91
temir yo‘llar – asosiy, konveyer va pnev motransportlar – asosiy yoki
qo‘shimcha va kranlar asosan qo‘shimcha transport vositalari sifatida
xizmat qiladi.
Beton qorishmasini tashish masofasi bir qator omillarni ino-
batga olgan holda qotish jarayonini chegaralashi mumkin. Birinchi
navbatda, qorishmaning qotish jarayoni boshlanguncha bo‘lgan vaqt
aniq belgilanishi kerak. Gidromeliorativ betonlar uchun yuqorida
bayon qilingan vaqt qotishma tarkibidagi sement faolligi, konus
cho‘kish ko‘rsatkichi va tashqi muhit harorati kabi omillarga bog‘liq
ravishda, 1...1,5 soatni tashkil qilishi mumkin. Shu bois ma’lum bir
joyda faoliyat ko‘rsatadigan beton tayyorlash korxonasining mahsulot
bilan ta’minlash zonasi radiusi quyidagicha aniqlanadi.
R = ʋ
T
· t; km (2.28)
Bu yerda: ʋ
T
– beton qorishmasini tashishning hisobiy tezligi,
km/soat;
t – qorishmani tashish jarayonida bo‘lishiga ruxsat etiladigan
vaqt; soat.
Asosiy transport vositalaridan beton qorishmasini qabul qilib
olish va uni qo‘shimcha transport vositasi sifatida qabul qilingan
kranlar yordamida inshoot qismlariga (bloklariga) uzatish jarayonida
maxsus
idishlar, ya’ni badyalar qo‘llaniladi.
Qurilish jarayonida juda keng ko‘lamda buraladigan kovsh-
badyalar (3.6-rasm) qo‘llaniladi. Transport vositasidan beton qorish
masini bunday badyalarga ag‘darishda, ular yotqizilgan holatda
bo‘ladi va kran yordamida ko‘tarilganda badyalar vertikal holatga
keladi. Qorishmani to‘kish esa badyaning tub qismida joylashgan
teshikdan maxsus jihozlangan qurilma orqali amalga oshiriladi.
Qurilish amaliyotida qo‘llaniladigan badyalarning asosiy ko‘r-
satkichlari - sig‘imlari bo‘lib, ular 0,35 m
3
dan 8 m
3
gacha bo‘lishi
mumkin. Yuk ko‘tarish vositalari uchun qulay bo‘lgan kovsh-badya-
larning foydali sig‘imlari 0,8...1,6 m
3
hisoblanadi.
Badyalarning og‘irligi, ularning foydali sig‘imlariga joyla-
nadigan beton qorishmasi og‘irligining 20...30 % ini tashkil etadi.
Shu bois yuk ko‘tarish vositasini tanlashda badyaning ham og‘irligi
(massasi), albatta, inobatga olinishi kerak.
92
Ma’lumki, qurilish jarayonida yuk tashish ishlarining aksariyat
qismi avtomobil transporti orqali amalga oshiriladi. Shu jumladan,
beton qorishmasini tashishda ham ushbu transport vositasi texnik-
iqtisodiy jihatdan ancha samarali hisoblanadi. Ammo, shuni qayd
qilish kerakki, beton tashish jarayonida bunday transport vositalari
qo‘llanilganda, ular harakatlanadigan yo‘llarga ham qo‘shimcha
ravishda alohida talablar qo‘yiladi. Yo‘llarning notekis, o‘nqir-
cho‘nqir bo‘lishi transport vositasining me’yoridan ortiqcha silkinib
harakatlanishiga olib keladi va bu holat, o‘z navbatida, tashilayotgan
beton qorishmasi strukturasi, konsistensiyasi o‘zgarishiga, betonning
asosiy sifat ko‘rsatkichlari pasayishiga sabab bo‘ladi.
2.15-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: