Kengayadigan sement. Ko‘pgina gidravlik bog‘lovchi moddalar quyuqlanish va qotish jarayonida kirishish xususiyatiga ega. Bu esa konstruksiyada ko‘zga ko‘rinmas darzlar hosil bo‘lishiga, shuningdek, buyum umumiy mustahkamligining kamayishiga olib keladi. Konstruksiya yoki buyumlarning buzilgan qismlarini, darz va yoriqlarini tuzatishda kengayadigan sement ishlatiladi. Uning quyuqlanish davri 10 daqiqadan keyin boshlanadi, qotishi 4 soatgacha. Bunday sement quyuqlanish jarayonida kirishish o‘rniga kengayish xususiyatiga ega. Uning suvdagi chiziqli kengayishi 0,1 %ga teng bo‘lsa, quruqlikda 3 %ga tengdir. Bunday kengayadigan sement giltuproqli sementni aralashtirib olinadi. Uning 28 kundan keyingi markasi 300 yoki 500 ga teng.
Kengayuvchan sement maxsus tarkibli gidravlik bog`lovchi modda bo`lib, suvda qotayotganida xajman kengayadi, xavoda qotayotganida esa kirishmaydi-cho`kmaydi yoki suvda qotayotgan vaqtidagadan kamroq kengayadi.
Yuqorida aytib o`tilganidek, tishlashaytgani va qotayotganida ro`y beradigan fizik kimiyoviy jarayonlar tufayli kirishish-cho`kish barcha gidravlik bog`lovchi moddalarning eng katta nuqsonidir. Ana shu nuqsoni sababli konstruksiyalarning tutash yerlari boglovchi moddalar bilan to`ldirilganida xam mutlaqo suv o`tmaydigan bo`lmaydi. Kengayuvchan sement esa qotayotganida kirishmaydi-cho`kmaydi, aksincha xajman bir oz kengayadi, lekin darz ketmaydi, yorilmaydi, yana zich va monolit bulib qoladi.
Kengayuvchan sementlar giltuproq yoki portlandsement asosida tayyorlangan kengayuvchan sementlar tarkibiga qarab quyidagi turlarga bo`linadi: giltuproq, gips-oxak va giltuproq-gips kengayuvchan sementlar.
Kengayuvchan sementlar qisqa muddatda tishlashadi. qancha vaqtda tishlashishiga qarab tez tishlashadigan sementlarga va sekin tishlashadigan sementlarga bo`linadi.
Tez tishlashadigan sementlar kamida 5 minutdan keyin tishlasha boshlab, kechi bilan 10 minutda batamom tishlashib bo`ladi.
Sekin tishlashadigan sementlar esa kamida 20 minutdan keyin tishlasha boshlab, kechi bilan 4 soatdan so`ng batamom tishlashib bo`ladi.
Tarkibi. Maxsus tayyorlangan yukori asosli alyuminat va gipsdan tayyorlangan giltuproq sement asosida ishlangan kengayuvchan sementda bu uchchala asosiy komponent taxminan quyidagi nisbatda bo`ladi: giltuproq sement – 70%; gips – 20%; yuqori asosli alyuminat – 10%.
Kengayuvchan sement giltuproq sementdan oxak va gips qo`shib tayyorlanganidan komponentlarning miqdor nisbati taxminan shunday bo`ladi (tarkibiy qismlarining optimal dozasi tajriba yo`li bilan belgilanadi va oxak aktivligiga bog`liq): giltuproq sementdan 85%; gipsdan 10%; oxak (SaO) dan 5%.
Giltuproq sement qo`shilgan oxak va gips aralashmasidan yaxshi sifatli kengayuvchan sement tayyorlash kiyin. Bu usulda ko`pincha suv o`tkazmaydigan, cho`kmaydigan sement (SUCHS) olish mumkin. Suv o`tkazmaydigan kengayuvchan sement (SUKS) esa maxsus tayyorlangan yuqori asosli alyuminatlardan foydalanib ishlanadi.
Kengayuvchan sementlarning yuqorida keltirilgan tarkibi gips – oxakli giltuproq sementlar asosida olingan. Gipsli kengayuvchan giltuproq sementlar tarkibiga esa taxminan 30% gips va 70% giltuproq sement kiradi. Bunday sement aslida kirishmaydi – cho`kmaydi, chunki odatda salgina (3 sutka qotganida 0,15% gacha) kengayadi.
Qotayotganidagi jarayonlar va xossalari. Aytib o`tilganidek, kengayuvchan sement kotayotganda yuqori asosli alyuminatlar gips bilan o`zaro ta’sir etishishi natijasida kengayadi.
