Sement sanoatining xom ashyo ta’minoti. Bekobod sement zavodi uchun ohaktosh xom ashyosi 1927 yildan beri Tojikistonning Xo‘jakent viloyatidan keltiriladi. Zavodning ohaktosh koni, maydalagich va mutaxassislarning yashash joylari Tojikistonda, sement va ohak ishlab chiqarish sexlari esa O‘zbekistonda joylashgan. Kelajakda, Xilkovadagi ohaktosh zaxiralari, shuningdek, Jizzax viloyatining ko‘tarma ohaktosh konlari Bekobod sement zavodi uchun asosiy xom ashyo bazalari bo‘lib qoladi. «Ohangaronsement» AU uchun xom ashyolar Qoratoy, SHavazsoy ohaktosh va soz tuproq konlaridan olinadi. Bu konlardan 1962 yildan boshlab sement ashyolari olinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |