tashqi muhit omili.
Atmosfera havoning fizik xususiyatlariga, kimyoviy tarkibiga gigiyenik tavsif. Organizmga havo harakati, namligi, harorati, bosim va elektrostatik holatining ta’siri va gigiyenik ahamiyati. Dori preparatlarini tayyorlashda havoni bakterial ifloslanishi. Quyosh radiatsiyasi tarkibiy qismlarining inson organizmiga ta'siri. Tuproqning tarkibi, fizikaviy xususiyatlari va ahamiyati.
Modul. Suv -salomatlik omili. Farmatsevtika sohasida qo'llaniladigan suvga gigiyenik
talablar
Suvning fiziologik, epidemiologik va gigiyenik ahamiyati. Oqava suvlar va suv xavzalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish. Suvning oksidlanuvchanligi va uning ahamiyati. Dori preparatlarini tayyorlash uchun ishlatiladiganya'ni farmatsevtika maqsaddaishlatiladigan suvni olish jarayonlari ba unga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Modul. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi. Sog‘lom turmush tarzining gigiyenik asoslari
Bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash. Insonning yoshlik yili davrlari. Bolalar va o‘smirlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. O‘quvchining kun tartibi,o‘quv mashg‘ulotlari gigiyenasi.O‘quv jihozlarga va o‘quv xonalariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Sog‘lom turmush tarzi va uning asosiy elementlari. SHaxsiy gigiyenaga zamonaviy ta’rif. Badan gigiyenasi, teri gigiyenasi. Kiyim kechaklarga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. Yoshlarning shaxsiy gigiyenasi.
Amaliy mashg‘ulotlar bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Gigiyena fani, uning maqsad vazifalari, gigiyenada tekshirish usullari.
To'g'ri ishlab chiqarish qoidalari.
Shaxsiy ovqatlanishning adekvatligini o‘rganish. Organizmning vitaminlar bilan ta'minlanganligini baholash..
Ovqatdan zaxarlanishlar va ularning profilaktikasi.
Kasb kasalliklari va ularni oldini olish.Ishchilar organizmiga shovqin, tebranishning ta'siri.
Ishlab chiqarish muhiti havosida changni aniqlash va baholash
Ishlab chiqarish muhiti havosida kimyoviy birikmalarni aniqlash va baholash.
Loyiha materiallari bo‘yicha dorixona muassasalariga bo‘lgan gigiyenik talablar va ularni baholash.Dorixona xonalari yoritilganligining ahamiyati.
Ishlab chiqarish joylarida havo almashinuvini gigiyenik baholash . Xonalar havosini mikroblar bilan ifloslanganligini aniqlash va baholash.
Kimyo-farmatsevtika korxonalarida ishchi xodimlar gigiyenasi. Toza xonalarga qo'yiladigan gigiyenik talablar..
Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilgandagi dozimetrik va radiometrik nazorat. INMdan foydalanilganda xodimlarni ximoyalash prinsiplari.
Galen preparatlari va tayyor dorilar shakllarni ishlab chiqarishdagi mehnat gigiyenasi.
Antibiotiklar ishlab chiqarishdagi mehnat gigiyenasi.
Dorixona xonalari mikroiqlimining ahamiyati.
Tuproqni tekshirish va unga gigiyenik baho berish
Ichimlik suvi sifatini yaxshilash usullari.
Farmatsevtika sohasida qo'llaniladigan suvga gigiyenik talablar
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini tekshirish va baholash SHaxsiy gigiyena asoslari va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muammolari
Amaliy mashg'ulotlar jixozlangan auditoriyalarda bir akadem guruhga bir o'qituvchi tomonidan o'tkazilishi lozim. Mashg'ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o'tilishi,mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo'llanilishi maqsadga muvofiq.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Talabalar mustaqil ishining maqsad va vazifalari
Talabalar mustaqil ishining asosiy maqsadi - bo‘lajak mutaxasisilarni dunyoqarashini, ilmiy bilimlarini oshirish, mustaqil o‘zlashtirish, GIGIUENA fani bo‘yicha kerakli ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, ma’lumotlar to‘plash, masalalarga tizimli va ijodiy yondoshuv, maqbul echim izlab topish, ekspert bilan ishlash, g‘oyani asoslash va ximoya qilishdir.
Talabalar o‘qituvchi raxbarligi va nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, mustaqil ishlash uchun topshiriqlar topshirishi, zamonaviy pedaggogik usullarda topshiriqlarni echimini o‘z vaqtida taxlil qiladi.
Talabaning mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan kengaytirilgan ma’lumotlar yig‘ish;
adabiyotlar yordamida mavzularni mustaqil o‘zlashtirish;
qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish;
kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash;
internet tarmoqlardan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib boorish;
elektron o‘quv adabiyotlari va ma’lumotlar banki bilan ishlash
axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanib, olingan ma’lumotlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular.
Provizorlar va provizor analitiklarning mehnat gigiyenasi. Mehnat sharoitini inson organizmiga ta’siri..
Ovqatdan zaxarlanishlar. Davolovchi profilaktik ovqatlanish va uning axamiyati
Kasb kasalliklari, kelib chiqish sabablari va oldini olish choralari.
Ish joyida uchraydigan asosiy zararli ta’sirlar va ularga gigiyenik baho. Ish joyida uchraydigan fizikaviy, kimyoviy ta’sirlar va ularga gigiyenik baho.
Ish joyida uchraydigan zararli ta’sirlarni gigiyenik normaga (reglamentlash) keltirish (PDK, PDU, PDD).
Dorixona muassasalari binolarida joriy kundalik dezinfeksiyani tashkil qilish va o‘tkazish.Xodimlarning shaxsiy gigiyenasi.
Ionlovchi nurlar va ularning xususiyatlari.Quyosh radiatsiyasi va unga gigiyenik baxo.
Ekologiyaning global muammolari
Galen preparatlar va tayyor dori preparatlari ishlab chiqarishda ta’sir etuvchi asosiy salbiy omillar va ularning profilaktikasi.
Oqava suvlar va suv xavzalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish..Suvning oksidlanuvchanligi va uning ahamiyati
Bolalarning jismoniy rivojlanishini baholovchi ko'rsatgichlar, ularning kun tartibiga qo'yiladigan talablar
Yoshlarning shaxsiy gigiyenasi.
Mustaqil o'zlashtiriladigan mavzular bo'yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni
taqdimot qilish tavsiya etiladi.
Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar xamda axborot manbalari
Talbalar mustaqil ishining tashkiliy shakllari
Namunaviy (ishchi) dasurda mustaqil hzlashtirish uchun ajratilgan mavzular bo'yicha kafedralarda xar bir talabaning akademik o'zlashtirish darajasi va qobilyati hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
-Internetdan olingan ma'lumotlar bo'yicha axborot tayyorlash -Xorijiy adabiyotlaridan foydalanib ma'lumotlar tayyorlash
Referat yozish;
Multimediya, prizentatsiya tayyorlash
-vaziyatli masalalar kompleksini ishlab chiqish va x.k.
Talaba mustaqil ishini nazorat o'ilish va baholash
Xar bir fan bo'yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi ishchi o'quv rejasining 10 bandida keltirilgan professor o'ituvchilar shaxsiy ish rejasining tashkiliy uslubiy bo’limida (1540 soat doirasida) qayd etiladi.
Professor-o'qituvchilarning reyting ballarini to'plash va baholashda nazarda tutiladi.
-Talabalarning mustaqil ishlarini bajarishlari uchun maslahatlat va tatsiyalar o'tkazish tavsiya etiladi.
-Maslahat jadvali fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi va maslahat soatlari gurux jurnalida qayd etib boriladi.
-Talabalar mustaqil ishlarini nazorat qilish mashg'ulotlarni bevosita oli boruvchi o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabalar mustaqil ishi muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan soatga mos keladi va reyting ballari bilan baholanadi.
Talaba mustaqil ishi natijalariga ko'ra maksimal balning 55% dan kam to'plagan holatida shu fan bo'yicha yakuniy nazoratga kiritilmaydi
-Talabalar bajargan mustaqil ishlari kafedralarda bir yil maboynida saqlanadi.
Asosiy adabiyotlar
Nurmuxamedova M.X., Nazarova X.A. Gigiyena. “O‘zR Fanlar akademiyasi” nashriyoti. T., 2007 y.
Fayzullaeva Z.R., Qodirova D.E., Ataulaeva S.G‘. Gigiyena. “Yangi nashr” nashriyoti. T. , 2011 y.
Obshaya gigiyena.A.M.Bolshakov, I.M.Novikova. Moskva «Meditsina» 1985.320 str.
Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po obshey gigiene..Iskandorova SH.T, Xasanova M.I., Inogamova V.V., Ikramova M.I.. Izdatelstvo ”Tafakkur bo‘stoni” Tashkent. 2014, 320 str.
Dade W.Moeller. Environmental Health. Third Edition. London, England. 2005. 652 pag
Uayt V. “Texnologiya chistwx pome^eniy” - M. Klinrum, 2002y.
Do'stlaringiz bilan baham: |