Kengayuvchan sementning tishlashish jarayonlari juda tez o`tishi mumkin. Sekinlashtirish uchun sulfit-spirt barda (sement og`irligining 0,3 – 0,5% gacha) yoki vino-tosh kislota (0,1 – 0,2%) ishlatiladi. Tishlashishini sekinlashtirgichlar ishlatilsa, kamroq kengayadi va sement uz mustaxkamligini sekinroq oshira boradi. Ammo tadqiqotlar ma’lumotlariga qaraganda, bu bilan kengayuvchan sementning pirovardi sifat ko`rsatkichlari yomonlashmaydi.
Mustaxkamligi. Kengayuvchan sement nixoyatda mustaxkam bo`ladi. Asosan giltuproq sementning qotishi xisobiga ana shunday mustaxkamlanadi.
Kengayuvchan sementning quyidagi markalari belgilangan: tez tishlashadigan sement uchun – 300; 400; 500 va 600; tishlashish muddatlari sekinlashtirilgan sementlar uchun – 300; 400 va 500.
Sement tekis kengayishi va qotayotganida yorilmasligi kerak. Xajman qanchalik tekis o`zgarishi jixatidan GOSTda ko`rsatilgan usul buyicha sinab quriladi.
Suvda qotayotgan sement tosh 1 sutkadan so`ng quyidagicha nisbiy chiziqli kengayishi lozim:
tez tishlashuvchan sementlar uchun – kamida 0,2%, ko`pi bilan 1%;
tishlashish muddatlari sekinlashtirilgan sementlar uchun – kamida 0,1%, ko`pi bilan 1%.
Xavoda qotayotganida bu sementlar ancha kam nisbiy chizikli kengayadi.
Kengayuvchan komponent, gips yoki oxak yoki gipsning uzi kanchalik ko`paysa,sement xam shunchalik kup kengayadi. Birok kengaytiradigan moddalar miqdorini xaddan tashkari oshirib yuborish darz ketishiga sababchi bo`lishi mumkin.
Sement qotayotganida uni o`rtacha me’yorda yoki sernamlab ko`proq kengaytirish mumkin.
Ishlatilish soxalari. Tez tishlashadigan kengayuvchan sementlar quyidagi xollarda ishlatiladi:
tyubinglar, rastrub trubalar va boshqa konstruksiya elementlarining suv o`tkazmasligi xamda zichligiga nisbatan aloxida talablar qo`yiladigan birikmalari choklarini chekankalash xamda gidroizolyasiyalashda;
poydevor boltlarini tekislash, mashinalar ostiga qo`yish va boshqalarda;
yigma beton va temir-beton konstruksiyalarning tutash yerlarini zichlashda;
beton va temir-beton konstruksiya yoriklarini tekislash, konstruksiyalarni kuchaytirish va x.k.;
Tishlashish muddatlari sekinlashtirilgan kengayuvchan sementlar quyidagi xollarda ishlatiladi:
cho`kmaydigan, suv o`tkazmaydigan kengayuvchan betonlar ishlash, gidroizolyasion suvashda, shuningdek yig`ma beton va temir-beton konstruksiyalarning tutashgan joylarini tekislashda;
konstruksiyadarni monalitlash va kuchaytirishda; poydevor ostiga quyish va poydevor boltlarini tekislashda;
chekankalab bo`lgandan keyin kamida 24 soat o`tgandan so`ng xosil qilinadigan 10 atm gacha ish bosimida choklar va rastrublarni chekankalashda.
Kengayuvchan sementlarni quyidagi xollarda ishlatib bo`lmaydi:
0o dan past temperaturada va isitmasdan qilinadigan ishlarda;
80o dan oshik temperaturada ishlatiladigan konstruksiyalarda; - sizot suvlari ta’sirida bo`ladigan konstruksiyalarda.
Yigma temir-beton ishlab chiqarishda kengayuvchan sementlar asosan temir-beton kuvurlari ishlashda qo`llanilmoqda; quvurlarning sirti kengayuvchan sement asosida tayyorlangan gidroizolyasion muxofaza qorishma bilan suvaladi, qorishma juda katta bosim ostida tortkretlab suvaladi.
Xozirgi vaqtda kengayuvchan sementlardan oldindan zo`riqtiriladigan temir-beton konstruksiyalarda foydalanish imkoniyatlari tekshirib ko`rilmoqda. Bunday konstruksiyalarda armature sementning kengayish energiyasi ta’siri ostida zo`riqtiriladi: sement kengayayotganida beton armaturani o`ziga tortadi, armatura cho`ziladi.sement tarkibini keragicha tanlash bilan nisbiy kengayishi xar xil qilinadi, armaturaning taranglanish darajasi xam o`zgartiriladi. Shunday qilib,sementning kengayish kuchidan foydalanilishi sababli o`z-o`zidan zo`riqqan beton ishlashda oldindan zo`riqtirilgan konstruksiyalar ishlab chiqarishdagi eng ser mexnat ish – armaturani cho`zishga xojat qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |