjatlar hisoblanadi. Ish rejasi, ishchi reja va mashg„ulot matn rejasi ham ana shu hujjatlarga asosan tuziladi. Shunday qilib, o„quv rejasi bilan o„quv dasturi qo„llanma hujjatlar bo„lib, uni odatda, O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tasdiqlaydi. Qolgan uch hujjat (ish rejasi, ish dasturi va mashg„ulot konspekt-rejasi)ni gimnastika o„qituvchisi tuzadi. 3 Rejalashtirish hujjatlarini tuzish Shug„ullanuvchilarning tayyorgarlik toifasini inobatga olib, o„quv bazasining holatini va qanday sharoitda o„tkazilishini inobatga olib, gimnastika o„quvmashg„ulot jarayoni uchun rejalashtirishning ishchi hujjatlarini tuzish texnologiyasi (dastlabki mashg„ulotlarni tahlilqilish, ma‟lumotnomala rtayyorlash, mashg„ulotlarni bajarish ketma-ketligi) yagona mantiqiy jadval asosida amalga oshiriladi.
Lekin tabiiyki, bu hujjatlarning mazmuni har bir sport tayyorgarligi toifasi uchun boshqa- boshqa bo„ladi. Rejalashtirishning ishchi hujjatlari tayyorlash jarayoni texnologiyasini tushunish
oson bo„lishi uchun, umumiy ta‟lim maktablaridagi sport gimnastikasining sho„basi hujjatlarini qapab chiqamiz.
Dastlabki ma’lumotlar. Sport gimnastikasi sho„basi. O„quv bo„limlari to„rtga bo„linadi: 2 tasi o„smirlar bo„limi va 2 tasi qiz bolalar bo„limi bo„lib, shug„ullanuvchilarning hammasi o„smirlar toifa mezonlarini bajargan bo„lishi lozim. Shug„ullanuvchilar 9-10 yoshda. Mashg„ulotning tayyorlov davri 3 oyga yaqin (30 mashg„ulot) davom etadi. Mashg„ulotlar haftasiga 3 marta 2 soatdan o„tkaziiadi.
Vazifalar. Dastlabki ma‟lumotlarning tahlilidan keyin, avvalo, rejalashtirilayotgan davrdagi o„quv-niashg„ulot jarayonining vazifalari aniqlanishi kerak. Ularni bunday ifodalash mumkin:
a) II o„smirlar toifasining tasnif dasturi va hajmi dasturning ayrim elementlari va birikmalarini bilib olish;
b) jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini toifa mashqlari shug„ullanuvchilar oldiga qoyadigan talablardan biroz yuqori darajaga еtkazish;
d) shug„ullanuvchilarda harakat faoliyatini gimnastika uslubida belgilab qoyilgan turli parametrlarda bajara bilish malakalarini takomillashtirish;
e) shug„ullanuvchilarning sport gimnastikasi mashg„ulotlariga qiziqishini yanada barqaror bo„lishiga erishish.
Vositalar. Vazifalar belgilab olingandan keyin, ularni amalga oshirish vositalarini tanlash ham uncha qiyin bo„lmaydi. Bizning misolda quyidagilar shunday vositalar jumlasiga kiradi: gimnastika ko„pkurashi mashqlari; buyumlarsiz, mayda buyumlar va jihozlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar; joydan-joyga o„tish turlari: xoreografiya (moslamalar yonida bajariladigan mashqlar); jismoniy va texnik tayyorgarlik, oyin va estafetalar; kinofilmlar; suhbatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |