101
ishlasa, beton qorishmasini yotqizish va uning qotish jarayonini
inobatga olgan holda, qurilish bloki hajmlari chegaralangan bo‘ladi.
Betonlashtirish jarayonida qurilish bloki balandligi (qalinligi)
quyidagi holatlarni ta’minlash bo‘yicha chegaralanadi: qoliplarni
aniq va puxta o‘rnatish, belgilangan muddatda yechish va pastki
qatlamdagi yetarli mustahkamlikka erishishga ulgurmagan betonga
me’yoridan ortiqcha yuk ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymaslik; gidrotatsiya
jarayonida ajralib chiqadigan ekzotermik issiqlik me’yoriy darajadan
oshmasligini ta’minlash.
Shuningdek, qurilish blokining yuzasi o‘lchami ham qat-
lamqatlam usulida betonlashtirishda, har bir navbatdagi qatlam
yotqizilishi oldingi qatlam betonning qotish jarayoni boshlanguncha
amalga oshirilishini hisobga olgan holda belgilanadi. Bunda
betonlashtiriladigan qatlamlar orasida bog‘lanishga erishiladi.
Inshoot konstruksiyalarini betonlashtirish jarayonida qurilish
bloklariga bo‘lishda, ishchi va tarqatuvchi armaturalar joylashishi,
albatta, inobatga olinishi zarur. Imkoni boricha qurilish choklari
ishchi armaturalarni kesib o‘tmasligi kerak, chunki bu holat qolip
larni o‘rnatish jarayonini qiyinlashtiradi. Shuningdek, choklarni
konstruksiyalarning qarama-qarshi kuchlar tortishish zonasida
qurish ham mumkin emas. Suv xo‘jaligi inshootlari qurilishida beton
qorishmasini 0,3-0,5 m (ba’zi holatlarda 2,5-3,0 m) qalinlikda qatlam
usulida yotqizish texnologik sxemalari keng tarqalgan. Bunday
sxemalarning asosiy uch xil turi mavjud:
– yupqa qatlam sxemasi, beton qorishmasi bir necha qatlamda
blokning uzunligi va kengligi bo‘yicha yotqiziladi. Bunda har bir
yotqizilish, o‘zidan oldingi qatlamdagi beton qorishmasi qotish
jarayoni boshlangunga
qadar amalga oshiriladi;
– bir qatlamli sxema, beton qorishmasi qurilish blokiga bir
qatlamda
yotqiziladi;
– zinapoya sxemasi, beton qorishma qurilish blokiga uzunligi va
balandligi bo‘yicha zinapoyalar shaklida yotqiziladi.
102
Bir qatlamli sxemada ham I
min
yuqorida keltirilgan formula
bo‘yicha aniqlanishi mumkin, faqat unda h o‘rniga qalinligi ancha
katta bo‘lgan bitta qatlam olinadi.
Qurilish blokini betonlashtirishning zinapoya usuli boshqalariga
nisbatan ancha murakkab sxema bo‘lib, faqat katta yuzali va uzun
bloklarni betonlashtirishda, beton xo‘jaligi quvvati past bo‘lgan
sharoitlarda qo‘llaniladi.
Agar, oldingi yotqizilgan qatlamni beton qorishmasi bilan qop-
lash uchun yo‘l qo
‘
yiladigan maksimal vaqt t belgilangan bo‘lsa,
bu sxemada qurilish blokini betonlashtirishning hisobiy jadalligi
quyidagicha aniqlanishi mumkin:
I = (B
Do'stlaringiz bilan baham: