6.3-rasm
shlab chiqarishda jaroxatlanishning oldini olish maqsadida tabletkalash mashinalari tegishli chegaralarga ega bo‘lishi, ishlovchilar esa xavfsizlik texnikasi bo‘yicha doimiy instruktajdan o‘tishi shart. Bundan tashqari, ular shaxsiy ximoya vositalari (maxsus kiyim-boshi, ximoya qo‘lqoplari, «Lepestok» SHB-1, «Astra» turidagi changga qarshi respiratorlar va b.), davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart. Barcha ishichilar ishga kirishi chog‘ida dastlabki, keyinchalik davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tishlari shart.
12.4. Draje ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi.
Draje - dorivor va yordamchi moddalarni shakarli granulalarga ko‘p marotaba qatlamlash (drajelash) yo‘li bilan olinadigan qat’iy dozalangan dorivor shakl. Dorivor va yordamchi moddalardan iborat smetanaga o‘xshash massami shakarli sirot yoki kraxmal kleyster yordamida avvaldan tayyorlab qo‘yadilar. Tabletkalarning achchiq ta’mi yoki xidini niqoblash, tashqi ko‘rinishini jozibali qilish, tabletkaning tarkibiy qismlarini noqulay tashqi ta’sirlardan himoya qilish, tabletkaning ta’sir qiluvchi qismining oshqozonda parchalanishidan saqlash maqsadida ular ko‘pincha drajelanadi. Drajelash qiyshiq o‘rnatilgan elips shaklidagi aylanuvchi qozonlar bo‘lgan obduktorlarda (drajelash qozonlari) amalga oshiriladi. Obduktorga quvur o‘tkazilib, undan issiq havo yuboriladi.
Drajelash jarayoni shunday kechadiki, dorivor shakl (tabletka, pilyulya) yoki shakarli granulalar obduktorga solinib, tegishli qoplovchi eritmaga botiriladi. Qozon aylanayotganda va bir vaqtning o‘zida issiq xavo ta’sirida dorivor shakl qoplanishi va uning quritilishi ro‘y beradi. Bu bo‘limda yuqori xarorat (30 S gacha) va tinimsiz shovqin asosiy ishlab chiqarish zararlari bo‘lib. ishlayotgan motorlar shovqin chiqaradi. Bundan ilgari, dorivor shakllar aralashtirilayotganida bir-
b iriga urilib, shovqinni kuchaytiradi.
Uskuna ishonchli germetizatsiyalanganda va oqimli tortish ventilyasiyani samarali ishlatganda obduktorlar oldidagi apparatchilarning ish joylaridagi dorivor chash tarkibi eKK dan oshmaydi. Drajelash bo‘limidagi profilaktika choralari birinchi navbatda shovqinni yo‘qotishga qaratilishi kerak. Shu maqsadda obduktorlar shovqinni cheklovchi joylarga o‘rnatiladi. Issiqlik omilini bartaraf etish uchun obduktorga issiq havo uzatuvchi kommunikatsiya tizimlarni o‘rnatish. Chang chiqarish bilan kurashish uchun obduktorlar bortdagi changtortgich bilan jihozlanishi shart. Bundan tashqari, bo‘limda umumiy almashuvchi oqimli tortish ventilyasiyasi zarur. Drajelash bo‘limida ishlovchilar maxsus (sut) bilan va shahsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.
Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi va sog‘lomlashtirish tadbirlari Kimyo-farmatsevtika korxonalaridagi mehnat gigiyenasi
Kimyo-farmasevtika sanoati - xalq xo‘jaligining yetakchi sohalaridan biridir. Uning tarkibiga bir qator korxonalar kompleksi kirib, unda materiallarga kimyoviy usullarda ishlov berish bilan bir qatorda, dorivor preparatlarni biologik sintezlash keng qo‘llanadi.
Zamonaviy kimyo-farmatsevtika korxonalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uning rivojlanish spetsifikasini belgilaydi, jumladan chiqariladigan mahsulotlarning kimyoviy tozaligini ta’minlash. Bundan tashqari mushak ichiga yuboriladigan, vena ichiga qo‘llaniladigan, teri ostiga yuborilish uchun mo‘ljallangan preparatlarning to‘liq sterillanganligini ta’minlash kerak. Ishlab chiqariladigan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari O‘zR farmakopiya Davlat standartlari talablariga muvofiq kelishi kerak.
Kimyo-farmatsevtika korxonalarining ikkinchi o‘ziga xos xususiyati, ko‘pgina dorivor preparatlarni ishlab chiqarish hajmining kichikligi hisoblanadi. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida faqat sulfanilamidlar, salitsilatlar, barbituratlar, analgetiklar va ayrim antibiotik, hamda silga qarshi vositalar katta miqdorlarda ishlab chiqiladi.
Mazkur korxonalar uchun hom ashyo va boshqa yordamchi materiallarni katta hajmlarda sarflanishi xarakterlidir, chunki dorivor vositalarni sintezlash ko‘p bosqichli va murakkabligi bilan farqlanadi.
Kimyo-farmatsevtika korxonalari dorivor preparatlarning nomenklaturalarining tez-tez almashinib turishi bilan ta’riflanadi. Korxonaning mazkur hususiyati, hamda dorivor preparatlarni ishlab chiqarish hajmining kamligi, bu korxonalarda aralashgan texnologik sxemalarni keng qo‘llashga sababchi bo‘ladi va bu yil davomida 2-3 va undan ortiq, dori turlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Bundan tashqari, mazkur soha bo‘yicha ishlab chiqiladigan moddalar tayyor dori shakllarini olish uchun qayta ishlovdan o‘tkazish kerak.
Kimyo-farmatsevtika korxonalarining ko‘rsatilgan hususiyatlari gigiyena fani va amaliyoti oldiga korxonada sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazish sohasida yangi-yangi va murakkab vazifalarni qo‘yadi.
Kimyo-farmatsevtika korxonalarida asosiy texnologik jarayonlarga gigiyenik ta’rif
Kimyo-farmatsevtika sanoatida bir nechta guruh korxonalarni farqlash mumkin. Ularning ichida eng asosiylari, sintetik dorivor preparatlarni tayyorlovchi, antibiotiklarni ishlab chiqarish bo‘yicha zavodlar va tayyor dori shakllari va preparatlarini ishlab chiqaradigan zavodlar hisoblanadi.
Sintetik dori vositalarini sanoat asosida ishlab chiqarish asosida organik sintezlashni keng ko‘lamda qo‘llash yotadi va bu mazkur korxonalari asosiy kimyo sanoati korxonalariga yaqinlashtiradi.
Antibiotiklarni ishlab chiqarish korxonalari alohida guruhni tashkil qiladi. Bu shu preparatlarni olishdagi asosiy texnologik jarayon biologik sintez bo‘lganligi bilan bog‘liqdir.
1.Antibiotiklarni ishlab chiqarishda mehnat sharoitlari va ishchilar salomatlik
Do'stlaringiz bilan baham: |