Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua


Havoning almashinish karraligi deb , shu xona havosining 1 soat mobaynida necha marta to‘liq almashinishiga aytiladi



Download 0,76 Mb.
bet112/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Havoning almashinish karraligi deb , shu xona havosining 1 soat mobaynida necha marta to‘liq almashinishiga aytiladi.

Kerak bo‘lgan havo almashinish karraligini bilgandan so‘ng, xonaga kirayotgan havoning miqdoriga qarab shamollatish yetarli ekanligi yoki yo‘qligini baholashimiz mumkin. Xonaga havoning kirishi shamollatish teshigining katta-kichikligiga va havoning harakat tezligiga bog‘liq. U-kirayotgan havo = a x T bu yerda

Ukx-1 soat mobaynida kiradigan havo hajmi a-havoning harakat tezligi T-vaqt ( 1 soat = 3600 sek .)

Xonaga kirayotgan havo hajmini (U kirayotgan hajm) xonaning umumiy hajmiga bo‘lsak, havo almashinishining haqiqiy yoki bor bo‘lgan karraligini topamiz.

Kfakt = U kir. havo

U xona hajmi

Xona havosining kerak bo‘lgan almashtirish karraligini haqiqiy almashinish karraligiga solishtirib, shamollashning effektini (sifatini) baholash mumkin.

Havoning harakat tezligini shamollatish darchasi, derazalarda katotermometr yordamida o‘lchanadi. Xona havosini etarlicha bo‘lmagan taqdirda shamollatishni amalga oshirish qurilmalariga tuzatish kiritladi:

1.Shamollatish tuynugining maydoni kattalashtirish, ayniqsa tabiiy shamollatish usuli qo‘llangan taqdirda.

Masalan: bitta oyna darichasi o‘rniga ikkitasi ochiladi yoki oynaning tavaqalari ochiladi

  1. Kirayotgan havoning harakat tezligi oshiriladi-sun’iy shamollatish usuli qo‘llanilganda, faqat buning uchun shamollatgich (ventilyator) dan foydalanib, shamollatish quvvati oshiriladi.

  2. Shamollatish vaqtini uzaytirish

O‘quv materiallarini uzlashtirish darajasini nazorat qilish

1.Mustaqil ish (vazifa). Xona havosidagi angidrid gazining ximiyaviy miqdor analizini Vinokurov usuli bo‘yicha aniqlash. Bunda o‘qituvchi talabalar bilan birga ishtirok etishi kerak. Aniqlash usulining prinsipi va aniqlash yo‘lini yozib olish lozim:

2.Shprits usulida havodagi SO2 nining miqdorini tekshirish. Xonalardagi havo almashinuvi SO2miqdoriga qarab baholash

  1. Auditoriya uchun kerak bo‘lgan havo almashinuvi karraligini hisoblash

  2. Havo almashinuvining haqiqiy karraligini hisoblash

  1. ochiq deraza, darcha yoki framugadan kirayotgan havoning tezligini aniqlash(katatermometr yordamida)

  2. shamollatish tuynugining maydonini aniqlash v) hisoblashni amalga oshirish

  1. Olingan ma’lumotlar asosida shu xona uchun almashinishi kerak bo‘lgan va haqiqiy almashinayotgan havo karraligini taqqoslab, etarlicha bo‘ladigan havo almashinuvi karraligini baholash

  2. Auditoriya havosini mo‘‘tadil bo‘lib turishini ta’minlash uchun fikr va tavsiyanomalar

berish

  1. Krotov apparati yordamida havoni bakteriologiya tekshirish usulini o‘rgatish.

Havoning bakteriologik tekshirishlarni tekshiriluvchi xona havosidan olingan

namunalardagi mikroorganizmlarni ovqatli muhitlarga ekish yordamida olib boriladi. Bunda ikki usuldan foydalanish mumkin.

  1. Sedementatsion yoki Cho‘ktirish (o‘tkazish) usuli

  2. A spiratsion usuli.

Sedementatsion usul bilan Petri kosachasiga tayyorlangan ovqatli muhitni xona havosida bir necha muddatga ochiq qoldiriladi va bu usul yordamida havoning bakteriyalar bilan ifloslaganligining sifatini baholash mumkin.

Mikroorganizmlarning miqdor jihatidan baholash uchun aspiratsion usul foydalaniladi va Krotov apparati yordamida amalga oshiriladi.

Bunda masalan: jarroxlik bo‘limlari havosidagi bakteriyalarni aniqlash uchun go‘sht-pepton muhitni qo‘llash mumkin, Patogen stafilakokk va streptokokklarni aniqlash uchun esa konli muhitga namunalar olish mumkin.

Davolash muassasalarining turli b^limlari uchun belgilangan gigiyenik normalar yordamida olingan natijalarni taqqoslab, havoning tozligiga baho berish mumkin.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish