G’ijduvon tumani 33-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida



Download 2,34 Mb.
Sana30.03.2022
Hajmi2,34 Mb.
#518754
Bog'liq
33-DMTT ma\'rifat soati


‘‘’ Tasdiqlayman’’


33-DMTT direktori
_________ S.Djavgarova

G’ijduvon tumani 33-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
Bola tarbiyasida milliy qadriyatlar o‘rnini targ‘ib qilish maqsadida “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”
mavzusida o’tkazilgan ma’rifat soati
BAYONNOMASI
G’ijduvon tumani 29.03.2022- yil
Yig’ilish raisi S.Djavgarova
Kotiba: N.Yusupova
Ishtirok etishdi: 33- DMTT pedagog va tarbiyachilari
Kun tartibida ko’riladigan masala.
Bola tarbiyasida milliy qadriyatlar o‘rnini targ‘ib qilish
maqsadida “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”
mavzusida ma’ruza
Eshitildi:
Bola tarbiyasida milliy qadriyatlar o‘rnini targ‘ib qilish maqsadida
Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”
mavzusi yuzasidan tarbiyachi Hasanova Muqaddas so’zga chiqdi Ma’naviy qadriyatlar-bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo’lib, insonni o’rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o’zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi.Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun

falsafa, adabiyot, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir.Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi.Tabiatga, jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari yanada mustahkamlanadi.


O‘zbek xalqi tabiatan bolajon xalq. Bolaga nisbatan bag‘ri kenglik, mehri daryolik, o‘ta fidoyilik o‘zbeklargagina, xos xususiyatdir. Shu bois ham, bobo-momolarimiz, ota-onalarimiz farzandlarning baxti va kelajagi uchun qayg‘uradi. Ularning puxta bilim olishlari, qiziqishlari bo‘yicha kasb-hunar egallashlari, axloq-odob qoidalarini mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari uchun mavjud imkoniyatlarni yaratadilar. Chunki oilada bolani to‘g‘ri tarbiyalash – mustahkam poydevorli jamiyat barpo etilishining garovidir. Bola tarbiyasida oilaning har bir a’zosi, ya’ni, bobo, buvi, ota-ona, opa, aka, amma, xola, tog‘a, qo‘yingki, qo‘ni-qo‘shni, mahalla, maktab, jamoatchilik birdek mas’uldir. Xalqimizda “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, “Bir tog‘a yetti ota o‘rnida”, “Mahallang – otang-onang” kabi maqollar bejiz aytilmagan. Bobo, buvi, ota-ona, atrofdagi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari, yurish-turishlari, muomalasi, o‘zlarini tutishlari, jamiyatga, tabiatga munosabatlari namuna sifatida juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.Bolaga aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasi asoslari bobo, buvi, ota-ona namunasi asosida singdirib boriladi. Ular farzand oldida o‘z aql-zakovati, muomalasi, kiyinishi, shirinso‘zligi, qat’iyatliligi, mehnatsevarligi, oila yuritishda adolatparvarligi, ilmparvarligi bilan namuna bo‘lmog‘i zarur.
Mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning bepul ta’lim olishi, kasb-hunar o’rganishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi, iqtidorini namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. O’g’il-qizlarning Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat, milliy g’urur, istiqbol tuyg’ularini mustahkamlash hamda bilim salohiyatini yuksaltirish biz pedagoglar zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi. Ustoz va murabbiylar mehnati shu bilan qadrlidir.


Oilaning eng muhim vazifalaridan biri – tarbiya hisoblanadi.Oila – tarbiya maskani.Aynan shu maskanda dunyoga kelgan farzand bobo-buvidan, ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarni oladi, balki ulardagi xatti-harakat, axloq-odob qoidalarini ham egallab boradi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oily darajadagi qadriyatlar oila a’zolari mehri va namunasi bilan bola xulqi, xatti-harakati mazmuniga singib boradi.“Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan purhikmat so‘zlar oila tarbiyasining negizini tashkil etadi. Bolaning aqliy, axloqiy, jismoniy, ma’naviy tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Oila tarbiyasida oila, maktab, mahalla va jamoatchilik hamkorligini
ta’minlash, oila an’analari, qadriyatlar, ota-ona va keksa avlodning mehnat va qahramonlik namunalaridan samarali foydalangan holda tarbiyani tashkil etish komil insonni shakllantirishda muhim omildir.
Mahalla – tarbiya o‘chog‘i. Mahallada o‘sayotgan har bir yigit-qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir.Yoshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishning negizidir. Xulq-odobi yaxshi, har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir.Mahalladan yurtga taniqli insonlar yetishib chiqsa, butun mahalla ahli, ularning avlod-ajdodlari g‘ururlanadilar. Mahallada keksalar doimo hurmat va izzatda. Ular tez-tez mahalla yoshlari bilan uchrashib, qilgan ishlari haqida ularga so‘zlab berib, o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar.

Yuqoridagilarga asoslangan holda, mazkur masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:

1.Kun tartibidagi ko`rilgan masala ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.


2.G’ijduvon tuman maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 33- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Bola tarbiyasida milliy qadriyatlar o‘rnini targ‘ib qilish maqsadida “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” mavzusidagi ma’rifat soati hujjatlarini rasmiylashtirish tashkilot metodisti S.Qodirova zimmasiga yuklatilsin.
3.Ushbu qaror ijrosi nazoratini o`z zimmamda qoldiraman.
Bayonlashtiruvchi: N.Yusupova

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish