S hnekli issiqlik almashinish qurilmasi. Yuqori qovushoqli suyuqlik va issiqlik o`tkazuvchanligi kichik bo`lgan sochiluvchan materiallarni isitish davrida, jarayonni intensivlash uchun qurilma devoriga tegib turgan muhit yuzasini doimiy ravishda yangilab turish kerak. Buning uchun, bir paytning o`zida shnek yordamida materialni mexanik aralashtirish va uzatib turish maqsadga muvofiqdir (4.36-rasm).
Qurilma qobig`ining bir uchidan material yuklanadi va bir – biriga qarab aylanayotgan 3 va 4 shneklar yordamida aralash-tiriladi. Aralashtirish bilan birga materialni qurilmaning boshqa uchiga uzatadi. Ayrim hollarda, issiqlik almashinish jarayonini intensivlash uchun shnekning ichi bo`sh qilib tayyorlanadi va ular orqali issiqlik eltkich (bug` yoki issiq havo) yuboriladi.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi. Yupqa metall listlardan tayyorlangan bir necha plastina tepa va pastki tutib turuvchi bruslardan iborat romda yig`iladi (4.31-rasm).
Qo`zg`almas va harakatchan plitalar orasida shtampovka qilingan po`lat, gofrirlangan plastina dastasi joylashgan bo`lib, ularda issiqlik eltkichlar harakati uchun kanallar bor.
Plastina dastasi qo`zg`almas 2 va harakatchan plitalar 4 orasida yig`iladi va tortib turuvchi shpilka 6 yordamida siqiladi.
Plastinalarni zichlash yuqori bosimga bardosh bera oladigan qistirmalar yordamida amalga oshiriladi. Plastinalar orasidagi kanallar eni 3...6 mm bo`ladi.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining ishlash prinstipi 4.31b-rasmda ko`rsatilgan. Rasmdan ko`rinib turibdiki, suyuqliklarning harakati qarama - qarshi yo`nalishda. Shuni qayd etish kerakki, har bir is
siqlik eltkich plastinaning bir tomoni bo`ylab harakat qiladi.
Bu turdagi qurilmalar isitgich, sovutkich, hamda pasterizastiya, sterilizastiya qilish uchun ham qo`llash mumkin.
P lastinalar orasidagi kanallarda suyuqlik tezliklari yuqori bo`lgani uchun issiqlik o`tkazish koeffistienti K 3800 Vt/m2K gacha erishish mumkin. Undan tashqari, bunday yuqori issiqlik o`tkazish koeffistientlarni olishga sababchi bo`lgan omillardan biri, gofrirlangan plastina yuzasining suyuqlik oqimini turbo`lizastiya qilishi va devorning kichik termik qarshiligidir.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: issiqlik o`tkazish koeffistienti katta; gidravlik qarshiliga nisbatan kichik; tuzilishi ixcham; suyuqliklar tezligi yuqori; issiqlik almashinish yuzasi katta.
Bu turdagi qurilmalar kamchiliklari: katta bosimga bardosh berolmaydi; tayyorlash qiyin; suyuqlik tarkibidagi qattiq zarrachalar kanallarni yopib qo`yish ehtimoli bor.