Oldingi tahrirga qarang.
23. Sud JPK 415-417-moddalari talablariga rioya qilgan holda aybdorning harakatlarini JK 97-moddasi birinchi qismidan ikkinchi qismiga va ikkinchi qismining bir bandidan boshqa bandiga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
24. Qonun mazmuniga ko‘ra, agar qasddan odam o‘ldirish to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, zaruriy mudofaa chegarasidan yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib sodir etilgan bo‘lsa, bunday jinoyat JK 97-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b”, “v”, “d”, “j”, “r”, “s” bandlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari bo‘yicha sodir etilgan deb baholanmasligi lozim.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.05 Hokimiyat, boshqaruv organlari, jamoat birlashmalarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar]
25. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqqan holda qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan mansabdor shaxsning harakatlari Jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirish jinoyati uchun javobgarlik belgilangan moddalari hamda 206-moddasining tegishli qismida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.05 Hokimiyat, boshqaruv organlari, jamoat birlashmalarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar]
26. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan shaxs tomonidan jazoni ijro etish muassasasi xodimini, shuningdek, mahbusni uning axloqan tuzalishiga to‘sqinlik qilish yoxud jamoat vazifasini bajarganligi uchun o‘ch olish maqsadida qasddan o‘ldirish JK 97-moddasining tegishli qismidan tashqari, Jinoyat kodeksining ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 220-moddasi bo‘yicha ham kvalifikatsiya qilinishi lozim.
27. Qasddan odam o‘ldirish uchun jazo tayinlashda ushbu jinoyat sodir etilishidagi barcha holatlar: qasd turi, qotillik sabablari, maqsadi, usuli, jinoyat sodir etilgan vaziyat va jinoyat bosqichi, shuningdek, aybdorning shaxsi, uning o‘z qilmishiga munosabati, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar e’tiborga olinishi zarur. Ayni paytda jabrlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlar, uning sudlanuvchi bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek, qotillik sodir etilmasdan oldingi xulq-atvori o‘rganilishi lozim.
Ayblanuvchining (sudlanuvchining) ruhiy jihatdan sog‘lomligiga shubha tug‘ilgan taqdirda, ambulatoriya yoki statsionar sharoitida sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazilishi kerak. Aybdor tomonidan JK 97-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar sodir etilgan hollarda sud-psixiatriya ekspertizasi statsionar sharoitda o‘tkazilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
29. Qasddan odam o‘ldirishga oid har bir ish bo‘yicha jinoyat sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlar aniqlanishi hamda asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularga nisbatan protsessual qonunda nazarda tutilgan tartibda munosabat bildirilishi lozim.
30. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlari qasddan odam o‘ldirishga oid jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudlari tomonidan qonun talabiga qat’iy rioya etgan holda ko‘rib chiqilishini ta’minlasinlar, hukmlarning qonuniy, asosli va adolatliligini sinchiklab tekshirsinlar, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik va xatolarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etsinlar.
31. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 40-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2004-yil 24-sentabr,
13-son
[ОКОЗ:
1.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.11.00.00 Жиноят қонунчилиги / 16.11.06.00 Жиноятларнинг алоҳида турлари учун жавобгарлик / 16.11.06.03 Иқтисодиёт соҳасидаги жиноятлар]
[ТСЗ:
1.Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]
Ўзбекистон Республикаси Олий суди пленумининг
Қарори
Do'stlaringiz bilan baham: |