Vitaminlar.
Vitaminlar-past molekulali organik birikmalar bo‘lib, biologik aktiv xususiyatga egadir va
u lar juda kam miqdorda bo‘lishiga qaramay bir qator fiziologik va bioximiyaviy jarayonlari tartibga solib turadi. Ko‘pgina vitaminlar fermentlar tarkibiga kirib, ularning faolligini jadallashtiradi, organizmni tashqi ta’sirlariga javob berish qobiliyatini, immunitetni, jismoniy va aqliy mehnatni oshiradi.
Vitaminlar organizmda deyarli sintez qilinmaydi va organizmda yig‘ilmaydi, natijada ularning miqdori ovqat tarkibida bo‘lmasa yoki kamayib ketsa, kasallikning kelib chiqishi muqarrar bo‘ladi. Tabiiy vitaminlar hayvon o‘simlik ozuqa moddalarida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |